Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Afsus, umr behuda bo‘lmishdir barbod
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sa’diy Sheroziyning
Afsus, umr behuda bo‘lmishdir barbod,
Bo‘lmadim xaromdan bir nafas ozod, 27 Buyurganin qilmay yuzim qarodir. Amringdan tashqari ishlaringdan dod 1 !-, Haqiqatdan ham Pirishboy yaxshilik yo‘lidan yurmadi. Undan faqat yomon xotiralar bilan eslanadigan izlar qoldi. Shuning uchun ham asar nomi “Izlar” deb nomlangan. Sa’diy Sheroziyning go‘zal misralarga yo‘g‘rilgan, xalqchil, tushunarli, ravon, hammaga hush yoquvchi ruboiylaridan birida shunday degan ekan: Esingdami sen tug‘ilgan on, hamma shodon edi sen esa giryon, Shunday yashaginki, ketar chog‘ingda hamma giryon qolsin, sen ketgil shodon 2 . Xuddi shunday deya O‘ktam Usmonov ham har birimizni bizga berilajak bu bir kam dunyoda doimo yaxshiliklar qilishga, o‘zgalarga qo‘ldan kelgancha yordam berishga, aldamchilik, tovlamachilik qilmaslikka undab, janjal chiqarib inson sharafini pastga urishni qattiq qoralagan va har birimizni bunday salbiy illatlardan uzoq bo‘lishimizni ta’kidlagan. Berdiqul tug‘ilganida yaqinlari bu jajjigina chaqaloqni qo‘liga olib go‘zal ism qo‘yib, suyib erkalab, uning tug‘ilganidan shodlangan edi, lekin o‘lganida esa odamlar giryon qolib, uning shodon ketishi o‘rniga buning aksi bo‘ldi. O‘ktam Usmonov hikoyada Pirishboyning tobutini mozorga olib borishda faqatgina yetti kishi borganini, ular ham qisqagina fotiha o‘qib darrov ortilariga qaytganini ta’sirli holda tasvirga oladi. Obrazning xarakter-xususiyatlarini ham hattoki, shu qismda ko‘rishimiz, unda ko‘proq salbiylik borligini bilishimiz mumkin. Pirishboy qilgan ishlari uchun jazo o‘tab kelgan bo‘lsada, yana eski qiliqlarini qilar, bu qilmishlari tufayli g‘ururi poymol bo‘lib shu yoshida choyxonada yugurdaklik qilib yuradi. Bundan uning qalbida tovba qilish, o‘tmishidan xulosa chiqarish, oxiratni o‘ylash xislari yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. 1 Umar Xayyom. Ruboiyot. Library. Ziyo net. Uz/ 2 Sa’diy Sheroziy. Guliston. –Moskva:, Matbuot davlat komiteti, 3-bosmaxona. 1959-yil, 78-bet. 28 O‘ktam Usmonov hikoyaning so‘ngini tasirli bo‘yoqlarda yakunlagan: “…Mana, endi o‘sha Pirishboy o‘libdi. Go‘rining ustiga bitta tosh ham qo‘yib ketishdi. Aslida odamga tushgan nomus tamg‘asi ham mana shu qabr toshiga o‘xshab, bir qo‘yildimi – boshqa olinmaydi. Tosh hikoyada ramziy ma’no sifatida olib kirilgan. E’tibor bersak, to‘ylarga borganimizda kuyov kelinni yor- yor sadolari ostida o‘z xonadoniga olib ketar ekan ularning ortidan kelinning amma, xolalari tosh otishadi. Bu kelinning borgan joyida toshday qotishini, kuyov bilan baxtli hayot kechirib, o‘z-o‘zidan tinib-tinchib ketishini niyat qilinib otilgan tosh hisoblanadi. Lekin inson bu dunyodan o‘tar ekan, narigi qabrida tinch yotsin degan ma’noda bo‘lsa kerak qabri ustiga tosh qo‘yiladi. Muallif aytganidek, Pirishboyning nomusiga tamg‘a bo‘lib tushgan isnod ham uning qabri ustiga tushgan toshday, chunki ularning ikkovini ham olishning iloji yo‘qdir. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling