2.5. Konstruksion materiallar korroziyasi
Metall va qotishmalarning korroziyasi. Korroziya deganda, metall yuzasining kimyoviy yoki elektr kimyoviy jarayonlar kechishi natijasida yemirilishi tushuniladi. Tarqalish xususiyatiga qarab korroziya yalpi va mahalliy turga bo‘linadi (1-rasm).
Yalpi korroziyafla qurilma sathi bir tekis yemiriladi. Bu nazariy jihatdan xavfsizroq korroziya hisoblanadi.
Mahalliy korroziyada yemirilish faqat ayrim uchastkalardagina yuz
berib, o‘sha yerdagina rivojlanadi. Mahalliy korroziyaning o‘zi 2 xil,
yarali va nuqtali bo‘ladi. Odatda, metall tarkibida boshqa jinslar
bo‘lganda, kavsharlangan yoki mexanik yuk og‘irligi ko‘p tushgan
joylarda, yirik zarrali tuzilishga
ega bo‘lgan qotishmalaming turli
uchastkalarida himoya qobig‘i
turli mustahkamlik va kimyoviy
chidam lilikka ega boTgan
qotishmalarda galvanik mikro-va
makro elementlar hosil boTishi
natijasida mahalliy korroziya
sodir boTadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |