Жи ва хим” фанидан иктисодиёи таълим йўналиши талабалари учун якуний назорат саволлари
Ишлаб чиқариш омиллари нисбати назарияси негизида қандай дастлабки постулатлар ётади?
Download 244.84 Kb.
|
ЖИ ва ХИМ ОН ва ЯН саволнома
10. Ишлаб чиқариш омиллари нисбати назарияси негизида қандай дастлабки постулатлар ётади?
Таянч иборалар: Хекшер-Олин теоремаси, меҳнат смамлакат, капитал сиғимли мамлакат, ишлаб чиқариш омилларининг нисбий қиймати, нисбий устунлик Ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi nazariyasi xalqaro savdo uchun asos sifatida bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ikki teorema ko‘rinishida ifodalanishi mumkin: Xeksher-Olin teoremasi va ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi teoremasi. Xeksher-Olin teoremasi (Heckscher-Ohlin Theorem) - har bir mamlakat o‘z ishlab chiqarishlarida nisbatan katta hajmga ega bo‘lgan omillarni talab etuvchi mahsulotlarni ustun darajada ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashadi, binobarin, bu mamlakatlar milliy xo‘jalik nuqtai nazaridan nisbatan kamchil omillar bilan ta’minlangan tovarlarni import qiladilar @ Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi (factor price equalization theorem) (Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi) - xalqaro savdo olib boruvchi mamlakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarini muvozanatlashuviga olib keladi 11. Товарлар омил интенсивлиги ва мамлакатда омил ортиқчалиги индексларига таъриф беринг. Таянч иборалар: меҳнат сиғимли мамлакат, капитал сиғимли мамлакат, ишлаб чиқариш омилларининг нисбий қиймати, нисбий устунлик, ишлаб чиқариш имкониятлари Ishlab chiqarish omillari nisbiy nazariyasi Nisbiy narxlardagi farq mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan notekis ta’minlanganligi bilan tushuntiriladi degan g‘oyani ilgari suruvchi xalqaro savdo nazariyasi ham mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyalari kabi bir qator gipotezalarga asoslangan. Ishlab chiqarish omillari nisbiy nazariyasi ishlab chiqarish omillari, bozor, ishlab chiqarish, tovarlar tabiatiga o‘ziga xos munosabat jihatidan gipotezalarga asoslangan. Bu gipotezalarning ko‘pchiligidan mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyalarida ham foydalanilgan. Farqi shundaki, ishlab chiqarish omillari nisbiy nazariyasida avvalgidek ikki mamlakat va ikki tovar bo‘lsa-da, tovarning biri mehnat sig‘imli, ikkinchisi kapital sig‘imli bo‘lib, ishlab chiqarish omillari ham ikkita: mehnat - L hamda kapital - K. Bundan tashqari har ikki mamlakat ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmagan. Mehnatning qiymat nazariyasi inkor etilmaydi, faqatgina qiymatning yaratilishida mehnatdan tashqari boshqa ishlab chiqarish omillari ham ishtirok etadi, degan fikr bilan to‘ldiriladi. Ayni paytda mamlakat u yoki bu tovarga to‘liq ixtisoslashmaydi va har ikki mamlakatda texnologiya bir xil. Shunday qilib, ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasidagi asosiy gipotezalardan biri alohida olingan tovarning mehnat yoki kapital sig‘imliligi hamda mamlakatlarning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi hisoblanadi. Omillar intensivligi (factor intensity) - ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini belgilovchi ko‘rsatkich. 2-tovar 1-tovarga nisbatan kapital sig‘imliroq hisoblanadi, agar bu tovarni ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va kapital xarajatlari nisbati 1-tovarga sarflangan xuddi shu xarajatlar nisbatidan ko‘proq bo‘lsa, ya’ni: (K2/L2) > (K1/L1) Omillar serobligi (factor abundance) - mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilovchi ko‘rsatkich Download 244.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling