Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

D. Quronovning ta’kidlashicha, adibning kitobxon bilan muloqoti amalga 
oshishida hikoya qilinayotgan narsaga muallifning munosabati, dunyoqarashi, ayni 
paytdagi ruhiy holati muhim ahamiyatga egadir. U esa ko’proq uslubda namoyon 
bo’ladi. 
1
O’ktam Usmonov ilgari surgan g’oyalar, asarlaridan ko’zlagan maqsadlar 
umumbashariy mohiyat kasb etadi. U millat, makon va zamon tushunchalarini 
yo’qotadi. Ular umumiylashib, birlashib, yaxlitlashib olam va odam mohiyatini 
anglashga xizmat qiladi. Adib tanlagan muammo, mavzu, orzu-armon doim bir 
insonga tegishli bo’lmay balki ko’pchilikning aurasini tashkil etadi.
Inson, uning hayotdagi o’rni, haqiqiy qiyofasi u o’zi haqida o’zi qanday 
fikrga kelganligi bilan emas, balki u haqda tevarak-atrofdagilarning, jamoatning 
fikri qandayligi va unga bergan bahosi bilan belgilanadi. O’ktam Usmonov 
hikoyalarining deytmotivi mana shu-ham jangovar, ham murakkab g’oya bilan 
sug’orilgandir. To’plamdagi har bir hikoyada muallifning ehtirosli insoniy 
pozitsiyasi va e’tiqodi yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
O’ktam Usmonov xalqning 50-80-yillardagi hayotini har tomonlama 
tasvirlashga diqqatini qaratgani sababli ham o’z davri ijodkorlari bilan birgalikda 
xalq hayotining turli jihatlarini hikoyalarida aks ettirgan. Shu tufayli ham O’ktam 
Usmonov hikoyalarida aks etgan uslubi bilan ham 50-80-yillar yozuvchilariga 
qiyoslanadi.
Yozuvchi hikoyalarida notinch dunyo tashvishlari bilan yashayotgan 
zamondoshlarining his-tuyg’ulari, ularning tinchlik va do’stlik uchun olib 
borayotgan kurashlari o’z badiiy ifodasini topgan. U o’z asarlarida tabiiylikni, 
samimiylikni va jozibadorlikni o’rtaga qo’yishida, yangi mavzularni badiiy 
1
Dilmurod Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. - Toshkent. Sharq NMK, 2004- YIL, 231-bet. 


46 
ifodalashida, yangi fikr aytishga, yangi obraz yaratishga intilishida ham uslubiy 
o’ziga xoslikni namoyon qilib kelgan.
O’ktam Usmonov o’rni bilan lirik chekinishlar qilib, kitobxonni g’oyaviy-
hissiy baholariga qo’shilishga undaydi. Ma’lum ma’noda tasvir predmetiga ham 
goh oshkora, goh pinhona munosabatini ifodalab, kitobxon bilan bevosita 
muloqotga kirishadi. Yozuvchining xuddi shunday uslublari doimo hikoyalarida 
yaqqol aks etadi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling