Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


O‘KTAM USMONOV ASARLARI POETIKASI


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

O‘KTAM USMONOV ASARLARI POETIKASI 
REJA 
KIRISH
I BOB. O‘KTAM USMONOV HIKOYALARIDA XARAKTER VA MILLIY 
RUH  
1.1. O`ktam Usmonov hikoyalarida qahramon obrazi masalalari. 
1.2. Adib hikoyalarida xarakter muammosi. 
II BOB. HIKOYALARDA BADIIYLIK VA HAYOTIY TALQIN
2.1.Adib hikoyalarida ijtimoiy muhit varamziylik 
2.2. Yozuvchining hikoyalarda so‘z tanlash va qo‘llash mahorati 
III BOB. ADABIY TA’LIMDA O‘KTAM USMONOV IJODINI 
MUAMMOLI METOD ASOSIDA O‘RGATISH 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I BOB. O‘KTAM USMONOV HIKOYALARIDA XARAKTER VA 
MILLIY RUH 
1.1. O`ktam Usmonov hikoyalarida qahramon obrazi masalalari 
Shunday ijodkorlar bo‘ladiki, ularning hayoti va ijodi, asarlari bilan 
yaqindan tanish bo‘lmasak ham, lekin asarlariga ko‘zimiz tushib o‘qiganimizda 
katta bir adabiy olamga tushib qolgandek bo‘lamiz. Ularning hikoyalarida o‘zimiz 
va atrofimizdagi taqdirlar hayotini ko‘rgandek bo‘lamiz so’ngra ana shu 
yozuvchining ijodlariga qiziqib, asarlariga bog‘lanib qolamiz. O‘z mahoratlari 
bilan adabiyot olamiga sezilarli hissa qo‘shgan bunday yozuvchilarsiz milliy 
adabiyotning taraqqiyot yo‘lini tasavvur qilish nihoyatda qiyin. O‘zbek 
adabiyotining taniqli namoyandasi, o‘ziga xos ovoz sohibi O‘ktam Usmonov ana 
shunday siymolardan. O‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek hikoyachiligi haqida so‘z 
yuritilar ekan, O‘ktam Usmonov nomini alohida qayd etishimiz zarur.
“Badiiy asar – insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni 
birinchi galda inson sifatidagi o’y-fikrlari bilan yoritishi lozim”.
1
Jumladan, 
hikoya-o’quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. “Hikoya 
yaratishda hech qachon hajm ahamiyatli emas. Kichik hajmli hikoyada ham butun 
bir davr muammolari va davr ruhiyati yoritilishi mumkin. Shu boisdan ham hozirgi 
adabiy jarayonda barcha janrlar kabi hikoya ham o’z o’rnini topayotgani kunday 
ravshan. Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan 
iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan’anaviy 
ko’rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o’ziga xos milliy xarakterlarni 
adabiyot maydoniga olib kirdi”
2.
Shunday siymolardan biri 50-60-yillarda samarali 
ijod qilgan O’ktam Usmonovdir. 
Bu davrda mamlakat hayotida, moddiy va ma’naviy turmushda jiddiy 
o’zgarishlar va yangiliklar bo’ldi. Bular, hech shubhasiz, stalinizmning qulashi 
bilan bevosita bog’liqdir. Darhaqiqat, Stalin vafot etgach, 50-yillarning o’rtalariga 
kelib, shaxsga sig`inish illati keskin qoralandi, uning zararli oqibatlarini tugatish 
1
Белинский В.Г. Adabiy orzular. – T.:Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987-yil, 11-bet. 
2
G.Sattorova.”90-yillar o’zbek hikoyachiligi va milliy xarakter muammosi”, -T.: 2002-yil, 3-bet. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling