Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
8
8 8 8 18 17 18 16 37 holatlari va jamiyat hayotini yoritishga harakat qilinadi. Ikkinchidan, ezgulik, jaholat tantanasi uchun g‘ov bo‘lgan ma’naviy-axloqiy illatlarni fosh etishga intilish, haqiqatning tantana qilishiga ishonmagan, ko‘ngli mudroq odamlar ruhiyatini jamiyat psixologiyasi bilan uzviy aloqadorlikda tahlil qilish va ana shunday behard kimsalar amal qiladigan falsafa mohiyatini ramzlar tilida ochib berish hamda shaxsning parchalanish sabablarini badiiy-falsafiy o‘rganish alohida tamoyilni tashkil etadi. Har bir kimsaning ruhi, qalbi bo‘lgani singari har bir asarning ham o‘ziga xos ma’naviy dunyosi bo‘ladi. Bu esa ijodkorlarning o‘ziga xos va betakror ma’naviy- intellektual salohiyatidan vujudga keladi. O’ktam Usmonov hikoyalarida kuzatilganidek har bir ijodkor ramzlarga burkangan badiiy nigohi bilan ham alohida xususiyatlarga ega. Zero, adibning har bir hikoyasida o‘ziga xos ma’naviy- axloqiy masalalar yetakchilik qiladi. Borliqda bir-biriga aynan o’xshash biron-bir hodisa mavjud emas. Jumladan, odamlar ham qiyofa-ko’rinishi, fe’l-atvori, qiziqishlari, xatti- harakatiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Chunki betakrorlik borliqning bosh xususiyati sanaladi. Kishilarning harakat, faoliyati ham ana shu haqiqatni tasdiqlaydi. Odamlar bo’y-basti, ovozi, qobiliyati, irodasi kabi jihatlariga ko’ra bir-biridab ajralib turadi. Hatto bir ota-onaning farzandlari bo’lgan egizaklar ham bir-biriga aynan o’xshamaydi. Yozuvi aynan bir xil kishilarni topishga urinish ham befoyda. Chunki, har bir odamning o’ziga xos “xat”i bo’ladi. Ijodkor uslubini ham ma’lum ma’noda ana shunday “xat” deyish mumkin. Yozuvchi, shoirning “xat”i uning asarlari tilida, qahramonlarining so’zlash tarzida, voqealarning tanlab olinishi va bayon etilishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham F.Dostoyevskiy romanlari bilan L.Tolstoy yoki A.Chexov asarlari bir-biridan farq qiladi. “Qutlug’ qon”, “Oybekning, “O’g’ri” va “Bemor” Abdulla Qahhorning qalamiga mansubligi aniq bilinadi. She’riyatdan xabardor o’quvchilari Abdulla Qahhorning qalamiga mansubligi aniq bilinadi. She’riyatdan xabardor o’quvchilar Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi she’rlarini bemalol “tanishadi”. 1 Ijodkorlar asarlarining bunday o’ziga xos bo’lishi, avvalo, borliqning betakror yaratilishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, shoir, yozuvchi, dramaturglarning hayotiy tajribasi, turmushni kuzatishi, bilim darajasi, didi, saviyasi, dunyoqarashiga asoslanadi. Uchinchidan, bu “xat”da shoir, yozuvchining qiziqishi, fe’l-atvori, ichki dunyosi akslanadi. Har bir odam o’ziga xos olam bo’lgani singari ijodkorlar ham betakror dunyodir. Ana shu betakror 1 L .Tashmuxamedova. Adabiyot tarixi va nazariyasi.-T: Noshir, 2019-yil, 128-bet. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling