Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Download 244.84 Kb.
bet12/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

24. Божхона божлари турлари
Таянч иборалар: божхона божларининг вазифалари, адвалор божлар, махсус божлар, транзит божлар, демпинга қарши божлар
Bojxona bojlarining mohiyati va ko‘rinishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyotida tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga
solishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bojxona bojlari hisoblanadi. Bojxona
boji iqtisodiy mohiyati jihatidan tovar davlat chegarasidan o‘tayotganda olinadigan
maxsus pul yig‘imi, soliqni bildiradi.
Bojxona bojlari ko‘rinishlarining turli-tumanligi ularning tovar oqimlarini
tartibga solish jarayonida bajaradigan funksiyalarining nihoyatda keng ko‘lamliligi
bilan izoxlanadi. Eslatib o‘tamiz, bojxona bojlarini joriy etishdan asosiy maqsad:
byudjetning daromad qismini ko‘paytirish va «nohalol» raqobat bilan kurashishdir.
Shuning uchun ham savdoga ta’sir o‘tkazishning bu usulidan hozirgi kunda
jahonning yuzdan ortiq mamlakatida foydalaniladi.
Tovar oqimlarining yo‘nalishiga bog‘liq ravishda import, eksport va tranzit
bojlari mavjud.
Import bojlarini joriy qilish milliy kompaniyalar (rezidentlar)ga ishlab
chiqarishni kengaytirish imkoniyatini beradi, chunki ular jahon bozoridagi o‘rtacha
darajaga nisbatan yuqoriroq xarajatlar bilan mahsulot ishlab chiqarish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda eksport bojlari ancha kam qo‘llaniladi. Ulardan deyarli barcha

rivojlangan mamlakatlar voz kechishgan, chunki ularni joriy qilish jahon
bozoridagi keskin raqobat sharoitda eksportning qimmatlashishiga olib keladi.
Tranzit bojlar mamlakat hududini kesib o‘tuvchi tovarlardan olinadi va tranzit
yig‘imlar ko‘rinishiga ega.
Bojxona bojiga tortishning ikkita asosiy usuli mavjud:
Maxsus, bunda boj miqdori tovarning og‘irligi, hajmi miqdori birligidan
belgilangan summa sifatida o‘rnatiladi (masalan, avtomobil dvigatelining 1 sm kub
dan).
Advalor (lot. - ad valorem - qiymatdan), bunda bojxona boji sotuvchi
tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko‘rinishida aniqlanadi.
Bundan tashkari tashki savdo amaliyotida bojlarni xisoblashning
kombinatsion usuli mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, malum bir bojxona
tashkiloti vaziyatdan kelib chiqqan xolda maxsus va advalor orasidagi usulni
mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega buladilar.
Bojxona boji o‘rnatishning u yoki bu usulini tanlash tovar guruhi tabiatiga
bog‘liq Xomashyo tovarlariga odatda birinchi usul qo‘llaniladi, eksport bojlariga
kelsak, ular ham odatda maxsus usuldan foydalangan holda o‘rnatiladi. Advalor
usuldan foydalanish, mashinasozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar, ya’ni yuqori
darajada differensiatsiyaga ega buyumlar importida qulay hisoblanadi. Hozirgi
paytda bu usul hissasiga barcha bojxona yig‘imlarining 80 foizidan ko‘progi to‘g‘ri
keladi. Savdo aloqalaridagi mamlakatlar bir-biri bilan turli shartnoma
munosabatlarida bo‘lganligi uchun import bojlari: preferensial (maxsus imtiyozli)
boj, shartnomaviy (minimal) boj va asosiy (jahon bozori uchun maksimal darajada
mumkin bo‘lgan) bojlar bo‘lishi mumkin

Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling