29
yozish emas, balki aynan shu sujet orqali o`quvchiga ezgulik ulashish. Bugungi
zamonaviy hikoyalar ayni shunaqa faqat voqelik asosida yozilayotgani biroz
achinarli. Lekin guruch kurmaksiz bo`lmaydi
deganlaridek, ayni shu kurmaklar
zamonaviy hikoyachilikka berilgan aksariyat ta’riflarning sababidir.
Hikoya
yozuvchi tilga olgan davr va ayni hikoya yozilayotgan davr o`rtasidagi masofa
saqlanishi lozim.
Xullas, O‘ktam Usmonov yaratgan
obrazlar va ularning ruhiyat, xarakter
tasviri betakror. Yozuvchining yaratgan har bir qahramonidan kitobxon nimanidir
olishga va nimadandir voz kechishga harakat qiladi. Chunki,
yozuvchi badiiy
asoslashni va bu boradagi badiiy detallarni juda o‘rinli qo‘llaydi. Shu boisdan
ham O‘ktam Usmonov asarlarini o‘qigan kitobxonda voqealar
real hayotda yuz
berayotgandek tasavvur qoldiradi. Adib xalqimizning adabiy-estetik ehtiyojini
qondirishga
shuningdek, ijtimoiy-estetik didni o‘stirishga intilib kelayotgan
iste’dodli ijodkorlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: