Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet14/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Dolomitli o‘tga chidamli materiallarni olish uchun dolomit 1500— 1800°C haroratda kuydiriladi. Dolomitli buyumlarning o‘tga chidamliligi 1870—1920°C ga teng, 0,2 MPa yuk ostida 500—1600°C da deformatsiyalana boshladi. Termik barqarorligi jihatidan 10—20 marta haVoning issiqlik almashinuviga bardosh beradi.
Xrommagnezitli o‘tga chidamli materiallar magnezit kukuni va maydalangan xromitli jinslarni yuqori haroratda kuydirish yo‘li bilan olinadi. Buyumlarning o‘tga chidamliligi 2000°C dan past bo‘lmasligi kerak. Harorat keskin o‘zgaradigan va nordon toshqollar ta ’sir ko'rsatadigan sharoitda ularni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Magnezial o‘tga chidamli materiallarning qo‘llanishiga misol qilib natriy sulfatdan kuchli ishqoriy xususiyatga ega bo‘lgan sulfidni kuydirib ajratib olishda ishlatiladigan pechni ko‘rsatish mumkin. 0 ‘tga chidamlilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan materiallarga karborund SiC (o‘tga chidamliligi 2100°C), boridlar, nitridlar, karbidlar, d-elementlar silitsidlari (2500°C gacha), kremniy nitridi Si2N4 (3000°C gacha) kiradi. Ular metall o‘tkazuvchanlik xususiyatiga va yuqori suyuqlanish haroratiga ega.
Issiqlikdan izolatsiyalovchi materiallar sifatida issiqlik o‘tkazish qobiliyati sust va ish harorati chegarasida yetarli barqarorlikka ega bo'lgan moddalardan foydalaniladi. Bunday materiallarning issiqlik o‘tkazish
22

www.ziyouz.com kutubxonasi


koeffitsienti 0,3 W /(m *K) dan oshmasligi kerak. Issiqlikni izolatsiyalovchi materiallar kimyoviy ta’sirlarga chidamli, namlikni o'tkazmaydigan, imkon qadar yengil, arzon va qurilmalami korroziyadan saqlashi lozim.


Qurilmalarni montaj qilish va ta’mirlashda ishlatiladigan usulga qarab issiqlikdan izolatsiyalovchi materiallar 3 xil bo‘ladi: mastikali, o‘raydigan va mastikadan qoliplangan.
Mastikali materiallar kukun holda qo‘llaniladi, ularni suvga qorishtirib, xamirsimon bo‘tqa tayyorlanadi va u muhofazalovchi sirtga surkaladi. 0 ‘raydigan materiallar jumlasiga temir sim to‘r orasiga joylashtirilgan shisha va toshpaxta o‘ramlari kiradi. Mastikadan qoliplangan issiqlikni izolatsiyalovchi detallar ma’lum bir shakl (tuxum po‘choq, taxtacha, g‘isht va h.k.)ga ega bo‘lgan tayyor buyumlar holida ishlab chiqariladi.
Issiqlikni izolatsiyalovchi materiallar yuqori, o‘rtacha va past haroratlilarga bo‘linadi. Yuqori haroratli issiqni izolatsiyalovchi materiallarga asbest, diatomit, ko‘pik-beton va toshpaxta misol bo'lib, ular 450°C dan yuqori haroratda qo‘llaniladi:

    1. Past sifatli asbest va asbest chiqindilari.

    2. Diatomit (trepel) — tarkibida asbest, sluda yoki sement-shifer ishlab chiqarishdagi chiqindilar issiqlikni izolatsiyalovchi aralashmalarga qo‘shimcha sifatida qo‘shilib, g‘isht ko‘rinishida yoki kukun holida ishlab chiqariladi.




    1. Ko‘pik-beton sementga ko'pik hosil qiluvchi moddalar (emulsiya) qo‘shib suv bilan qorishtirish yo‘li bilan olinadi.




  1. Shlak-paxtaning mexanik mustahkamligi past bo‘Iganligi uchun undan faqat qoplanadigan va kuydiriladigan jihozlar olishda foydalaniladi.




  1. ‘rtacha harorati issiqlikni izolatsiyalovchi materiallarga asbozurit va nyuvel kiradi. Asbozurit tarkibiga 70% maydalangan diatomit, 15% asbest va 15% shifer chiqindisi kiradi. U metall bilan yaxshilab chatishish xususiyatiga ega bo‘lib, surkash yo‘li bilan izolatsiyalash maqsadida ishlatiladi.

Nyuvel 85% kuydirilgan magneziya (MgO) va 15% asbest aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, juda bebaho izolatsiyalovchi material hisoblanadi.


Past haroratli izolatsiyalovchi materiallarga namat (kiygiz), shisha-paxta, penoplast, to'qimachilik sanoati chiqindilari va hokazolar kiradi.
23

www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu materiallar harorat 150°C dan yuqori bo‘lmagan joylarda ishlatiladi. Namat va to‘qimachilik chiqindilari nam sharoitda chirishini hisobga olib, namligi kam bo‘lgan ishlab chiqarish binolarida ishlatiladi.



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling