Jaxon xo`jaligidagi integratsiya va iqtisoslashuv Jaxon shumul iqtisodiy muammolar
Download 89.5 Kb.
|
7 мавзу 3 вариант
Jaxon shumul iqtisodiy muammolar
Butun jahonda hozirgi kunda halqaro mehnat taqsimoti amal qiladi. Davlat xukumatlari halqaro savdoni tartibga solish uchun tariflar joriy etadilar. Xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham yetakchi urinni egallaydi. Tarixan birinchi bulib neoklayesik ta‘limotlar vujudga keldi. Ulardan B.Olin (Shvesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AKSH) asarlarida uz aksini topgan. Ularning ta‘limotlari kapitalning harakatchanligi, mamlakatlarda kapitalning mul-ko‗lligi bilan izohlanadi. Qaysi mamlakatda kapital kam bo‗lsa, kapital migratsiyasi amalga oshiriladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bulguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining usishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi. Kapital chiqarishning neokeynschilik ta‘limoti 30-50 yillarda shakllandi, F.Maxlup, Ye.domar va R.Harrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, tulov balansining o'zgarishi tufayli, ya‘ni aktiv savdo balansi bulgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamrarmalarning invecritsiyalardan kupligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital yetishmasligi sababli kapital harakati ruy beradi. 60-70-yillarda kapital chiqarishning «dinamik modeli» ommalashdi, unda Harrotning ik:gisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar urtasidagi uzaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot usishi, investitsion daromad va tulovlar bilan bog‗lashga intiladi Bevosita investitsiyalar nazariyasiga ko‗ra kapital chiqarish asosan yirik korporatsiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining raqobatiga duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog‗liq.E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ko‗ra, monopolistik raqobatga emas balki firmaning bozorga, iste‘molchi larning shaxsiy talablariga muvaffatsiyatli moslashishi deb hisobladi Iqtisodiy integratsiya buyicha ta‘limotlarda asosiy e‘tibor «bojxona ittifoqi»ga berilib, unda uzaro savdo buyicha har qanday cheklashlar bekor qilinishi va «uchinchi mamlakatlar» uchun yarona bojyuna tarifi joriy qilinishi kerak bo‗ladi. Bunda ayrim iqgisodchilar - B.Belash (AK.Sh), V.Rebke (Shveysariya) va boshqalar bu jarayonni ideal zrkin bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko‗chiradilar. Boshqalari zsa, masalan Ch.P.Kindleberger (AK.Sh), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru (Fransiya)lar yirik korporatsiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fikricha, jahon bozorini uzaro bulib olib, «bojxona ittifoqi» kartellarga qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizatsiya qiladi, go‗yoki xalqaro integratsiya antimonopol yo‗nalishga zga. Amaliyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Yevropa ittifoqi)da kartellashtirishni taqiqlash to‗g‗isida qonun bulishiga qaramasdan, bu jarayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko‗ptarmoqli kompaniya-konsernlar vujudga kelmoqda. Olimlarning fikricha, iqtisodiy integratsiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: ishlab chiqarishning doimo usishi va iqgisodiy inqirozlarning bulmasligi ta‘minlanadi; iqgisodiyotning doimo usishi tufayli aholining turmush darajasi ko‗tariladi; ishchi va kapitalistlar o‗rtasidagi sotsial sheriklikni rivojlantiradi; to‗rtinchidan mamlakatlar o‗rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak iqtisodiy integratsiya kapitalistik jamiyatga xos bulgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. Valyuta munosabatlari taxlili. Iqgisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida z‘tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet zl valyutasiga almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi- bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. 30-yillargacha tulov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bulgan. Bu g‗oyaga ko‗ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning uzgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog‗liq, oqibatda barcha mamlakatlarning tulov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko‗pchiligi neokeynschilik pozitsiyalariga o‗tib oldilar «Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma‘lum davrida amalda bulgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQShda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda tulov balansini tartibga solishda asosiy z‘tibor davlatning hisob stavkasiga ta‘siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va zksportni rag‗batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki tulov imkoniyatlari talabini pasay tirish (deflyatsiya yuli) yoki milliy valyutani devalvatsiya qilish usuli taklif etiladi. 60-yillardagi iqisodiy jarayonlar neokeynschilik metod laridan voz kechishga sabab buldi, yana neoklassik yulga qaytildi, ya‘ni davlatning iqgisodiy, shu jumladan valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyutalar kursining erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o‗z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak zdi. Ammo valyuta kursi o‗zgarib turishining tulov balansiga ta‘siri cheklangan harakterga ega bo‗ladi (masalan, valyutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa aniq bulib qoldi), chunki tulov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‗liq. Tulov balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog‗liq bo‗ladi. Valyuta kursining qalqib turishining uzi ham xalqaro valyuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. Sunggi yigirma yil ichida industrial rivojlangan mamlakatlar chegaralangan, ammo har xolda tartibga solinadigan kursdan elastik valyuta kursiga o‘tib oldilar. Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chog‗ida esa valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs buyicha xorijiy valyutani harqancha miqdorda olish va sotish majbu riyatini o‗ziga oladi. Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog‗liq. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo‗lganda ichki baholarning o‗sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (harid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi); Savdo oqimi bilan bog‗liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yuqotilishi, defitsit, ya‘ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqarish. Kapital oqib o‗tishi. Mamlakat ichida faiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling