Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

3
3
10


13 
mudhish voqealar, oilasi uning yodidan chiqmas, shuning uchun ham o’zini 
ovutish, barini zimdan bo’lsa ham unutish niyatida o’zi uchun notanish bo’lgan 
ko’chalarda kezardi. U hech kimga o’tmishini, o’zi haqidagi ma’lumotlar haqida 
ham aytgisi kelmasdi. Ayni shu o’rinlarda ham urush davrlari keltirib o’tilgan: 
Daxshatli urush paytlarida odamlar ish haqiga kamdan-kam pul berishardi. Ikkita 
arpa nonmi yoki zog’orami, bir paqir olma, bir tovoq tutmi-nima berishsa, 
“Dedushka” indamay olardi-da, qopday to’rvasiga solib: “Mana, ko’rdinglarmi, 
bopladim! “-degandek, charxlagan buyumi yoki qalaylab yamagan idishini ko’z-
ko’z qilib, bosh barmog’ini havoga niqtab “vo!” deb qo’yardi.
Dedushka qorni och bo’lsa ham birovga og’irligi tushmadi, ko’chalardan 
nogironligidan foydalanib tilanchilik, og’rilik yo’liga kirmadi haqiqiy, sof qalbi 
bilan ish ko’rdi. Buni biz Akramjonning uyida turgan ikkita zog’ora nondan 
bittasini olib chiqib, unga tutqazganida olmaganidan ham bilishimiz mumkin. 
Qaytanga chol Akramjonga yordam berib so’ngra esa bir chimdimgina nondan 
uzib olishini ko’ramiz. Akramjonlarning ham oilasi o’zlariga to’q yashamas, aynan 
u davrlarda hech kim yaxshi yashamas, ikki zog’ora nonni 1-2 kunga yetkazishi 
kerak edi. Yozuvchi xuddi shunday urush hamda urushdan keyingi qiyin davrlarni 
Akramjonning tilidan so’zlab bergan. Dedushka ham kun kelib ichida kiri yo’q, 
o’yinqaroq Akramjonga oilasining rasmini ko’rsatadi hamda ularning samalyotda 
halok bo’lganini aytadi. Lekin dedushka yana o’tmish iztiroblaridan siqildimi yoki 
qalbida hech kimga aytmay sir saqlab yurgan xotiralarini bir inson bilan 
bo’lishgani unga yomon ta’sir qildimi, Akramjon uni boshqa bu yaqin atrofda 
ko’rmadi. Akramjon uni kelishini kutdi, hattoki katta yigit bo’lib yoshligini esga 
olganda ana shu “dedushka” ko’z-o’ngida gavdalanar edi.
O’ktam Usmonov adabiyotimizning kelajagi uchun jon kuydiruvchi, bu 
sohada ko’p yozuvchilarga namuna ko’rsatgan san’atkor sifatida qadrlidir. 
Ijodkorning o’ziga xos uslubini, timsol yaratish mahorati, so’zga bo’lgan e’tiborini 
kuzatish, tahlil etish orqali badiiy asarni idrok qilish, uning g’oya va mazmunini 


14 
to’la tushunish, ayni paytda, satrlarga singdirilgan ma’no sirlaridan voqif bo’lish 
imkoniyati yanada kengayadi.
Adibning “Kuzatish” hikoyasiga to’xtalar ekanmiz, undagi voqealar g’ala-
g’ovurli vokzalda kechadi. Armiyaga olib ketilayotgan yosh yigitlar, ularni 
kuzatishga chiqqan oilasi hamda birgina yigit va qizning xayrlashuvi tasvirlangan. 
Hikoyada o’sha davrlarda Moskvaga armiyada xizmat o’tash uchun olib ketilgan 
norg’ul yigitlar tasviri, ilk muhabbat o’tida yongan yosh yigit-qizning buyuk 
sevgisi hamda vokzaldagi hayot keltirilgan.
Yozuvchi hikoya boshida “g’ala-g’ovurli perron” deya vokzal atamasi 
o’rniga perron so’zini ishlatadi. Bu ham har bir kitobxonni nazaridan chetda 
qolmay, balki uni sergaklikka, izlanuvchanlikka undaydi. Bunaqa ko’p atamalar 
tanish bo’lmagan o’quvchi albatta bu so’zni izohli lug’atdan qidiradi va o’sha davr 
so’zlashuv nutqida mana shunday so’zlarning ko’p ekanligiga, o’sha davr odamlari 
mana shu so’zlashuv nutqidan foydalanganini ko’rishimiz mumkin.
Urushdan keyingi yillarda yaratilgan bu hikoyada urush tasviri boshqa 
hikoyalardagi kabi yodga olinmagan. Urush davrida ota-bobolarini yig’lab ming 
dard-alam bilan, qaytib kelish umidi bilan xuddi shunday, g’ala-g’ovurli, odamga 
to’la joylarda kuzatishgan, bunda esa ana shu insonlar endi farzandlarini Vatan 
oldidagi burchi bo’lmish armiya xizmatiga kuzatishmoqda. Endi ularning 
ko’zlarida qayg’u-xasrat ko’zyoshlari emas aksincha quvonch ko’zyoshlari porlab 
turmoqda. Bugun ular yaxshi kayfiyatda yurtning tayanchi bo’lmish farzandlariga 
oq fotiha berib kuzatishmoqda. Aynan bu hikoya ham urushning to’zonli yillarini 
mana shunday urushdan keyingi yillar bilan solishtirishga imkoniyat beradi. 
Hikoyada yigitni kuzatishga kelgan yosh qiz endi urushga ketgan yigit uchun qora 
xat olmaydi, balki sevgi maktublarini oladi.
Ilk muhabbat o’tida yongan bu yosh qiz qarshisida hozir butun bir olam, 
nainki ikki dilni, hatto yashab turganimiz mana shu ko’hna dunyoni ham 
yoshartirib, bezab turgan buyuk sevgi bo’stoni yuz ochmoqda edi. Qizning o’zi esa 


15 
nafiz gulag o’xshar edi… Hikoya xuddi mana shunday jumlalar bilan yakunlanar 
ekan, mana shu izohlarning o’zi ham yozuvchining katta mahoratini, uning 
qalamkashligi bilan asarga yuksak tasvir bo’yog’ini berganligini namoyon etadi. 
Yozuvchi qizni bejizga nafis gulga o’xshatmadi, chunki qiz haqiqatdan ham 
muhabbat bo’stonidagi nozik gul, u o’z kelajagini, pok svgisini o’sha yigit bilan 
tasavvur qilar va kutardi. 
O‘ktam Usmonovning ko‘pgina kichik hikoyalarida ijtimoiy davr kengroq, 
qahramon obrazi orqali yoritilgan. “Izlar”, “Dars”, “Tunda uvlagan it”, 
“Charxchi”, “Qo‘shni qiz”, “Jala”, “Kindik qoni to‘kilgan yer” kabi hikoyalar 
shular jumlasidandir. Yozuvchining ko‘plab hikoyalari millat vakillari ruhiyatini 
aks ettirish jihatidan katta axamiyatga ega. 
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, ko‘rinib turibdiki, O‘ktam Usmonovning 
biz tahlilga tortgan asarlari insonning qalbi, nozik dil torlari, ko‘ngil iztiroblari 
o‘ziga xos samimiyat bilan ifodalangan. Qolaversa, insonning nozik tuyg‘ulari 
fonida ijtimoiy jamiyatdagi illatlarning rang-barang ko‘rinishlari haqida so‘z 
yuritiladi. Yozuvchi tanlagan qahramonlar garchi ma’lum ma’noda jamiyatning 
ziyoli qatlami vakillari bo‘lish bilan birga, o‘z davrining faol shaxslari hamdir. 
Ularning hayot yo‘llari kitobxon uchun chin ma’noda saboq bo‘lishi bilan katta 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling