Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat”
“Birovga qolgan kuning” hikoyasi qahramoni Fattoh O‘lmasboev o‘z
kasbidan bezigan, jon og‘rig‘i tufayli doktorlardan madad kutgan obraz sifatida gavdalantirilgan. Hikoyaning boshlanishidagi tasvirlar Fattoh O‘lmasboevning ish joyida sodir bo‘lgan voqealar tasviri bilan boshlangan. Sababi bir vaqtlar barcha vaqtini, xattoki jonini shu kasbi uchun fido qilishga tayyor turgan Fattoh O‘lmasboev bugun oilaviy muammolar, hamda sog‘ligi tufayli barchaning dardini eshitaverib o‘z dardiga darmon topolmayotganidan ishini, ishxonasini barcha- barchasini ko‘rishga ko‘zi qolmaydi. Yangi ishga joylashgan vaqtlarda navbatda turgan odamlarning arzlarini qancha ko‘p bo‘lmasin shunchalik eshitar, ularga qo‘ldan kelgancha yordam berardi. Ammo oiladagi muammolar, ayoli bilan oddiygina bir narsa ortidan bo‘lgan tortishuvlar ham uni o‘ychanlikka, sog‘ligining yomonlashuviga ham olib keladi. Shuncha yillar barchaning dardiga chora topib kelayotgan Fattoh O‘lmasboev endi ishidan sovigan har narsaga bahona qilib bu mening ishim emas, bu mening qo‘limdan kelmaydi, boshqa joyga murojat qiling deya ko‘mak so‘rab kelganlarni quruq qaytarardi. Endi esa sog‘ligi yomon bo‘lganida hech kim uning joniga ora kirmas, dardini olmas, hattoki doktorlar ham unga yordam bera olmasdi. Yillab oldiga yordam so‘rab kelganlardan o‘z ko‘magini ayamagan insonga hech kim yordam bera olmasdi. Vaqti yetib xuddi o‘zgalarni o‘zidan mosuvo qilgandek, bugun Fattoh O‘lmasboev ham shifokorlardan najot kutib bir ilinj ololmagan qahramondir. 11 Xuddi shunga o‘xshash holatni biz Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” asarida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu asarda mittigina go‘dak turli dori-darmonlar tufayli sog‘ligi og‘irlashib qoladi. Aslida uning sog‘ligi unchalik yomon bo‘lmasa- da, shifokorlarning loqaytligi sababli og‘ir holga keltirib qo‘yiladi. Yusufjonning o‘g‘limni boshqa shifoxonaga olib boraman deyishiga qaramay shifokorlar bolani o‘sha yerda olib qolishlari ham bolaning ahvolini yomonlashuviga olib keladi. Lekin aslida doktorlar har kuni “Muhammadjonning dardiga shular da’vo bo‘ladi”,- deya yozib berilgan dorilarning birontasi ham ochilmay, tortmada tahlanib turardi. “Mansur va uning ikki tanishi-oppoq xalatlardagi haligi shifokorlar Muhammadjonning shundoq bosh tomonida bir-birlariga latifa aytib kulishardi. Yusuf umrida bundan xunukroq, bundan jirkanchroq manzarani ko‘rmagandi 1 . Haqiqatdan ham ikkala asarda ham o‘z kasbiga mehr bilan qaramagan, fidoyilik ila yondoshmagan kasb egalarini ko‘rishimiz mumkin. O‘g‘li o‘lganiga chidolmagan Yusuf ham muvozanatdan chiqib ketganidek, barchasidan charchagan Fattoh O‘lmasboev ham o‘z muvozanatini yo‘qotgan kishilardan sanaladi. Chunki uning hayot sinovlariga bardosh berolmay tubdan o‘zgarib qolishi shunga sabab bo‘ladi. O‘ktam Usmonov hikoyada hayotdagi va inson tabiatidagi turli-tuman nuqsonlarni tanqid etgan. Hikoya qahramoni boshida yaxshi ishlar, o‘z kasbiga mehr bilan yondashar edi, lekin keyinchalik aqli ko‘p narsaga yetmaydigan insonlarning arz-dodlarini eshitish uning g‘ashiga tegadigan bo‘lib qoladi, hamda hamma narsada hattoki lavozimining oshmasligida ham shu odamlar sababchi deb o‘ylaydi. Huddi “Muvozanat” asari singari u ham doktorlar qo‘ygan tashhislardan, yozib bergan dori-darmonlaridan da’vo topolmay, qaytanga ahvolining yomon tomonga siljishidan qo‘rquvga tushib qoladi. Yozuvchi qahramonning tilidan uning o‘z manfaatini ko‘zlovchi shaxs ekanligini ko‘rsatib bergan. Xattoki tartibsizlikni xush ko‘ruvchi bu inson o‘z xatti- harakatlari bilan ishxonadagi kotiba ayolni ham sarson qiladi. Ba’zi o‘rinlarda 1 Ulug’bek Hamdam. Muvozanat.- T.: “Sharq” nashriyoti. 2007-yil, 150-bet. 12 uning ishiga mas’uliyat bilan yondoshganligini ko‘rsak, keyinchalik esa o‘z izzat- nafsini o‘zgalar hayotidan ustun qo‘ygan insonni ko‘rishimiz mumkin. Kitobxon hikoya boshida Fattoh O‘lmasboevning salbiy tomonlarini o‘z hayoliga singdirib boradi va unda salbiylik qirralarining borligiga amin bo‘ladi, hikoya so‘ngida esa qahramonning ko‘makka muhtoj holda berilgan tasviridan unga ich-ichidan ko‘ngli achiydi. “Badiiy asar-insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi galda inson sifatidagi o`y-fikrlari bilan yoritishi lozim”. Jumladan, hikoya- o`quvchini qahramonga ruhan yaqinlashtiradigan janr sanaladi. Hikoya yaratishda hech qachon hajm ahamiyatli emas. Kichik hajmli hikoyada ham butun bir davr muamolari va davr ruhi yoritilishi mumkin. Shu boisdan ham hozirgi adabiy jarayonda barcha janrlar kabi hikoya ham o`z o`rnini topayotgani kunday ravshan. “Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan’anaviy ko`rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o`ziga xos milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga olib kirdi.” 2 O’ktam Usmonovning “Charxchi” hikoyasida hamin qadar kun kechirayotgan, Vatan urushining ham ruhiy, ham jismoniy nogironi, jabrdiyda “dedushka”ni, hamda xalqning ahvoli nochor bo’lgan davr manzaralarini ham ko’rishimiz mumkin. Hikoya yoshgina, o’yinqaroq Akramjon tomonidan aytib boriladi. Charxchi obrazida ayni umrining gulgun davrida oilasi, ya’ni bittayu bitta farzandi hamda ayolidan ayrilgan, urush nogironi, mehnatkash hunarmand sifatida tasvirlangan. Uning ismi aytib o’tilmagan, hech kim unit animas shuning uchun unga hamma “dedushka” deb murajaat qilar edi. U qo’lidagi hunari orqali non topar, birovga ziyoni yetmas, balki qilgan mehnatiga ham arzimasgina narsa so’rardi. U o’ziga begona bo’lgan joylardan yurar, go’yo Vatansiz insondek yashardi. O’sha bo’lgan 2 D.Xolmatov. Hikoyalarda davr va qahramon masalasi, www.scientificprogress.uz . Volume 2l ISSUE 6-2021. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling