18. Тармоқ ичидаги савдо ва тармоқлараро савдонинг фарқлари
Таянч иборалар: дифференциаллашган маҳсулот, гомоген маҳсулот, кесишувчи талаб, истеъмолчилар дид-хоҳишидаги фарқлар, кенг кўламлилик иқтисоди
Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari
Tarmoq ichidagi savdo – bu mamlakatlar o‘rtasida bir tarmoqning
differensiyalashgan mahsulotlari bilan savdo qilishidir Tarmoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen
mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoq ichidagi savdo asosan differensiyalashgan tovarlar bilan amalga
oshadi, ba’zi vaziyatlarda gomogen tovarlar bilan ham amalga oshishi mumkin.
Bunga sabab sifatida transport xarajatlarini qisqartirish va mavsumdagi farq
bo‘lishi mumkin. 1 va 2 mamlakatlarda bir tovarni ishlab chiqaruvchilar (S, S') va
iste’molchilar (D i D') jug‘rofiy jihatdan rasmdagidek joylashgan. SD' masofa D'S'
masofadan sezilarli darajada qisqa bo‘lganligi sababli ikkinchi mamlakat uchun
tovarni o‘z ishlab chiqaruvchisidan sotib olishga ko‘ra xorijdan import qilish
foydaliroq bo‘ladi.
Shimoliy va janubiy yarim sharda yil fasllari turli paytga to‘g‘ri keladi, ya’ni
Braziliya o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘im paytida AQSHga
eksport qiladi va AQSHda yig‘im paytida AQSHdan sotib oladi.
Differensiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi savdoni sabablari
quyidagilar:
- Iste’molchilar istak va xohishlari har xil;
- Kesishuvchi talab;
- Keng ko‘lamda ishlab chiqarish effekti
19. Тармоқ ичидаги савдо қандай ўлчанади?
Таянч иборалар: экспорт ҳадми, импорт ҳажми, тармоқ ичидаги савдо индекси, дифференциаллашган маҳсулот, халқаро савдо
Do'stlaringiz bilan baham: |