Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

1
1


41 
Adabiyotimizning bugungi yuksak badiiy darajasi ijodning barcha sohasida, u 
badiiy ijod bo’ladimi yoki publitsistik ijod bo’ladimi, yuksak saviyada bo’lishini 
ta’min eta oladi. Boisi Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho’lponning “Kecha va 
kunduz”, Oybekning “Qutlug’ qon”, “Navoiy” asarlari, G’afur G’ulomning “Shum 
bola”si, O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”ning har biri alohida ijod 
laboratoriyasi sifatida tadqiq etishga loyiq. Mana shularni chuqur o’rganib, so’ng 
ijod laboratoriyasi xususida so’z yuritish joizdir. Yuqoridagi adiblar har birining 
ijod laboratoriyasi misoli daryolardek bir dengizda tutashadi. Bu dengiz esa o’zbek 
ijodchiligi dengizdir. Bu dengiz hamisha unga sho’ng’imoqchi bo’lgan 
g’avvoslarni o’z ajoyibotlari bilan lol qoldiradi. Ijodkor bo’laman degan inson 
borki, bu dengizdan-ijod laboratoriyasidan o’rganishi kerak. Ammo faqat 
o’rganibgina qolmay, uni o’z individual ijodiyotidagi yangi-yangi topilmalar bilan 
boyitishi ham farz, ham qarz hisoblanadi. Shunda ijodning manguga daxldor 
namunalari dunyoga keladi, kelgusi ijodkor avlod uchun ibrat bo’lib qoladi
1

Bugungi axborotlar oqimi tezlashgan, san’atning barcha shakllari muayyan 
taraqqiyotga erishgan va erishayotgan jadal zamonda inson shaxsi, uning ma’naviy 
qiyofasi, ruhiyatining butun murakkabliklari- yu, ziddiyatlari, umuman olganda
inson va u bilan bog‘liq bo‘lgan voqea va hodisalarni mukammal tasvirlab 
berishda adabiyotga hech bir qiyos yo‘q. Qanday davr bo‘lmasin, qay bir ijtimoiy 
tuzum jamiyatda hokim bo‘lmasin, adabiyotning mavqei, ahamiyati zarracha 
bo‘lsa-da, tushgan emas.
Hozirgi o‘zbek nasri, xususan, hikoyachiligidagi har bir ijodkorning 
o‘ziga xosligini, umuman, badiiy nasr uslubi,muamolarini tahlil etish mavjud 
va yangi uslubiy izlanishlarni sinchiklab kuzatishni talab etadi. Nasrimizdagi 
shakliy-uslubiy 
izlanishlarning 
nazariy 
asoslarini 
izlashda 
hikoyachiligimizning bugungi qiyofasi va nufuzidan kelib chiqib, adabiy-
estetik tajribalarni kuzatish nafaqat bu sohada dadil izlanayotgan adiblarning 
mahoratini yoritish, balki, muayyan ma’noda hikoyachiligimiz istiqbolini 
chamalashga ham imkon qadar urinishdir.
A.V.CHicherin adabiy asar uslubi zaminida yozuvchi uslubi tug‘ilishi, 
uning o‘zligi har bir asarda namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi: «...yozuvchining 
o‘zi shunday ko‘rsin, shunday o‘ylasin, shunday his etsin va uning boshqacha 
tushunishi, o‘ylashi va his etishi mumkin bo‘lmasin»
2
. Darhaqiqat, uslubni 
aksariyat hollarda oddiy mantiq qoliplari bilan izohlash mushkul va imkonsiz 
bo‘lib qoladi. Bunday hollarda uslub faqat shu ijodkorgagina taalluqli bo‘lgan 
badiiy mantiq qonuniga muvofiq yaratilganligiga diqqat qaratish talab etiladi. 
1
Tohirov Z. Ijod laboratoriyasi. – T.: Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2013.- B. 57. 
2
Чичерин А. В. Идеи и стиль. – М.: Cов. Писател, 1968.-287 cn. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling