Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
“Jala” hikoyasida Asqarjon va Salomatning juda ko‘p janjallashuvi haqida
choyxonadagi chollar suhbatlashib qoladilar. Ularning aytishiga qaraganda, janjalga asosan, Salomatxonning eriga ishonmasligi sabab bo‘lar ekan. Hattoki shu keksalar ham o‘rtaga necha bora tushib yoshlarni yarashtirib qo‘ygan o‘rinlarni ko‘rishimiz mumkin. Bunda mahallaning harakatlari, yoshlar turmushini 24 yaxshilashdagi mehnatlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shunday paytda Asqarjonni ovutishda ham bu janjalni, hamda janjalning sabablarini bir jalaga qiyoslanishida ko‘ramiz. Salomatxon bu dunyodan o‘tsada, lekin, o‘sha jala to‘xtamaganligini, Asqarjon esa ayolining janjaliga o‘xshatilgan jala ostida yurishni yaxshi ko‘rardi. Balki yomg‘ir ostida yursa, uning ayoli qaytib kelganday bo‘lar, balki jala bo‘layotgan vaqtda usti shalabbo bo‘lib yurgan Asqarjon hali ham rahmatli rafiqasining janjallari davom etayotganligini sezar, shuning uchun bu yomg‘ir uning uchun yoqimli tuyular edi. “Ertayu kech ermagi Salomatxondan qolgan yodgori-Yulduz qizi edi… Boya jala quyib turganda bemalol ivib kelishini ko‘rdinglarmi? Hoynahoy, bu Salomatxonni qo‘msaganidan, boshimdan jala quyib tursa ham mayli edi, desa kerakda, boyaqish…”. Yozuvchi aynan mana shu jumlalar orqali Asqarjonning xarakteriga xos jihatlarni ochib beradi. Shuningdek, Salomatxon xarakteriga xos xususiyatlar sababli hikoyani adib “Jala” deb nomlagan bo‘lsa ajab emas. O‘ktam Usmonov qisqa hikoyalarida urushdan keyingi qiyinchiliklarni qahramonlar xarakteri orqali ochib beradi. Yozuvchining eng katta yutug‘i shundaki, hikoyalardagi barcha obrazlar muvaffaqiyatli chiqqan. U qahramonining portretini chizmaydi, e’tibor berib o‘qilsa, hech qaysi qahramonning tashqi ko‘rinishi alohida tasvirlanmagan. Bu ham O‘ktam Usmonovning o‘ziga xos uslubi hisoblanadi. Ammo qahramonlarning qiyofasi ularning nutqlari orqali shunday namoyon bo‘ladiki, beixtiyor o‘sha odamlar yonginangizda turgandek, siz ularni hayotda ko‘rgandek tuyuladi. O‘ktam Usmonov ijodi xalqchil ijod. Adib ijodidagi realizm, badiiylik, an’anaviylik, milliylik va umuminsoniylik kabi muhim g‘oyaviy-estetik o‘lchovlar zamirini xalqchilliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning asarlaridagi ma’nodor misralar, tanlangan so‘zlarning jarangdorligi kitobxonni o‘ziga rom etib kelmoqda. O‘ktam Usmonov hikoyalari ijtimoiy-siyosiy muhitning turlicha talqinlari sifatida yaratilgan. Inson nafaqat o‘zining, balki o‘zgalarning xatti-harakatiga, xarakteriga, qadriyatlariga va intilishlariga ham munosabat Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling