Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U
Download 27.8 Kb.
|
OXTA2
O‘t yo‘llari. O‘ng bo‘lakning ichki o‘t yo‘llari o‘ng jigar yo‘lini, chap
bo‘laginiki – chap jigar yo‘lini hosil qiladi. Bu o‘t yo‘llarining o‘zaro qo‘shilishi natijasida umumiy jigar yo‘li ( ductus hepaticus) hosil bo‘ladi. O‘ng jigar yo‘li, ko‘pincha, jigar darvozasida, ba’zan jigar parenximasida joylashadi. Odatda u o‘ng darvoza venasidan yuqorida va orqada joylashadi. O‘ng jigar arteriyasiga nisbatan u yuqorida, ba’zan undan orqada yotadi. O‘ng jigar o‘t yo‘li o‘t pufagi bo‘yinchasidan 1-2 sm orqada joylashgan. O‘ng jigar o‘t yo‘lining uzunligi o‘rta hisobda 0,7 sm ni, diametri 0,2-1,2 mm ni tashkil qiladi. Chap jigar o‘t yo‘li jigar to‘qimasidan tashqarida joylashib, aksari hollarda ko‘ndalang egatda, jigarning kvadrat bo‘lagi orqa qirg‘og‘ining orqasida yotadi. Darvoza venasining chap tarmog‘iga nisbatan u oldinda va ustida joylashadi. Uning uzunligi va diametri o‘ng jigar yo‘lnikidan kattaroq bo‘lib, ko‘proq magistral tuzilishiga ega. Umumiy jigar o‘t yo‘li darvoza venasi bifurkatsiyasi oldida o‘ng va chap jigar yo‘llarining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Umumiy jigar yo‘lining boshlanishi jigar kvadrat bo‘lagining pastki qirg‘og‘i o‘rtasidan 1-1,5 sm distal va 1 sm o‘ngda joylashadi Umumiy o‘t yo‘li (ductus choledochus) pufak yo‘lining umumiy jigar yo‘liga quyiladigan joydan pastda boshlanib, o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismiga, ko‘pgina hollarda uning o‘rtasiga yoki undan pastroqqa quyiladi. Uning uzunligi o‘rta hisobda 5-8, diametri 0,5-0,7 sm dir. Ductus choledochus o‘rta chiziqdan 3-4 sm tashqarida joylashib, o‘n ikki barmoq ichak bilan kesishgan joyida yoy hosil qiladi va tepadan pastga yo‘naladi. Umumiy o‘t yo‘lini 4 qismga bo‘lish ma’lum ahamiyatga ega. 1-qismi – pars supraduodenalis, o‘n ikki barmoq ichakning yuqori gorizontal qismining tepasida, jigar-o‘n ikki barmoq boylami ichida (uning o‘ng qirg‘og‘ida) joylashgan (186-rasm). Umumiy o‘t yo‘li bu qismining uzunligi 0,3 dan 3,2 sm gacha bo‘lib, xususiy jigar arteriyasining o‘ng tomonidan o‘tadi. Jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami ushlanganda, o‘t yo‘lini bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan osongina palpatsiya qilish mumkin. Umumiy o‘t yo‘lining 2-qismi - pars retroduodenalis, o‘n ikki barmoq ichak yuqori gorizontal qismining orqasida va pylorusdan 3-4 sm tashqarida o‘tadi. Bu yerda o‘t yo‘lidan chapda darvoza venasi, o‘ngda oshqozon-o‘n ikki barmoq arteriyasi joylashadi. 2-qismning uzunligi o‘rta hisobda 1,8 sm ga teng. Umumiy o‘t yo‘lining 3-qismi – pars retropancreatica oshqozon osti bezi boshchasining orqasidan yoki uning parenximasi orqali o‘tadi. Pars retropancreatica pastki kavak venaning o‘ng yonboshiga tegib turadi. U esa o‘t yo‘lidan chapda va orqada joylashgan. Bu yerda umumiy o‘t yo‘lini qiyshiq yo‘nalishda darvoza venasi kesib o‘tadi. 3-qismning uzunligi 2,9 sm. Umumiy o‘t yo‘lining 4-qismi o‘n ikki barmoq ichakning ichida joylashib, uzunligi 1,6 sm ga teng. U qiyshiq yo‘nalishda o‘n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismining orqa medial devorini uning o‘rta 1/3 ida teshib o‘tadi va o‘n ikki barmoq ichakning shilliq qavatidagi bo‘ylama burmaga ochiladi. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling