Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

8
8
8


36 
yozuvchi «qadami» etmagan hududlarning mavjudligini ko‘ra olgani va uni zabt 
etishga chog‘langanligi bilan e’tiborlidir. O’ktam Usmonov hikoyalarida dunyoni, 
insonni qayta nazardan o‘tkazar ekan, shaxs ehtiyojlari va manfaatlarini birinchi 
o‘ringa qo‘yadi. Har qanday qadriyat shaxs manfaati nutqai nazaridan baholanadi. 
Bunday hollarda insonning, shaxsning eng nozik, eng bokira kechinmalari ham 
tarixiy hodisa ahamiyatiga teng ko‘rinadi. Zero, dunyoni va insonni qayta tahlil 
etishga kirishgan lirik qahramon inson shuuri va qalbidagi eng xususiy xilqatlarga 
ham tap tortmay kirib boraveradi. Bu eng erka tuyg‘u va istaklarni oshkora qilish 
joizmi? Yo nojoiz deb ikkilanmaydi, balki nima mavjud ekan, hammasini 
ko‘rsatishga harakat qiladi. Ya’ni mavjudmi, bas, ular rad etilmaydi. Balki badiiy 
mushohada, mulohaza mavzuiga aylantiriladi. Bundan tashqari, shuni e’tirof etish 
kerakki, O’ktam Usmonov hikoyalari tili o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda 
asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof 
etilmaydi. Aksincha, bu yumushni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni 
mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, asarda kimlar ulug‘lanayotgani, 
qoralanayotgani ko‘pincha bevosita emas, bilvosita ifodalanadi. 
2.2 Yozuvchining hikoyalarda so‘z tanlash va qo‘llash mahorati 
Yozuvchilarni, ularning ijodiy xususiyatlariga ko’ra, ikki katta guruhga 
bo’lish mumkin. Bir xil yozuvchilar hayotni qanday bo’lsa shunday 
tasvirlaydilar, ikkinchi xil yozuvchilar esa hayotni o’z orzusiga ko’ra, qanaqa 
bo’lishi lozim bo’lsa, shunday tasvirlaydilar. Shunday qilib, adabiyot ikki usul 
bilan hayot hodisalarini qamrab oladi va qayta tiklaydi. Bu usullar, garchi biri 
ikkinchisiga qarama-qarshi bo’lsa ham, bir maqsad tomon yetaklaydi.  
“Demak, qadim zamonlardan boshlab insoniyatning badiiy tafakkurida ikki 
xil yo’l mavjud: ba’zi yozuvchilar ijodida hayotni muallifning o’z orzusiga 
yaqinlashtirib tasvirlash hukmron bo’lsa, ba’zi yozuvchilar hayotni “aslida 
qanday bo’lsa, shunday” tasvirlashga harakat etadilar. Hozirgi zamon 
adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur “romantik tafakkur xili”, 
ikkinchi xil tafakkur “realistik tafakkur xili” deb ataladi”. 
1
O’ktam Usmonov hikoyalarining o‘zaro - ruhan yaqinligi ma’naviy-axloqiy 
masalalar ustuvorligi bilan belgilanib, insonni badiiy tasvirlashdagi individual 
tafakkur tabiatining ijodiy yo‘sini bilan xarakterlanadi. Ularda insonni badiiy 
tushunish hamda tushuntirishda ikki yo‘nalish ko‘proq ko‘zga tashlanadi. 
Birinchidan, xalqimizning milliy mustaqillikka erishgungacha kechgan hayotidagi 
erkka tashnalik kayfiyati hamda milliy istiqlol arafasidagi odamlarning ruhiy 
1
Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi.-T: “O’qituvchi”, 2005-yil, 239-240-bet. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling