Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
5
5 5 5 3 3 3 bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi. Natijada, mamlakatda shaxsga sig’inish davrida yo’l qo’yilgan adolatsizlik, qonunbuzarlikka chek qo’yish va demokratiya hamda ijtimoiy adolatning qaror topishiga yo’l ochila bordi. Shu tariqa, sho’ro mamlakati 1956-yilda o’z tarixining yangi bosqichiga – shaxsga sig’inish yillarida yo’l qo’yilgan ijtimoiy adolatsizlikni tuzatish davriga qadam qo’ydi. Bu davrda adabiyot mamlakat va xalq hayoti bilan uzviy bog’liq holda rivojlandi. O’ktam Usmonov ham hikoyachilikda zamonaviy mavzular, xalqimizning urushdan so’nggi dastlabki yillardagi hayotini, ijtimoiy mehnati, ma’naviy-axloqiy masalalarini diqqat markazga qo’ydi. Chinakam iste’dod sohiblari bir-birlariga aslo o‘xshamaydilar. O‘ktam Usmonov asarlarini boshqa asarlardan farqlash oson, chunki uning o‘zigagina xos bo‘lgan uslubi bor. O‘ktam Usmonov insonparvar ijodkor. U insonni ulug‘laydi, hurmat qiladi. Yozuvchining insonga bo‘lgan hurmati uni xo‘rlaydigan, qadrsiz qiladigan, insoniy tuyg‘ularni poymol qiluvchi hamma narsalarga nisbatan beayov bo‘lishi bilan isbotlanadi. Yozuvchi hayotiy muammolarni qalamga olar ekan inson xarakteridagi salbiy illatlardan kuladi, ularni ogohlikka undaydi. Ichidagi dard-tug‘yonlarini qahramonlar tilidan qalamga oladi. U. Normatov qayd qilganidek, “So`nggi yillardagi bizdagi adabiy jarayonga xos eng muhim xususiyatlardan biri shundaki, adabiyotimiz chinakamiga xilma xil bo`lib borayabdi … bizda ham falsafiy asosi jihatidan xilma xil yo`nalishga mansub asarlar paydo bo`la boshladi” 1 “O‘zbek adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan ijodkorlardan biri, Toshkent adabiy muhitining yorqin vakili, betakror hikoyalari bilan kitobxonlar qalbini zabt etgan ijodkor O‘ktam Usmonov 1938-yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga kirib o‘qidi. Uni 1 Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T. “Ma’naviyat”, 2000. 3-4-betlar. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling