Jazodan ozod qilishning turlari
Jazoni ijro etish muddati o`tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish
Download 190 Kb.
|
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.
Jazoni ijro etish muddati o`tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish.
Jinoyat huquqida muddatning o`tishi deganda, jinoyat qonuniga asosan sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan muddatning hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o`tishi tushuniladi. Muddatning o`tishi muayyan vaqtning o`tishida ifodalanadi. Jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun jinoyat sodir etish vaqti muayyan ahamiyatga ega bo`lsa, jinoiy jazodan ozod qilishda muddat o`tishining boshlanishida esa sud hukmining qonuniy kuchga kirishi ahamiyatli hisoblanadi. Sud hukmi apppelyatsiya shikoyati va protesti keltirish muddati o`tgandan so`ng qonuniy kuchga kiradi. Agar appelyatsiya shikoyati ko`rib chiqilib, hukm bekor qilingan bo`lsa, muddat ish yuqori sud tomonidan ko`rilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ishni apellatsiya tartibida yuritish uchun shikoyat yoki protest keltirish muddati o`n kun, aybdor, oqlanuvchi yoki jabrlanuvchi esa hukmni olgan kunda boshlab o`n kunlik muddat qilib belgilangan. Jinoyatlar jami bo`yicha jazo tayinlash alohida ahamiyatga ega bo`lib, sudlar barcha jinoyatlarni hisobga olib, jinoyatlar jami bo`yicha jazo tayinlaydi. Bir qancha jinoyatlar bo`yicha jazo tayinlanganda muddatning o`tishi tayinlangan jazo muddatiga nisbatan hisoblanadi. Jazoni ijro etish muddatining o`tishi bilan shaxs jazodan to`liq va hech qanday shart qo`yilmasdan ozod qilinadi. Jazoning ijro etish muddati o`tib ketganligi sabablarini ikki guruhga bo`lish mumkin: birinchi guruhga, sud hukmi bo`yicha belgilangan jazoni ijro etishga qarshilik ko`rsatish bilan bog`liq bo`lmagan, sud yoki jazoni ijro etuvchi organ xodimlarining o`z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi, mahkumning og`ir kasalligi va boshqalar kiradi. ikkinchi guruhga, mahkumning jazoni ijro etishdan bo`yin tovlashi kiradi. Jazoni ijro etish muddatining o`tishi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi. Yuqorida aytib o`tilganidek hukm bir qator asoslarga ko`ra ijro etilmagan vaqt davomida aybdorga bog`liq bo`lmagan yoki yangi jinoyat sodir etilmagan va jazoni ijro etishdan bo`yin tovlamagani holda muddatning o`tishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda muddatning o`tish qoidasi buzilmagan bo`lsa, ushbu muddat o`tishi bilan ayblov hukmi ijro etilmaydi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling