Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари


Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar


Download 244.84 Kb.
bet4/28
Sana02.02.2023
Hajmi244.84 Kb.
#1147913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома

Mutloq ustunlik nazariyasi — mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar
bilan ishlab chiqaradigan (ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan)
28
tovarlarni eksport qiladi va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan
ishlab chiqariladigan (ishlab chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka
ega bo‘lgan) tovarlarni import qiladi

9. Нисбий устунлик қонунига таъриф беринг. Савдодаги нархлар нисбати бу қонунга мувофиқ қандай аниқланади?
Nisbiy ustunlik nazariyasi
Adam Smit nazariyasiga ko‘ra, ishlab chiqarish omillari mamlakat
ichkarisida to‘liq harakatchan, ya’ni ular yukori mutlak ustunlikka ega bo‘ladigan
hududlarga bemalol ko‘chib o‘ta oladi. Ertami kechmi ishlab chiqarish
omillarining ko‘chib o‘tishi natijasida bir hududning boshkasidan ustunligi
yo‘kolib boradi va omillardan keladigan foyda barobarlashib boradi. Demak o‘zaro
savdo to‘xtab kolishi kerakdek tuyuladi. Birok David Rikardo mutlaq ustunliklar
nazariyasini rivojlantirdi va ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro savdo ularning xech
biri ma’lum bir tovarni ishlab chiqarishda mutlak ustunlikka ega bulmaganda ham
foydali bulishini kursatib berdi.
Mutlaq ustunlik nazariyasidagi kabi ma’lum bir farazlardan kelib chiqib,
nisbiy ustunlik nazariyasi muqobil narx yoki boshqacha qilib aytganda o‘rnini
qoplash xarajatlari (narxi) tushunchasidan foydalaniladi. Muqobil narx ikki
tovarning ularni ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti orqali ifodalangan
narxlarini solishtirishni aks ettiradi (1 birlik tovar ishlab chiqarishga 2 soatlik
mehnat sarflangan). O‘rnini qoplash xarajatlari ma’no jihatidan muqobil narxga
deyarli mos keladi, farqi shundaki, bunda mehnat sarfiga teskari miqdorlar – vaqt birligida ishlab chiqarilgan tovar birliklari solishtiriladi (1 soat vaqt birligida 1/5
birlik tovar ishlab chiqarilgan).
@ Muqobil narx (opportunity cost) - bir birlik tovarni ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan ish vaqtining boshqa bir birlik tovarni ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan ish vaqti bilan ifodalanishidir.

Nisbiy ustunlik nazariyasi - agar bir mamlakat boshqa mamlakat bilan
solishtirganda nisbatan kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara oladigan
tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashsa ularning birida ishlab chiqarish
boshqasiga nisbatan mutlaq samaraliroq bo‘lishidan qat’iy nazar o‘zaro savdo
har ikki mamlakat uchun foydali bo‘ladi

Таянч иборалар: нисбий устунлик, муқобил нарх, ишлаб чиқариш харажатлари, экспорт, импорт



Download 244.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling