Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Леонтьев парадоксининг моҳиятини тушунтириб беринг


Download 244.84 Kb.
bet6/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

12. Леонтьев парадоксининг моҳиятини тушунтириб беринг.
Таянч иборалар: эмпирик тестлар, капитал ортиқча мамлакат, меҳнат ортиқча мамлакат, экспорт, импорт.
Leontev paradoksi (Leontief paradox) - bu Xeksher-Olinning ishlab
chiqarish omillari nisbiy nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob
mamlakatlarning kapital sig‘imli, kapital serob mamlakatlarning mehnat
sig‘imli tovarlarni eksport qilishidir. O‘sha paytda etakchi bo‘lgan yondashuvning inkor etilishi uning
tushuntirilishini talab qilardi. Munozaralar Xeksher-Olin nazariyasi to‘g‘ri,
Leontev tomonidan olingan natijalar noto‘g‘ri ekanligini isbotlashga harakatlar
doirasida bo‘ldi. Leontev paradoksiga qarshi keltirilgan ba’zi dalillar quyidagilar:
Ishchi kuchini malakali va malakasiz ishchi kuchi guruhlariga ajratish kerak
hamda eksport tovarlarga sarflangan xarajatlarni har ikki guruh uchun alohida
hisoblash kerak.
AQSH qazib olinishida katta miqdorda kapital xarajatlarini talab qiluvchi
xomashyoni ko‘p hajmda import qiladi. Shuning uchun AQSHning eksport
tovarlari katta hajmdagi kapital sig‘imli xomashyoni talab qiladi, bu esa eksportni
kapital sig‘imliga aylantiradi.
Leontev testi AQSHda mavjud bo‘lgan import tariflarini inobatga olmagan,
bu tariflar AQSH sanoatining mehnat sig‘imli tarmoqlarini xorijiy raqobatdan
himoyalash uchun joriy qilingan, natijada mehnat sig‘imli tovarlar importiga to‘siq
qo‘yilgan.
13. Халқаро савдонинг стандарт моделини асосий белгиларини айтинг.
Таянч иборалар: ўсиб борувчи ўрни қоплаш харажатлари, чегаравий трансформация меъёри, чегаравий ўрнини қоплаш меъёри, ишлаб чиқаришнинг максимал ҳажми, қўшимча бир бирлик товар
Xalqaro savdoning standart modeli
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy ta’limot
tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratgan,
talabga esa yetarli darajada e’tibor berilmagan. Biroq barchaga ma’lumki, jahon
bozorida tovarlar taklifi talabga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun ham zamonaviy
xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek e’tibor beradi. U oldingi
mavzularda ko‘rib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero
qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga ko‘proq
e’tibor qaratilishi lozimligiga bog‘liq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham
analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida
keltirilgan modellar ma’lum ma’noda jahon iqtisodiy ta’limoti tomonidan tan
olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida
xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning
xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
Talab va taklif muvozanatining neoklassik postulatlariga asoslangan xalqaro
savdoning standart modeli juda ko‘plab iqtisodchilar-neoklassiklar harakatlarining
qo‘shilishi samarasidir, bu iqtisodchilar jamiyat miqyosidagi jami talabga alohida
e’tibor karatishgan. Standart modelda foydalaniladigan asosiy tushunchalar turli
yillarda irland iqtisodchisi Frensis Edjuort va kelib chiqishi Avstriyalik bo‘lgan
amerikalik iqtisodchi Gottfrid Xeberler tomonidan kiritilgan.
Klassik modellar talab va taklifdan chegaralangan doiradagi ma’lum bir
tovarlar uchun foydalanilgan. Standart model esa bu doirani jami talab va
taklifgacha kengaytirdi. Standart model bizga umumiy iqtisodiy nazariyasidan
ma’lum bo‘lgan hamda haqiqiy iqtisodiy vaziyatlarga ko‘proq mos keluvchi
o‘rnini qoplash xarajatlarining ortib borishi to‘g‘risidagi qonuniyatiga tegishli
daslabki shartlardan kelib chiqadi


Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling