Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

5
5
5
5
5
5


25 
bildiradi. Ushbu munosabat, tabiiyki, turli tarzda o‘z ifodasini topadi. O‘ktam 
Usmonov hikoyalarida ana shunday ifodalar namoyon bo‘ladi.
Ruhiyat tasviri keskin ziddiyatlar asosida namoyon bo‘ladi. Ruhiyat 
tasvirining bu tamoyili uzoq davrlar mobaynida shakllangan klassik tasvirning 
mohiyatini tashkil etadi. Shu bois L.Ginzburg badiiy psixologizm inson hatti-
harakati bilan bog‘liqlikda rivojlanadi, biroq bu dinamika ruhiy munosabatlar 
tasviridagi muayyan stereotiplarni yo‘qotmaydi, balki ularning yangi shakllarini 
kashf etadi», deb yozganda haqli edi.
1
Shu nuqtai nazardan qaralsa, “Izlar” 
hikoyasida ruhiyat tasvirining asosiy o‘zagi diyonat bilan jaholat o‘rtasidagi
kurashni aks ettirishdan iboratligi ayon bo‘ladi. Hikoyada ayni urush hamda 
urushdan keyingi yillarda vijdonini toza saqlay olmagan, uni o‘tkinchi bir hoyu-
havaslarga almashib yuborgan, o‘zgalarni aldab, qiynab yashagan, o‘z nomusi, 
erkaklik shani oldida g‘ururini yerga urgan shaxs obrazini ko‘ramiz. Hikoya 
adibning boshqa qisqa hikoyalari kabi qishlog‘ini qumsab kelgan yigit tomonidan 
hikoya qilingan. U o‘z qishlog‘ini, eski uyini sog‘inib u yerda o‘tgan bolalik 
xotiralarini eslash uchun Achiyaksoyga keladi, yomg‘ir maydalab yog‘ib turgan 
bo‘lishiga qaramay tut tagida to‘xtab yoshligini xotirlaydi. Urushdan keyingi azob-
uqubatli kunlarda hayot tarzi og‘ir kechgan oilalardan biri keltirilgan bu hikoyada 
kichik bolakayning o‘yinga aylangan mehnati, buning ortidan esa kaltaklanishi 
yovuzlikning bir ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Urushdan keyingi kun kechirish 
hattoki, bir burda non topib yeyish nihoyatda qiyin bo‘lgan yillarda mehnatkash
sofdil xalq bir-birlariga yordam berar, keksalar esa duoga qo‘llarini ochib – bu 
kunlar yaxshi kunlarga aylanishiga duo qilsalar, Pirishboy laqabli bir kimsa esa 
qishloq ahlini aldab daromad topar, odamlarni qiynab, bolalarni kaltaklab manfaat 
ko‘rar hamda o‘z ishidan g‘ururlanardi. Qishloq ahli shuning uchun ham undan 
qo‘rqar va hayiqardi, ayollar esa farzandlarining azoblanganini ko‘rib uni 
lanatlardi. Ayni shunday damlarda maktab bolalari darsdan so‘ng mashoq terishga 
borar va buni o‘yinga aylantirib ham olgandi. Ammo onalari uchun esa bu ish 
1
Гинзбург Л. О психологической прозе. Ст.285

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling