Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U
Download 27.8 Kb.
|
OXTA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘T PUFAGI VA O‘T YO‘LLARI
Limfaning oqib ketishi. Jigarda yuza va chuqur olib ketuvchi limfa tomirlari
farq qilinadi. Jigar yuqori yuzasining yuza olib ketuvchi limfa tomirlari va jigar venalarini kuzatib boruvchi chuqur tomirlar asosan ko‘krak bo‘shlig‘idagi limfa tugunlariga, jigarning boshqa olib ketuvchi tomirlari esa qorin bo‘shlig‘idagi tugunlarga quyiladi. Jigarning ko‘krak bo‘shlig‘iga kiruvchi limfa tomirlari diafragmani teshib o‘tadi va diafragmadagi yoriqlar (diafragmaning to‘sh va qovurg‘a qismlari orasida) va tomirlar teshiklari (aorta teshigi, pastki kavak vena teshigi) orqali o‘tadi. Ko‘krak bo‘shlig‘ida jigarning olib ketuvchi limfa tomirlari qovurg‘aaro, diafragma (perikard oldi) va orqa ko‘ks oralig‘i (qizilo‘ngach oldi) tugunlariga quyiladi O‘T PUFAGI VA O‘T YO‘LLARI O‘t pufagi yoki o‘t qopi qorinning old-yon devorida X qovurg‘alarning oxirini tutashtiruvchi chiziq va linea parasternalis dextra kesishgan nuqtasiga akslanadi. Jigarning o‘lchami va joylashgan o‘rniga qarab, o‘t pufagi linea medioclavicularis dextradan ichkari tomonga ham akslanishi mumkin. Agar o‘t pufagi o‘t suyuqligi bilan to‘lgan yoki uning ichidagi toshlar bilan kengaygan bo‘lsa, bu holda u qorin devoriga qovurg‘a yoyining pastki qismi bo‘ylab katta masofada tegib turadi. Bunday hollarda o‘t pufagi shu sohani perkussiya va palpatsiya qilish bilan aniqlanishi mumkin. O‘ng qovurg‘a yoyi va o‘ng qorin to‘g‘ri muskulining tashqi qirg‘og‘i hosil qilgan burchak o‘t pufagi tubining proyeksiyalanadigan joyi hisoblanadi. Qorin to‘g‘ri muskulining qirg‘og‘ini topish qiyin bo‘lgan hollarda, o‘ng qo‘ltiq chuqurchasining cho‘qqisidan kindikka chiziq o‘tkaziladi, odatda shu chiziqning o‘ng qovurg‘a yoyi bilan kesishgan nuq-tasi o‘t pufagi tubining aks-tasvirini bildiradi. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling