Jazodan ozod qilishning turlari


Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo`qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish


Download 190 Kb.
bet4/15
Sana14.03.2023
Hajmi190 Kb.
#1267928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
4- mavzu Jazodan ozod qilishning turlari.

Shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo`qotganlgi munosabati bilan jazodan ozod qilish.
Jinoyat huquqida sharoitning o`zgarsishi yoki jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavfliligini yo`qotsa, jazoning maxsus va umumiy ogoxlantirish vazifalari nuqtai nazaridan unga nisbatan jazo qo`llanishi maqsadga muvofiq emas. Bunday holatda jinoyat sodir etgan shaxsni jinoyat-huquqiy ta`sir chorasi vositasida qayta tarbiyalash zaruriyati qolmaydi.
Jinoyat kodeksi 70-moddasiga ko`ra, jinoyat sodir etgan shaxsning ishi sudda ko`rilayotgan vaqtgacha sharoit o`zgarsa yoki namunali hulqi, mehnatga, o`qishga halol munosabati bilan o`zini ko`rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo`qotgan deb etirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Jazodan ozod qilishning ushbu turi ikkita o`ziga xos belgiga ega:

  1. 1) sharoitning, yani vaziyatning o`zgarishi;

  2. 2) shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo`qotganligi.

Sharoitning o`zgarishi jinoyat sodir etilgan vaqtida mavjud bo`lgan sharoitning keyinchalik o`zgarishidan iborat. Bunday sharoitlar deganda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy xususiyatdagi va jinoyat sodir etish vaqti, joyi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar tushiniladi. Bu o`zgarishlar obyektiv xususiyatga ega bo`lganligi sababli, aybdorning xohishiga bog`liq bo`lmaydi. Bunda obyektiv voqeilikning o`zgarishi bois sodir etilgan jinoyatning yangi ijtimoiy shaoitlarda o`zining ijtimoiy xavfliligini yo`qotganligi tushuniladi. Odatda obyektiv ijtimoiy shart–sharoitlarning o`zgarishi nafaqat qilmishning balki, shu turdagi o`xshash qilmishlarning ham ijtimoiy xavfliligi o`zgarishiga olib keladi. Bunday sharoitning o`zgarishi aybdorning xohish irodasidan tashqarida sodir bo`lib, jamiyatning barcha fuqarolariga yoxud muayyan viloyat, tuman yoki xokazolarning aholisiga yoki massasa yoxud birlashmalarning xodimi va ishchilariga taaluqli bo`ladi.
Shaxsni ijtimoiy xavfli emas deb topish uning namunali hulqi va mehnatga yoki o`qishga halol munosabatda bo`lishi bilan bog`liqdir.

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling