Javoblar Xorazm madaniyatining umumiy xususiyatlari
Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, musiqa
Download 19.63 Kb.
|
11-seminar (1)
Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, musiqa.
Jamiyatning madaniy taraqqiyotida, e’tiqodlarda, madaniy aloqalar rivojida badiiy madaniyat, xususan, san’atning ahamiyati nihoyatda kattadir. O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari minglab yillar davomida yuksak darajadagi amaliy va badiiy san’at namunalarini yaratib, badiiy madaniyatni bosqichma-bosqich rivojlantirib borganlar. Bu jarayon antik davrda ham davom etdi. Avvalambor Shimoliy Baqtriya haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, antik davrda bu hududlarning badiiy madaniyati boy va rang-barang edi. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Shimoliy Baqtriyadan antik davrga oid ko‘plab badiiy madaniyat namunalari topib o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu davrda aholining ma’naviy hayotida haykaltaroshlik, mahobatli inshootlar, musiqa, teatrlashtirilgan manzaralar, tasviriy san’at katta ahamiyat kasb etgan. Bu hududlardagi Ayritom, Xolchayon, Dalvarzin, Fayoztepa, Kampirtepa, Termiz, Qoratepa, Oqqo‘rg‘on, Barottepa kabi yodgorlikdan ko‘plab topilgan badiiy san’at topilmalari yuqorida qayd etilgan mulohazalarning amaliy tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Dastavval musiqa san’ati haqida gapiradigan bo‘lsak, musiqachilar siymolari Ayritom, Dalvarzin, Xolchayon kabilardan topilgan. Misol uchun Ayritom naqshli hoshiya (friz)larida arfa, gitara ko‘rinishidagi ud, qo‘sh baraban, naysimon musiqa asbobi (fleyta) tasvirlari bilan birga musiqachi ayollar haykalchalarini ham uchratish mumkin.Tadqiqotchilarning fikricha, Ayritom hoshiyasida go‘zal musiqachi ayollar tasvirlangan bo‘lsa, haykalchalar musiqa bilan odamlar qalbini hayajonga soluvchi timsoldir. Xolchayon saroyi hoshiyasidagi musiqachi ayollar tasviri esa Baqtriya zodagonlarining bazmini ifoda etadi. Tasvirlarda asosan ayol musiqachilar bo‘lib, ular ko‘p hollarda ud chalib turgan holatda ifodalangan. Antik davr musiqa san’atida ud keng tarqalgan bo‘lib, Sharq musiqashunos tadqiqotchilarining fikricha, ushbu musiqa asbobi dastavval O‘rta Osiyoda paydo bo‘lib, keyinchalik boshqa hududlarga tarqalgan. Antik davrda Baqtriyada koroplastika san’ati paydo bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasida Baqtriya ustalarining mahalliy e’tiqodlar bilan bog‘liq ko‘plab haykalchalari topilgan. Shimoliy Baqtriyadagi antik davr deyarli barcha yodgorliklaridan topilgan haykalchalar asosan xudolar, ayollar va qisman hayvonlar tasvirlarini ifodalaydi. Yuechji-Kushon va Buyuk kushonlar davriga kelib Shimoliy Baqtriya badiiy madaniyatining turli jabhalarida yuksalish jarayonlari kuzatiladi. Bu yuksalish arxeologik tadqiqotlar natijasida yuzaga chiqqan devoriy manzaralar, saroylar va ibodatxonalarni bezab turgan haykallar, ayrim boy xonadonlardagi tasvirlar orqali o‘z isbotini topadi. Manzaralar asosan mineral bo‘yoqlarga o‘simlik moyini aralashtirish orqali qalin suvoq ustiga tushirilgan. Manzaralar va tasvirlar mavzulari xilma-xil. Masalan, Xolchayon saroyidagi devorlarda naqshli manzaralardan tashqari (uzum mevasi va barglari, gullar) ellin ko‘rinishidagi ikkita erkak boshi hamda sochlari o‘ziga xos tarzda qirtishlangan mongoloid irqiga o‘xshab ketuvchi bolaning bosh qismi tasvirlangan. Dalvarzindagi Baqtriya ilohasi saroyida esa qo‘llarida bola ko‘tarib ilohaga talpinayotgan ayol va erkak kohinlar, yonida erkak kishi turgan ot, ularga qarab turgan ayollar tasvirlari ifodalangan. Dalvarzintepadan ko‘plab ayol haykalchalarining boshlari topilgan. Bunday haykalchalar Eski Termiz, Oqqo‘rg‘on, Zartepa va Xolchayonda ham ko‘plab uchraydi. Ularning yuz ko‘rinishlarini qiyosiy tahlil etgan G.A.Pugachenkova ulardagi ikkita - “baqtriya” hamda “sak-yuechji” etnik guruhlarini ajratadi. Bunday haykalchalar orasida erkaklar va bolalarga nisbatan ayollar tasvirlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Rassomlik san’ati buddaviylik inshootlarining asosiy bezagiy tarkibi hisoblangan. Bu o‘rinda Dalvarzindagi Budda o‘ziga xos bo‘lsa, Qoratepadagi g‘orlardan birida o‘tirgan holatdagi Buddaning yirik tasviri aniqlangan. Fayoztepa ibodatxonadagi tasvirlar ham mahalliy aholining diniy e’tiqodlarini ifodalaydi. Antik davr Shimoliy Baqtriyaning klassik san’atida haykaltaroshlik yuqori o‘rinda turadi. Ilk kushonlar davridan boshlab deyarli barcha yodgorliklarda haykaltaroshlik namunalarini uchratish mumkin. Haykaltaroshlikning asosiy xom ashyosi qayishqoq (plastichnaya) loy hisoblanib, tayyorlash texnikasi yaxshi ishlab chiqilgan. Haykallar asosan qo‘lda tayyorlangan bo‘lsa-da, ayrim hollarda quyma qoliplardan ham foydalanilgan. Bu davrdagi haykaltaroshlik manzaralari yoki alohida haykallar mavzusi xilma-xil bo‘lib, tadqiqotchilar tomonidan quyidagi guruhlarga ajratiladi: hukmdor xonadonini ulug‘lovchi sulolaviy mavzu; budda dini va mahalliy e’tiqodlarni targ‘ib etuvchi diniy-mifologik mavzu; urf-odatlar va bayramlar bilan bog‘lanadigan teatrlashtirilgan yoki topinish harakatlari mavzusi. Xolchayon saroyining haykallari ayvon va bosh zalni bezab turgan bo‘lib, ularda tasvirlangan siymolar asosan Kushon xonadoni vakillarini ifodalaydi. Ammo, haykallar orasida qalin soqolli baqtriyalik va parfiyalik zodagonlar siymolari ham uchraydi. Xolchayon haykaltaroshlik san’ati antik davr aslzodalarining yoshi, e’tiqodi, kiyim-kechaklari, bezaklari haqidagi tasavvurlarimiz kengayshida muhim ahamiyat kasb etadi. Shimoliy Baqtriyadagi antik davr yodgorliklari - Dalvarzin, Xolchayon, Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa. Kampirtepa, Oqqo‘rg‘on kabi ko‘plab yodgorliklaridan turli-tuman mavzularda, turli kattalikdagi haykallar namunalari topilgan. Ular ilmiy jihatdan tadqiq etilib, natijalari fanga joriy etilgan. Ushbu natijalardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, antik davr shahar madaniyati, hunarmandchilik va savdo-sotiqning taraqqiy etishi badiiy madaniyat, jumladan, haykaltaroshlikning rivojiga ham katta ta’sir o‘tkazdi. Turli e’tiqodlar hamda madaniyatlarning aralashuvi hamda uyg‘unlashuvi tufayli haykaltaroshlikda mahalliy ustalarning o‘z san’atini antik dunyoda namoyish etgan maktabi shakllandi. Bu o‘rinda dunyoga mashhur bo‘lgan Dalvarzin xazinasi haqida to‘xtalishni lozim topdik. Turli madaniyatlar aralashuvi (sintezi)ni o‘zida aks ettiruvchi bu tilla buyumlar xazinasi 1972 yilda Dalvarzintepadagi baqtriyalik zodagon xonadoni qazishmalaridan topilgan. Milodiy I asrga oid ushbu tilla buyumlar xazinasida did bilan ishlangan uzuklar, bilaguzuklar, sirg‘alar, bo‘yin taqinchoqlari, tilla yombi (quymalar)lar bor. Ushbu zargarlik san’ati namunalari kushon davridagi uchta: ellin, hind va baqtriya madaniyatlari o‘zaro uyunlashuvini ifodalaydi. Download 19.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling