26
kunlik daromad, non topish yo‘li edi. Hikoyani aytayotgan yigitning oilasi o‘sha
davrning
mehnatkash, mehribon, sofdil insonlari ekanini bilishimiz mumkin.
Yozuvchi qahramonlarini aynan xarakterlarini birma-bir ta’riflab o‘tmagan, ammo
uning tilidan berilgan ba’zi bir o‘rinlardan ularning qanday xarakterda
ekanini bilib
olishimiz mumkin.
Pirishboy laqabi bilan mashhur bo‘lib ketgan asli ismi
Berdiqul obrazi
dunyoda
yaxshilik qilmay, balki o‘z qishloqdoshlarining qarg‘ishiga uchragan
insondir. Hattoki unga atrofdagilar xulqiga qarab
Pirishibev deb laqab qo‘yib olsa
ham, u adabiyotdan mutlaqo savodsiz bo‘lganligi uchun achchiqlanish o‘rniga,
mag‘rurlanib ham qo‘yarkan. Vaqti kelib uning qamalib ketganini eshitganlar esa
“Ajab bo‘pti, jazosini topdi… Hamma qon yutayotganda
u quturgan yurtni
aldayotgan edi. Qallob”,- deganlaridan esa Pirishboyning adolatsiz, o‘z manfaatini
ko‘zlaydigan, o‘zgalar baxti evaziga baxtga erishadigan insonni tasavvur qilamiz.
Uning aynan qanday salbiy xarakterlarga, nuqsonlarga ega ekanligini bilib olamiz
hamda bunday inson bo‘lmaslikka harakat qilamiz. Asarni o‘qir ekanmiz salbiy
qahramonlarga
nisbatan nafratimiz oshib, ularning ta’sirida aziyat chekkan
qahramonlarga nisbatan achinish hissi paydo bo‘ladi.
O‘ktam Usmonov
“Izlar” hikoyasida o‘z hayot yo‘lini doimiy yomonliklar
yo‘li
bilan yurib borgan, qiyinchilik davrida xalqiga,
millatiga yordam berish
o‘rniga ularni qiynab huzurlangan, aniqrog‘i umri davomida bosib o‘tgan
yo‘llaridagi izlar yomonlik tamg‘alari bilan bosilib qolgan izlardir.
Endi uni
ko‘pchilik yomon xotiralar bilan eslar, yig‘lamasdan balki uning o‘limidan xursand
bo‘lardi. O‘ktam
Usmonov “Izlar” hikoyasida ham boshqa hikoyalari kabi or-
nomus masalasini o‘rtaga tashlagan.
Umar Xayyom aytganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: