Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
10
15 17 Kamoliddin kuchli sog‘inch, ruhiy iztirob, xorg‘inlik, unutib bo‘lmas xotiralar tufayli uyqusiz tunlarni bedor o‘tkazar edi. Ayolining vafot etganiga ikki yil bo‘lgan bo‘lsada, boshida uni qattiq qumsar, vaqt o‘tgani sayin esa oz-moz yuraklari tasalli topib borardi. Ba’zida atrofdagilar unga xotini bilan bog‘liq xotiralarni eslatar, ba’zida esa keksalar, mahalla raisining uylan degan dashnomlarini eshitib yana ayolini esga olardi. Muallif tomonidan keltirilgan jumlalar orqali ham Kamoliddinni qanday xarkterga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin: “Bir xil erkaklar borki, xotini betob yotgandayoq, “peshonam shu ekan”, deydi-yu, boshqasini mo‘ljallab qo‘yadi. Lekin Kamoliddin Rashidaxon bilan o‘n uch yil oralaridan qil o‘tmay, og‘iru yengilni baravar tortishib, bir-birlariga shu qadar ko‘nikib ketgan ekanlarki, bechora jon beray deyotganda ham Kamoliddin o‘lim degan bedodlikni aqliga sig‘dirolmay, “U ketsa, mening qolishimdan nima ma’no?” deb yurak-bag‘ri o‘rtandi. Ta’riflar orqali Kamoliddinni ayolini chin dildan sevgan, hurmat qilgan, oilasini hamma narsadan ustun qo‘ygan, o‘zgalarga hamda ayoliga qattiq gapirmagan, mehnati orqali ro‘zg‘or tebratgan inson sifatida hayolimizda gavdalantirishimiz mumkin. Ammo Rashidaxonning o‘limidan so‘ng ikkita qo‘shnisining biri ro‘mol, biri jemfer olib chiqib “Shu narsalar sizlarnikida turib tursin, deb bergandilar rahmatlik,”-deganlari esa Kamoliddinning ozgina hasisroq ekanligini ifodalaydi. Muallif qahramonlarni hech birini bejiz shunchaki, tanlamagan. Qahramonlarning xarakter tuzilishidagi bir-biridan yiroqlik go‘yo bir- birini to‘ldirgandek bo‘ladi. Lekin bu yerda qo‘shni ayollar obrazining kiritilishining sababi Kamoliddinning xarakterida kamchilik borligini, ya’ni yuqorida aytganimiz ozroq xasislik, be’tiborlik borligini ko‘ramiz. Uning bu xususiyatini Rashidaxonning necha yillardan beri kiyilib tamom bo‘lgan paltosida ko‘ramiz. Muallif tomonidan: Kamoliddin Rashidaxon tirigida u-bu narsani ayasa ayagandiru, ammo o‘lgandan keyin butun borini to‘kib tashladi,”- deya keltirilgan jumlalaridan ham Kamoliddinda ziqnalikka o‘xshash bir salbiy bo‘yoqdorlik borligini ko‘rishimiz mumkin. Ammo o‘lgan o‘lib ketdi, endi shuncha qilganni 3 18 kimga nima foydasi bor, o‘lgan tirilib kelarmidi, axir o‘lding o‘chding-degan gap bejizga aytilmagan. Kamoliddinning xarakterida jahli tezlikni, ammo shu jahlni yengishlikni, og‘ir-bosiqlikni ko‘ramiz. Ularning qizlari Xosiyat esa borgan sari onasini eslar, doim uni qumsab yig‘lardi. Qanchalik urinmasin, otasining daldasi tufayli yangi keladigan onasini kutib olishda kuch to‘playdi, hammadanda o‘zini baxtli ko‘rsatishga harakat qiladi. Lekin foydasi bo‘lmaydi, qo‘shnisi Suyima xolaning gaplari xuddi onasining ovozidek eshitiladi, onam tirilib keldi deya ostonada xushidan ketadi. Yozuvchi murg‘akkina bo‘lishiga qaramay kuchli, serg‘ayrat, mehnatkash, oqko‘ngil qizni Xosiyat obrazida tasvirlagan hamda uning qayg‘uli, mungli chehrasini ham chizib bera olgan. Sog‘inch o‘ti har tarafdan kuydirsada, atrofdagilarning, qarindosh- urug‘larining mehribonchiligini, unga ma’yus, rahmdillik bilan qarashlarini, hamda o‘zgacha munosabatda bo‘lishlarini aslo yoqtirmasdi. Iztiroblar iskanjasida qolgan Kamoliddin esa kattalarning gaplariga ko‘nishga majbur bo‘ladi. Uning yakkayu yagona yo‘li qayta oila qurish edi. Bunga Xosiyatning qanday qarashini u sezib tursada, ammo boshqa iloji yo‘qligini his qilardi. Aynan xarakterlar shuni ko‘rsatib beradi. Yozuvchi Kamoliddinni ikkinchi bora uylanishida qanchalik dovdirab, o‘zini yomon his etayotganligini, hijolat chekib atrofdagilarning ko‘ziga qaray olmayotganligini tasirli bo‘yoqlarda chizib bergan. Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Qodiriy, Oybek, Ayniy, Cho‘lpon, Fitrat kabi mashhur yozuvchilarimiz ham badiiy asar yozishga kirishishdan oldin, eng avvalo mavzu taqozosiga ko‘ra, qalamga olinayotgan ma’lum tarixiy davrni chuqur ilmiy va huquqiy asoslarida o‘rganib chiqqanlar. 1 O‘ktam Usmonov ijodida ham ko‘rishimiz mumkinki, ularning bolalik kunlari, eshitganlari va ko‘rganlari, umuman olganda ishonarli voqealar, hayotiy tasvirlar qalamga olinadi. Kitobning fazilati yozuvchilik san’atining asosiy va muhim tomoni 1 Sharq yulduzi. 2012-yil, 153-bet. 19 sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida ko‘rinadi. Xarakter yaratishda esa, albatta, inson ruhiyati masalasi asosiy unsur sanaladi. Mana shunday mehnat evaziga dunyoga kelgan asarlarning umri ham, qadri ham ulug‘ bo‘ladi. “Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining mahorati darajasini belgilovchi omildir”. 2 Xuddi shunday O‘ktam Usmonov ham qahramonlari ruhiyatini, xarakter-xususiyatlarini o‘z maromida, badiiy yo‘sinda kerakli jumlalar va ta’riflar orqali tasvirlab, hikoyaning keng qamrovli bo‘lishida katta ish qilgan. “Yana kelgan baxt” hikoyasida esa kechroq bo‘lsada, hayotiga baxt kirib kelgan qiz yana kimningdir dunyosiga baxt tariqasida kirib kelishini, jajjigina qalb uchun og‘riqli bo‘lgan quvonchning ta’sirli tomonlarini, insonlar xarakteri, qahramonlarning o‘zlarida his qilmagan nuqsonlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Adib hikoyalari sarlavhasiga e’tibor berar ekanmiz, bunda ham teran ma’no ayni bir qahramonning xarakter-xususiyati asosida tanlangan nomni ko`ramiz. Masalan, “Sayribog` qushlar” hikoyasini o`qib boshlaganimda aynan bu hikoya qishloq, undagi turish-turmush, odamlar, bog`-u rog`lar haqida bo`lsa kerak deb o`ylagandim. Ammo hikoyani o`qir ekanman, bu fikrim tubdan xato ekanlini bildim. Hikoya oddiy bir talaba yigit tomonidan so`zlab beriladi. U kuzatishlari asosida sayribog` qushlar birikmasi qo`llangan bo`lib, bu so`z go`zal, latofatli bir ayolga nisbatan ishlatilganligini ko`ramiz. O‘ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Nomus” hikoyasi qahramonlarining xarakterida atrofdagi insonlarning fe’l-atvorini ko‘ramiz. Farruh ota-onasining mehnatlari qadriga yetmagan, oila-a’zolarining mehribonliklariga nisbatan ko‘rnamaklik qilgan, oilaning muqaddas tushunchalarini o‘ziga yod deb bilgan, o‘tkinchi hoyu-havaslar bilan yurgan aniqrog‘ini aytganda to‘qlikka sho‘xlik qilgan obraz hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz orqali aynan hozirgi davrda 2 G. Sattorova “Milliy xarakter va badiiy talqin”. – T:.“Fan” 2002-yil. 20 o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarning hayotini, taqdirini xarakterlari asosida ochib bergan. Hamda kitobxonlarni Bozor Hamroevich, Iqbolxon, Farruhning ahvoliga tushib qolmaslik uchun ogoh bo‘lishga undaydi. Bozor Hamroevich esa aynan qaysi o‘rinda xato qilganini anglay olmagan, farzand tarbiyasida noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan, ayoliga mehr-muhabbatda bo‘lgan shaxs obrazi sifatida gavdalantirilgan. Yozuvchi bu hikoyasida ramka unsuri bo`lmish sarlavhadan unumli foydalangan bo`lib, bu orqali hikoyaning ma’no-mazmuni, obrazlar xarakteri mohirlik bilan ochib berilgan. Hikoya nomini izohli lug`atlarda “sayribog`” so`zini “sayrbog`” holida bergan bo`lib, sayrgoh ma’nosini bildiradi. Hikoyaning bosh qahramoni talaba yigit ham domlaning ikkinchi xotinini sayribog` qushga o`xshatadi. Chunki ayol bazm-u jamshid, ko`ngilxushlik hamda dunyo kezishni juda sevardi. Shuning uchun ham shu xarakterlarni yuzaga chiqarish uchun ayolga nisbatan qush so`zini keltirgan. Hikoyada domlaning birinchi xitini va ikkinchi ayolining xarakterlari o`zaro komflikt qilib olingan. Birinchi ayolining xarakterida xushmuomalalik, mehnatkashlik, samimiylik,farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas bir ayolni ko`radigan bo`lsak, ikkinchi ayolining fe’l-atvorida esa tanoz bir xurliqo ayollarga xos bo’lgan xislatlar bilan birga noziklik, xushchaqchaqlik, gapga chechanlik, quvnoq davralarni xush ko`ruvchi ayolni ko`ramiz. Domlaning birinchi ayolining ismi Ma’rifat, ikkinchi ayolining ismi esa Shoira bo’lib, ularning dunyoqarashi turish-turmushi, fe’l-atvori ham bir-birlaridan tubdan farq qilib, qanday qilib Ma’rifat opaga o`rganib qolgan domlaning ko`ngli bir zumda boshqa bir insonga bog`lanishi mumkin. Hikoyani o`qir ekanmiz, qahramonlarning Shoiraxonga qarab: “Mana shu ayol Davron Bakirovichning ikkinchi ayoli bo`ladi”,- degan gaplariga umuman ishongimiz kelmaydi. Ma’rifat opa tirikligida Davron Bakirovich har kuni ishga xuddi yangi kuyovlardek yasanib, savlat to`kib borardi. Har kuni toza yoqali dazmollangan ko`ylak va bejirim kastyum-shim kiyib kelardi. Bitta kastyum-shimni tez-tez kiyib 21 kelsa ham ammo har kuni turli bo`yinbog` taqib kelardilar. .Tuflilarini hat daqiqa artib turadigandek, aksing ko`rinadigan darajada yaltillab turardi. Talaba qizlar yuradilar”,-der edi. Hamma domlaning bunday ko`rinishda yurishiga sabab bo`lgan uning ayolini ko`rishni xohlardi. Lekin ko`pchilik domlaning ayollarini o`zgacha tasavvur qilardi. Davron Bakirovich xarakterida ham boshqa domlalarga xos bo`lgan fe’l- atvorni ko`rishimiz mumkin. Masalan, hikoya qahramoni bo`lmish talaba tilidan aytilgan mana bu parchada domlaning xarakter belgilaridan ba’zilariga guvoh bo`lamiz: “Institutning birinchi kursida birinchi soatni bizga shu Davron Bakirovich o`tgan edi; u o`zbek sovet adabiyotidan dasr berardi.Ko`p yillik malakasi tufayli u ma’ruzaga shu qadar chechan bo`lib ketgandiki, eshitib to`ymasdik. U hammamizga mehribon edi, besh yil davomida biron studentga ovozini baland qilganini masalan, men eslayolmayman; jahli chiqsa faqat achitib olar edi. Shunda ham jahlini chiqargan bolaga yaqin borib, deyarli uning o`ziga gapirar, shu sababli domla nima deganini ko`pincha eshitmay qolardik. “ 3 Akbatta bundan ko`rinyaptiki, domlaning xarakterida ko`ngilchanlik, xushmuomalalik, murosaga kelishish, asabiylashmaslik hamda sabr-toqatni ham ko`rishimiz mumkin. Birinchi ayoli Ma’rifat opa esa tinim bilmas, o`zini o`ylamas, farzandlari eri uchun jonini fido qilguvchi ayol edi. U ham Shoiraxonga o`xshab Alloh bergan omonat jonini avaylab, dunyo kezib, har kuni turli liboslar kiyib, bo`ynini durlarga, qo`llarini tillo zanjirlarga to`ldirib, xushbo`y atirlardan sepib, odamlar orasida ajralib yashasa bo`lardi, axir uning ham shunday yashashga xaqqi bor ediku. Lekin u bunday qilmadi. Farzandlari tarbiyasi uchun ertalabdan kechgacha ular bilan vaqt o`tkazib, ularning toza ozoda yurishi uchun har kuni qo`li kir tog`oradan chiqmay, oilasiga vaqtida issiq ovqat tayyorlab, jonini fido qilgan haqiqiy o`zbek ayollaridan 3 O’ktam Usmonov. Sirli sohil. –T.:” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”. 1981-yil, 14 22 biri desak bo`ladi. Ma’rifat opaning domlaga nisbatan ham ko`rsatilgan shunday mehr va e’tiborlari tufayli ham domla butun universitetda ko`zga ko`ringan inson edilar. Ko`pchilik talabalardan tortib domlalargacha ham barchasi Davron Bakirovichga har tomondan havas qilar edilar. Albatta bunga eng katta sabab Ma’rifat opa edi. Chunki Ma’rifat opa o`lganlaridan keyin Shoiraxonga kuni qolgan domlaning ahvoli butunlay o`zgarib ketgan edi. Bir paytlar barcha havas qiladigan Davron Bakirovichdan hozir asar ham qolmagandi. Buni biz hikoya yakunlanishida ham ko`ramiz: Lekin shunday bo`lsa ham men Davron Bakirovichni bari bir bu ahvolda ko`rarman, deb sira o`ylamagan edim. Ustidagi oddiy chit ko`ylagi dazmollanmagan, keng shimi xuddi qopdek shalvirab, gavdasini battar ayanchli ko`rsatar edi. O`zi esa nihoyatda qarib, bukchayib qolibdi; qo`lida kattakon sumka, bamisoli og`irligidan qaddi egilib ketayotgandek. Yo`lda ham u nimanidir zo`r berib o`ylab boryapti shekilli, ajin to`la peshonasini mahkam ushlab olgan; yoki boshi og`riyaptimi- bilib bo`lmas edi. Qorin qo`ygan, ko`kragi ichkariga botib, yuz- ko`zi nihoyatda so`lg`inlashgan edi… Agar Ma’rifat opa tirik bo`lganida balki bunday ahvolga tushmagan bo`larmidi. O‘ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Nomus” hikoyasi qahramonlarining xarakterida atrofdagi insonlarning fe’l-atvorini ko‘ramiz. Farruh ota-onasining mehnatlari qadriga yetmagan, oila-a’zolarining mehribonliklariga nisbatan ko‘rnamaklik qilgan, oilaning muqaddas tushunchalarini o‘ziga yod deb bilgan, o‘tkinchi hoyu-havaslar bilan yurgan aniqrog‘ini aytganda to‘qlikka sho‘xlik qilgan obraz hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz orqali aynan hozirgi davrda o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarning hayotini, taqdirini xarakterlari asosida ochib bergan. Hamda kitobxonlarni Bozor Hamroevich, Iqbolxon, Farruhning ahvoliga tushib qolmaslik uchun ogoh bo‘lishga undaydi. Bozor Hamroevich esa aynan 23 qaysi o‘rinda xato qilganini anglay olmagan, farzand tarbiyasida noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan, ayoliga mehr-muhabbatda bo‘lgan shaxs obrazi sifatida gavdalantirilgan. O‘ktam Usmonov hikoyalarida insonning jamiyatda, oilada tutgan o‘rni, oilaviy turmush, turmushning mushtlari, hayot sinovlarining oldida egalib qolmasligimizni, to‘g‘ri yo‘lni doim qalbimizga quloq solib anglab olishimiz lozimligi haqidagi ibratlarni o‘zida aks ettiradi. Yuqorida aytganimiz “Yana kelgan baxt” hikoyasi qahramonlari taqdiri bilan o‘xshash qahramonlarni biz “Jala” hikoyasida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu qisqa hikoya muallifning kuzatuvchi sifatida ko‘rgan-bilganlarini aytib berishi natijasida yaratilgan ya’ni muallif tomonidan hikoya qilingan. Hikoyada Kamoliddinga o‘xshab ayolidan juda erta ayrilib qolgan inson obrazini hamda ona mehriga to‘ymagan Xosiyatga o‘xshash Yulduz obrazini ko‘rishimiz mumkin. O‘ktam Usmonovning qisqagina hikoyalarida olam-olam ma’no yashiringan. “Jala” hikoyasi qahramoni Asqarjon ayolidan ayrilsada, boshqa bilan taqdirini hayoliga keltirmas, hattoki unga hech kimning rahmi kelishini xohlamas, shu tufayli bolasiga o‘zgacha mehr berar, uni onasini sog‘inmasligiga harakat qilardi. Doim qizchasini qo‘ymas, uni buyuk otalik mehri bilan parvarishlardi. Lekin Asqarjonni bunday og‘ir judolikka uchraganidan xabari yo‘q insonlar esa uning shlapa kiyib yurishini laqab qilib olgan, Asqarjonni esa xotinidan qo‘rquvchi kimsa sifatida qabul qilishardi. Hikoya qahramoni xarakter jihatdan Kamoliddin obraziga juda ham o‘xshaydi, lekin unda hech qanday salbiy tomonlarni yoki nuqsonni ko‘rmaymiz. Asqarjon Kamoliddinga nisbatan farzand tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan yondoshadigan, ayriliqdan so‘ng esa o‘zini qo‘lga olgan va bundan keyingi hayotini qizining tarbiyasi, kelajagi uchun sarflaydigan obrazdir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling