Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Download 244.84 Kb.
bet1/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома


ЖИ ва ХИМ” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


1.  “Жаҳон иқтисодиёти ва ХИМ” фанининг предмети
Таянч иборалар: очиқ иқтисодиёт, халқаро меҳнат тақсимоти, илмий техникавий инқилоб, жаҳон бозори, экспорт, импорт
Jahon iqtisodiyoti - bu jahon xo‘jaligi yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy
iqtisodiyotlar yig‘indisidir. Bugungi kunda jahonda 200 ortiq mamlakatlar bo‘lib
har biri o‘z milliy iqtisodiyotiga egadir. Barcha mamlakatlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasi va bozor iqtisodiyoti islohotlarini olib borish xususiyatlariga
ko‘ra: rivojlangan, rivojlanayotgan va iqtisodiyoti o‘tish davriga xos mamlakatlar
guruhiga bo‘linadi.
Jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ektlari bo‘lib milliy iqtisodiyotlar,
transmilliy korporatsiyalar, integratsion birlashmalar va xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti -
jahon xo‘jaligi yaxlit tizimini tashkil etuvchi milliy iqtisodiyotlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish xusususiyatlari va tendensiyalari hamda ushbu mamlakatlar o‘rtasida
amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar shakllarini o‘rganish hisoblanadi.
2. Жаҳон бозори тузилмаси ва халқаро савдонинг асосий кўринишлари
Таянч иборалар: халқаро товар ва хизматлар савдоси, халқаро капитал ҳаракати, халқаро валюта муносабатлари, халқаро ишчи кучи миграцияси, халқаро ахборот-технологиялар савдоси


3. XXI аср бўсағасида халқаро савдонинг ривожланиш хусусиятлари
Таянч иборалар: очиқ иқтисодиёт, ҳудудий иқтисодиёт, ТМК, жаҳон бозори, ахборотлар иқтисодиётининг шаклланиши
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda “Erkin savdo” va
“Ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi
konsepsiya A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika
iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab
chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o‘zaro almashuvining erkin
harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida bo‘lib “erkin savdo”
tezisidan kengroq tushunchadir.
Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan
tashqari o‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq
iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining ob’ektiv
tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu –
jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir.
Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari,
axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada
ochiqligini nazarda tutadi.
Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir:
- ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining
chuqurlashishi;
- resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash;
- xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi;
- jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab
chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi.
Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil
narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazoratsizlik
va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning
aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning
sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutloq
(absolyut) ochiqligi yo‘q.

Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling