Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
qaldirg’och kelibdi-ya, hayriyat…-deb xo’rsindi-yu, nimjon qo’llari bilan
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kindik qoni to’kilgan yer”
qaldirg’och kelibdi-ya, hayriyat…-deb xo’rsindi-yu, nimjon qo’llari bilan
yelkamni siladi”,-deya bola tilidan aytilgan jumlalar bilan yakunlaydi. O’ktam Usmonovning “Tunda uvlagan it” hikoyasida oddiy jonivorning insonga bo’lgan mehrini, vafodorligini, atrofdagilarga bo’lgan o’yinqaroqligini ko’ramiz. Hayotda shunday insonlar borki, ularning qilgan ishlarini, o’zlarini tutishlarini ko’rib,- odam bolasidan ham hayvon tug’ilar ekanda deb qolamiz. Lekin hikoyada e’tibor qaratilgan it obrazi esa ana shunday insonlardan ko’ra vafodor, aqlli, ziyrak qilib tasvirlangan. Bu hikoya yuqorida ta’kidlaganimiz bola tilidan aytilgan bo’lib, u qishlog’idagi qo’shnisi Ahmad buva hamda uning To’rtko’z iti haqida biz kitobxonlarga aytib beradi. Ahmad buva yolg’iz bo’lishiga qaramay hech kimga yolg’izligidan nolimas, hech kimga og’irligi tushmas, o’zi uchun oddiygina sotuvchilikni kasb qilib olgan edi. Uning shaharda jiyanlari borligi haqida ma’lumot bo’lsa-da, lekin hech qishloqqa kelmagan. Qari bo’lishiga qaramay insonlarga e’zozda, qo’shnilarga e’tiborda, yaqinlariga hurmatda bo’lgan bu chol o’z hayoti uchun 33 o’zi kurashar, oyog’i oqsoq bo’lib hassaga tayansada hech kimga yuk bo’lib qolgan joyi yo’q edi. Uning iti To’rtko’z esa yoniga kelgan odamlarga tashlanish o’rniga ular bilan o’ynagisi, do’stlashgisi kelardi. Hattoki egasi Ahmad buva ham uni chaqirsa, qayerda bo’lishidan, oldida suyak bo’lishiga ham qaramay chol yoniga chopardi. Cholning yonidan jilmas agarda biron joyga ketadigan bo’lsa huddi egasini yo’qotib qo’yadigandek yoki unga bir korxol bo’ladi deb o’ylasa kerak qariyaning yonidan jilmasdi. To’rtko’z doim Ahmad otaga ko’z quloq bo’lib yurar, uning oila a’zosidek bo’lib ketgandi. Hattoki uning chaqnab turadigan sarg’ish ko’zlarida ham ko’p ma’no bor edi. Insonlardek ma’noli boquvchi bu ko’zlarda uning egasidan ayrilib qolmaslik xohishini ko’rishimiz mumkin. Yozuvchi hikoyada asosiy obraz sifatida olib kirgan To’rtko’z orqali insonni inson bo’lishga, har qanday sharoitda ham odamgarchilikdan chiqib ketmaslikka undaydi. Hikoyaning o’ta darajada ta’sirli chiqishida To’rtko’z obrazining insonlarga xos axloqiy fazilatlar asosida tasvirlanishi sabab bo’lgan. Boshqa hikoyalardan farqi ham shundadir. Ayni shu ma’noni quyidagi jumlalarda ham ko’rishimiz mumkin: Kun issiq damlarda Ahmad buva sal naridagi katta tut daraxtining soyasiga po’stak tashlab, yonboshlagancha pinakka ketardi. Shunda To’rtko’z ham go’yo egasining ko’ngli uchun ariq labidagi qalin o’t ustiga cho’zilib, mudray boshlar edi. Ammo kimdir “Ahmad buva” deb chaqirishi yoki Ahmad buvaning o’zi nimadir deyishi bilan To’rtko’z o’rnidan sapchib turar, olovday chaqnagan sarg’ish ko’zlarini egasiga qadab, uning har bir buyrug’ini o’sha zahoti anglab olmoqchiday, quloqlari dikkayib ketardi. Goho quvonchi ichiga sig’mayotganday o’zidan-o’zi sakrab, o’zicha akillab Ahmad buvaga suykanib, erkalik qilardi. Birovning mehrini qozonish uchun unga nimadir yaxshilik qilish kerakligini mana shu it ham allaqanday ilohiy bir ziyraklik bilan bilganini ayting!... Yozuvchi aynan shu xislatlarni itda mavjud ekanini, hattoki qahramonlarning buni anglab yetishi uchun Ahmad buvaning o’limini kulminatsion nuqta sifatida olib kirgan. Buni biz bola tilidan:”Bu gaplarning bari ko’z o’ngimga Ahmad buva o’lgandan keyin keldi. Undan avval esa “itdaka it- da”, deb umuman unga e’tibor bermasdim”,-deya aytilgan o’rinlarda ko’ramiz. Ahmad buvaning to`satdan o`lib qolishi, butun qishloq shu jumladan, To’rtko’z uchun ham og’ir judolik bo’ldi. Qishloq ahli uchun Ahmad buva aziz insonga aylangan edi. Ammo To’rtko’z uchun esa ajralmas, qalin do’st edi. Ahmad buvaning yerga qo’yilishini mungli ko’zlari bilan ko’rib turar, hattoki 15 34 tobutni olib ketayotganda birinchilardan bo’lib ketayotganligida ham uning hamma narsani ko’rib, bilib, sezib, tushunib turganligidan dalolat edi. Ahmad buvani yerga qo’yib ketishar ekan, yo’lda odamlar bilan qaytayotgan To’rtko’zning qabr tarafga qarab yana qaytib ketishini ko’ramiz va ko’nglimizdan qandaydir og’ir bir hisdan g’amga botamiz. Itda shunday ruhiy tushkunlik, shunday sezgi borligidan hayratga tushamiz. O’ktam Usmonov har bir kitobxonni To’rtko’z obrazi orqali ogohlikka chaqiradi. Zamon ishiga aylanayotgan qariyalarga hurmatsizlik, ularni ming bahona bilan mehr-muruvvat uyiga olib borib tashlash, otasi-onasi tirikligida hurmat qilmay, balki o’lgandan so’ng uning ruhiga nisbatan “mulozamat” ko’rsatishini hayolimizdan o’tkazamiz. To’rtko’z endi bir tarafini yo’qotgandek yurar, uning ko’zlaridagi chaqnash o’rnini qayg’u, yolg’izlik, g’amginlik egallagandi. Ahmad buvaning ham insoniy axloq-fazilatga ega ekanligini uning tobutini qahraton qish bo’lishiga qaramay butun qishloq ahli yerga joylab kelganini ko’ramiz. To’rtko’z qabr tarafga qarab ketarkan Mirzahmat tomonidan o’g’liga qarab, - xafa bo’lma, hali keladi o’zi,- dedilar. Kimdir xuddi “ux” tortganday:”It vafodor bo’ladi”,-deb qo’ydi. Uyga qaytib kelganimizda ham sabrim chidamay, qayta-qayta hovliga chiqib, narigi tepalikdagi mozorga qaray boshladim: To’rtko’z Ahmad buva qabri atrofida hamon nimalarnidir iskab, chopib, to’xtab, yana chopib, yana to’xtab, maqsadsiz bir tarzda izg’ib yurar edi. To’rtko’zning kechalari uvlab chiqishlari, yurakni ezar, uning ham qalbida sog’inch borligi sezilib turardi. Kun sovuq bo’lishiga qaramay havo ochiq, tashqari sutday oydin edi. Shu sokinlikni buzib Ahmad buvaniki tomondan yana o’sha uvlash eshitildi. Bostirma tomiga chiqib olib sovuqda cho’nqayib o’tirgan To’rtko’zmi yoki bo’rimi… boshini osmonga ko’targan ko’yi turib-turib uvlab qo’yardi. Dadam jahli chiqqanlaridan qattiq ovoz bilan: “To’rtko’z, To’rtko’z!” deb chaqirdilar. It o’tirgan joyidan shahd bilan turib, tom bo’g’otiga yaqin keldi, olov ko’zlarini yaltillatib bizga biroz qarab turdi-da, keyin qorlarni shovillatgancha Ahmad buvaning hovlisiga tushib ketdi. Uyga kirib endi yotishimiz bilan yana uvladi. Shunda dadam: “Odamzodmi, jonivormi, suyanchig’i bo’lmasa- qiyin”, dedilar. O’sha kecha tuni bilan To’rtko’z bo’ridek uvillab chiqdi. Men uxlayolmadim… Bora-bora To’rtko’zning uvillashlari asta-sekin kamayib, o’zi esa hamma chiqarib bergan yuvindilarni ichaverib, salda semirib ketdi. Lekin baribir ora-sira kechalari bo’riga o’xshab uvlab chiqar, qo’shnilarni uxlatmas edi. Yarim yillardan so’ng u ko’rinmay qoldi; o’ldimi, boshqa yerlarga daydib ketdimi- 35 hech kim bilmasdi. Faqat qo’ni-qo’shnilar har zamonda Ahmad buvani eslab qolsalar, To’rtko’zning vafodorligini ham xuddi afsonadek maqtab qo’yadigan bo’lishdi. O’ktam Usmonovning kichik hikoyalarida asosan, qariyalar, bolalar tasviri, qishloq hayoti, insonning bu dunyoda qilgan ishlari sarhisobi ko’proq yoritilgan. Adibning “Izlar” hikoyasiga qaraganimizda Pirishboyning qilgan zulmkor ishlari, qarilikdan o’z g’ururini yer bilan bitta qilganini, o’lgandan so’ng esa uning o’ligini yerga qo’yish uchun atiga yetti odam chiqqanini ko’ramiz. “Tunda uvlagan it” hikoyasida esa buning aksiga guvoh bo’lamiz. Har bir inson bu dunyoda qilgan ezgu amallari, orttirgan yaxshi nomi, savoblari, toat-ibodati bilan nom qozonadi, ezgulikka muhrlanadi. Ana shunday insonlargina abadiy tarixga muhrlanadilar. O’lib uning nomi o’chgan bo’lsada, lekin har doim yaxshi xotiralar bilan eslanadi. O’ktam Usmonov ham barchamizni shunday ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan, ruhiy barkamol shaxs bo’lishga da’vat etadi. O’ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Kindik qoni to’kilgan yer” hikoyasida ham o’zbekona lutf, mehr-muruvvatni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni o’zida mujassam etgan nuroniy mehnatkash otaxonni ko’ramiz. Uning ham fazilatlarida butun bir o’zbeklarga xos bo’lgan Vatanga sadoqat, o’z tug’ilib o’sgan joyiga sodiqlik ta’sirli qilib ochib berilganki, buni o’qigan har bir kitobxon ko’ziga yosh keladi. Aytib o’tganimizdek, Toshkent zilzilasidan keyingi voqealar keltirilgan ushbu hikoyada keksa otaxonning eski, vayronaga aylangan uyi oldida o’tin terib, choy qaynatib, qiyiqchasini yozib qand-qurs qo’yib quruvchilarga choy damlab berishida ham o’zbeklarga xos mehmonbozlik odatini ko’rishimiz mumkin. Chol har kun quruvchilar ishlayotgan vayronaga kelar, bu balki so’nggi ko’rishim deya eski uyini yaxshilab aylanib, razm solardi. Har birimiz uchun tug’ilib o’sgan Vatanimiz qanchalik qadrli bo’lgani kabi qariya uchun ham zilzila ostida qolgan ota-bobolaridan meros, yoshligi o’tgan uy ham shunchalik qadrlidir. Chol bechora uyini hech qachon buzilishini xohlamasdi. Yozuvchi o’zbeklarga xos milliylikni shu qariya ruhiyatida ochib bergan. O‘tmishni, Vatanni, jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tahliliy idrok etish darajasiga ko‘tarilishi uchun sermushohada tafakkur zarur. Adib hikoyalarining ikkinchi kashfiyoti ana shunda, ya’ni tafakkurli kishilar obrazini yaratishga urinishda ko‘rinadi. Ayni paytda inson fojiasining tub ildizi fikrsizlikda ekani, o‘zligini anglamagan banda na dunyoni, na davlatni anglamoqqa qodir ekani tesha tegmagan timsollar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, qahramon shuurini tahlil etishga kirishgan hikoyanavis zamondosh inson botinida ham Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling