Jigar odam organizmining eng yirik ichki a’zolaridan biri hisoblanadi. U
Download 27.8 Kb.
|
OXTA2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon bilan ta’minlanishi.
Skeletotopiyasi. O‘t pufagi I-II bel umurtqasi sohasiga, uning bo‘yinchasi
ko‘pgina hollarda XII ko‘krak va I bel umurtqasi sohasiga akslanadi (183-rasm). Sintopiyasi. O‘t pufagidan yuqori va oldinda jigar, chapda – pylorus, o‘ng va pastda – yo‘g‘on ichakning jigar egriligi joylashadi. O‘t pufagining tanasi ko‘ndalangchambar ichakka, bo‘yinchasi o‘n ikki barmoq ichakning piyozchasiga, jigarning oldingi-pastki qirg‘og‘idan 3 sm chiqib turuvchi tubi esa qorinning oldingi devoriga tegib turadi. O‘t pufagi qorinparda bilan uch tomondan: pastdan va yon tomonlaridan o‘ralgan. O‘t pufagining tubi qorinparda bilan hamma tomondan o‘ralgan. Qorinparda o‘t pufagining muskul qavatidan yupqa fassiya va g‘ovak tolali biriktiruvchi to‘qima orqali ajralgan bo‘lib, u ayniqsa, jigarning visseral yuzasi va o‘t pufagi orasida yaxshi rivojlangan. G‘ovak biriktiruvchi to‘qima qavati o‘t pufagining tubidan uning bo‘yinchasi tomon asta ko‘payib boradi. O‘t pufagini jigardan oson ajratishni shu biriktiruvchi to‘qima mavjudligi bilan izohlash mumkin. O‘t pufagi bo‘yinchasining o‘t pufagi yo‘liga o‘tish joyi topografik-anatomik jihatdan ahamiyatga molikdir. O‘t pufagi yo‘li ustida pufak arteriyasi, orqasida bo‘lsa – o‘ng jigar arteriyasi yotadi. O‘t pufagi yo‘lidan ichkarida o‘ng va chap jigar o‘t yo‘llari joylashib, bu joylarda ularning qo‘shilishidan umumiy jigar yo‘li hosil bo‘ladi Qon bilan ta’minlanishi. O‘t pufagi pufak arteriyasi (a. cystica) orqali arterial qon oladi. U esa o‘ng jigar arteriyasidan boshlanadi. O‘ng jigar arteriyasidan boshlanadigan joyida pufak arteriyasini qidirib topishda ichki mo‘ljal bo‘luvchi Kalo uchburchagi ajratiladi. Bu uchburchakning yon devorlarini jigar o‘t yo‘li va o‘t pufagi yo‘li, asosini o‘ng jigar arteriyasi hosil qiladi. Uchburchak ichidan o‘ng jigar arteriyasidan boshlanuvchi pufak arteriyasi o‘tadi (186-rasm). Limfa o‘t pufagidan yig‘iladi va o‘t pufagi bo‘yinchasi sohasida joylashgan limfa tugunidan o‘tadi. Bu tugundan limfa o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qirg‘og‘i yaqinida, jigar-o‘n ikki barmoq ichak boylami asosiga, uning yonida joylashgan boshqa yirik kollektorga qarab oqib boradi. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling