Jazodan ozod qilishning turlari


Download 190 Kb.
bet5/15
Sana14.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1267928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.

Shaxsning namunali xulqi uni ijtimoiy turmish qoidalariga to`la rioya qilishi, huquq- tartibotni mustaxkamlashga faol yordam berishi, jamiyatda o`rnatilgan tartib qoidalarini buzmaslgi, spirtli ichimliklar istemol qilmaslgi, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplashi va boshqa holatlarda ifodalanidi.
Mehnatga halol munosabatda bo`lishi deganda, shaxsning halol mehnat qilishi, ichki tartib qoidalarni o`z vaqtida bajarishi, mehnatni muxofaza qilish normalarini buzmasligi, ijtimoiy foydali harakatlarni amalga oshirishi, mehnat intizomiga rioya etishi tushiniladi. Agar ilgari jinoyat sodir etgan shaxs axloqan tuzalgan bo`lsa-yu, lekin mehnat qilmasdan tekinxo`rlik bilan kun kechirib kelgan bo`lsa, uni ijtimoiy xavfli emas deb hisoblash uchun asos bo`lmaydi.
O`qishga halol munosabatda bo`lish belgilangan o`kuv soatlarini to`liq o`zlashtirish, belgilangan tartibga rioya qilish, namunali xulqli ega bo`lish va o`quv hamda amaliy faoliyatni amalga oshirishga qaror qilganlikda ifodalanadi.
Shaxsning jinoyat sodir etganidan keyingi xulqi uning huquq normalaridagi va jamiyatdagi umum etirof etgan qoidalarning barcha ko`rsatkichlarga rioya qilishidan iboratdir. Buni aniqlash uchun muayyan vaqt talab etiladi.
Shaxsning mehnatga va o`qishga halol munosabatini uning asosiy ish joyida va o`qishdagi unga yuklatilgan vazifalarni aniq, halol va samarali bajarishini tushunishish lozim.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati yo`qolganligiga ko`ra jazodan ozod qilish uchun jinoyat sodir etilgandan so`ng muayyan vaqtning o`tishi, shaxsning mehnatga va o`qishga halol munosabatda bo`lishi va namunali xulki asos hisoblanadi.
Bu holatda nafaqat shaxsning ijtimoiy foydali mehnatda ishtiroki va xavflilik xususiyatini yo`qotganligi, balki, uning o`z fuqarolik burchlariga halol munosabatda bo`lishi, jinoyat sodir etganiga pushaymonligi, jinoyat oqibatlarini bartaraf etishga harakat qilganligi ham e`tiborga olinadi.
Bu asosga ko`ra jazodan ozod qilish xuddi shu asosga ko`ra jinoiy javobgarlikdan ozod qilishdan farqli o`laroq, har qanday jinoyat sodir etilganida qo`llanishi mumkin.
Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo`qotganligi tufayli jazodan ozod qilish faqat sudning jazo tayinlamasdan chiqarilgan ayblov hukmi asosida amalga oshiriladi.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling