Javoblar Pul aylanishi


Download 155 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.12.2022
Hajmi155 Kb.
#1073522
1   2   3   4
Bog'liq
SUVONQULOV.D.M.

Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat 
pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash. 
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda 
xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy 
mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq 
to’zilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga boђliqligi va boshqalar. 


Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat 
tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy 
o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni 
belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga 
kushimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora 
– tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar). 
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va 
xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish siyosati, narx – 
navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi. 
Naqd pul aylanishi va uning xususiyatlari 
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar 
orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, 
ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish 
jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik 
munosabatlarga bogliq. 
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z 
xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz 
shaklda olib boriladi. 
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan 
boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli 
kuliga utadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari bajarilgach u yana bankga kaytadi. 
Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi 
subyektlar o’rtasida bo’ladi. 
1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish xaqi, tovar sotib 
olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va boshqalar) 
2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va 
boshqalar) 
3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni 
jamђarmaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar) 
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul 
bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz 
amalga oshiriladi. 


Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan 
to’lovlar yigindisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi 
funksiyalarini bajarishi bilan boђliq. 
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar 
o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qullaniladi. 
Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi 
kurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, suђurta to’lov va 
qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. 
Undan tashqari naqd pulning aylanishi: 
- kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda 
- soliq va boshqa yiђimlar to’lovida 
- «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda 
- Temir yul, xavo yuli va mahalliy transportga to’lovlarda 
- savdoda tovarlarni sotishda 
- Šuyilmalarni quyish va olishda 
- mehnat xaqi, pensiya va nafakalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa 
xolatlarda amalga oshiriladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan 
o’zviy boђliq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha 
aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi. 
Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul 
mablaђlari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi: 
- Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda 
- Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida 
- Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, suђurta qoplamasi to’lovida 
- Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda 
- Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda 
- Aholi banklardan o’z jamђarmalarini talab qilganda va boshqa hollarda 
O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi: 
- Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda 


- Har xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida 
- Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda 
- Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa uyinlardan tushumlar orqali 
- Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari 
bo’yicha to’lovlarda 
- Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda 
- Dam olish uylari va boshqa soђlomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha 
to’lovlarda va boshqa hollarda 
Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq 
ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi. 
Markaziy bank tomonidan nazoratni oshirilishi tufayli 1996 – 2002 yillarda naqd 
pullarni bank kassalariga qaytishi 80 – 93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, 2005 yilda 
u 96,3 foizga yetdi. 
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha 
marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo’lgan naqd pul 
massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak, yillarda o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd 
pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir 
necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha. 
Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi farqni bilish 
lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida xarakati tufayli vujudga 
kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to’lov aylanishining tarkibiy 
qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi 
funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi. 

Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling