Jihozlar va loyihalash asoslari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilmalarni donalab
- 3-rasm. Qoplama (futerovka)
- (plitka); 4 —gisht; 5 —polizobutilen.
- Z=[(I Ij)/I] • 100 . (2.2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
oddiy (bir qatlamli), ko‘p qatlamli va kombinatsiyalangan (tagiga organik materialdan plitka yotqizilgan ko‘p qatlamli) turlarga ajraladi (3-rasm). Bir qatlamli futerovka gazmo‘rilar, kimyoviy sexlarning poli, bug‘siz aralash muhitli bug'lar kondensatlanmaydigan qurilmalarda ishlatiladi. Ko‘p qatlamli va kombinatsiyalangan futerovkalar og‘ir sharoitlarda ishlaydigan qurilmalarning devorlarini izolatsiyalash uchun ishlatiladi. Sulfat kislotasi ishlab chiqarishda quritish adsorbsiyalash bo‘limidagi qurilmalarda bir qatlamli va ko‘p qatlamli futerovkalar, xlor ishlab chiqarishda quritish minoralarini, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda yuvish m inoralarini muhofazalash uchun kombinatsiyalangan futerovkalar ishlatiladi. Mexanik mustahkamligining juda yuqorihgi, ishchi muhit harorat chegarasining yuqoriligi (300—400°C) va narxining arzonligi futerovkalaming afzalligi hisoblanadi. Qurilma og‘irligining oshib ketishi va foydali hajmining kamayishi ularning kamchiligi hisoblanadi. Noorganik moddalar ishlab chiqarishda qurilmalarni korroziyadan asrash uchun ko'pincha katod muhofazasi va korroziya jarayonini ingibirlash (sekinlashtirish) usulidan foydalaniladi. Katod muhofazasi usuli elektrolit va suv oqadigan yerosti quvurlarini korroziyadan asrash uchun qo‘llaniladi. U, odatda, quvurlami bitum bilan birga himoyalashda ishlatiladi. Sho‘r suv oqadigan quvurlarda 33 www.ziyouz.com kutubxonasi korroziyaning oldini olish uchun ular yotqizishdan oldin bitum bilan qoplanadi, lekin bu qoplama ishonchli emas. Qoplamaning nuqsoni bor uchastkalarda korroziya jadal rivojlana boshlaydi. Uni to‘xtatish uchun metall quvumi o‘zgarmas yoki to‘g‘rilangan tok manbayiga ulanadi; musbat qutb quvurdan 60—100 m narida — unga parallel joylashgan yerga ulangan anod simga bog‘lanadi. Yerga ulangan sim (3a3eMJieHHe) bir-biridan 5-6 m masofada tikka ko‘milgan va bir-biri bilan temir tasma orqali ulangan bir nechta po‘lat quvurdan iborat. Tok manbayi sifatida kuchlanishi 22—24 V bo‘lgan selen to‘g‘rilagichdan foydalaniladi. Agressiv suyuqliklar saqlanadigan katta hajmdagi qurilmalar korroziyasini to‘xtatish uchun ham katod muhofazasidan foydalanish mumkin. Korroziya ingibitorlari bu korroziya jarayoni tezligini kamaytirish xususiyatiga ega boTgan moddalardir. Masalan, qora metallar korroziyasini kamaytirish uchun ingibitor sifatida dietilamindan foydalanish mumkin. Uni 0,016% konsentratsiyagacha bugTantirilgan ishqorga qo‘shish qurilmalar korroziyasini 4 barobar sekinlashtiradi. Sovituvchi namakob sifatida ishlatiladigan NaCl va CaCl2eritmalariga 0,2% gacha kaliyxromat va ishqor qo‘shish poTat quvurlarda korroziya-ning 4—5 marta kamayishiga va ularning xizmat muddatining 7—10 yilgacha uzayishiga olib keladi. Ingibitorlar ta’sirining samaradorligi tormozlanish koeffitsienti yoki korroziyadan muhofaza darajasi bilan ifodalanadi. Tormozlanish koeffitsienti korroziya tezligining ingibitor ta’sirida necha barobar kamayganligini ko'rsatadi: 7=1/1, - (2-1) bu yerda: I — ingibitor bo'lmagandagi korroziya tezligi; I — ingibitor qo'shilgandagi korroziya tezligi. Muhofaza darajasi (%) korroziyani bostirishning toTaligini ifodalaydi:
Ingibitorning ma’lum bir metallni u yoki bu muhitda korroziyadan asrash xususiyati uning o‘ziga xos kimyoviy xossalariga bogTiq. Uning ta’sir darajasiga agressiv muhitning konsentratsiyasi va harorat katta ta’sir ko‘rsatadi. Ingibitorlarga ayrim moddalarni qo‘shish ulaming ingibitorlovchi ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Masalan, IIE-5 ingibitori (anilinning urotropin bilan kondensatlash mahsuloti) 0,5% konsentratsiyada poTatning 20% li HCl da harorat 20°C dagi korroziyasini 42 barobar kamaytiradi. Ushbu sistemaga 0,2% li 2-propin-l-ola qo‘shilganda 34 www.ziyouz.com kutubxonasi tormozlanish koeffitsienti 1J 0 gacha oshadi. IIE-5 ingibitori sanoatda keng qodlaniladi, ayniqsa, uni vodorod xlorid kislotasida ingibirlash maqsadga muvofiq. Uning urotropin bilan aralashmasi issiqlik almashinuvchi qurilmaiarni quyqadan (pishib qotgan qatiamdan) tozalash uchun ishlatiladigan 2—6% li kislotalar eritmalariga qo‘shish tavsiya etiladi. Urotropinning o‘zi nafaqat qora metallar korroziyasi kislota ingibitori, balki aluminiyning vodorod xlorid kislotasi, titanning sulfat kislotasidagi korroziyasi ingibitori hamdir. riE-5 ingibitori sanoatda nisbatan keng qo‘llaniladi. IlE -5 ingibitorining urotropin bilan aralashmasini 2— % li kislota eritmasiga qo‘shish tavsiya etiladi. Bu aralashma issiqlik apparatlarini quyqadan (bu moddalar konsentratsiyasi 0,5% dan, harorat 60—80°C, y=40+50 bo‘lganda) tozalashda ishlatiladi. Urotropinning o‘zi kislotali korroziya ingibitori hisoblanadi va faqat qora metallargagina emas, balki xlorid kislotasida aluminiy va sulfat kislotasida titan uchun hamdir. Ayrim ingibitorlarning, jumladan, IIE -5 ingibitorining ta’sir mexanizmini ularning metall sathida tanlab adsorbsiyalanish qobiliyati bilan bog'laydilar. Metallning korroziyalanish tezligi vodorod ajralib chiqishining katod qutblanishiga teskari proporsional bog‘langandir. Metall sathidan ingibitor molekulalaridan to‘g‘ri yo‘naltirilgan yupqa parda hosil bo‘ladi, u vodorod ajralib chiqishida zo‘riqishni oshiradi va eritma bilan metall sathi o‘rtasida yuqori o‘tish qarshiligini vujudga keltiradi. Boshqa ingibitorlar ta’sirining mexanizmi metall sathida zich, barqaror kristall yupqa parda hosil bo‘lishi yoki muhofaza pardasini yemiruvchi moddalarni neytrallash jarayoni bilan bog‘liq. M odda ishlab chiqarishda cho‘yan qurilmalar korroziyasini kamaytirish maqsadida ulardagi suyuqliklarga metall yuzasida temir sulfididan iborat yupqa parda hosil qiluvchi sulfidlar qo'shiladi. Suyuqliklarda sulfid ionlarining borligi (0,02—0,04 g/1) ular tarkibidagi erigan kislorodning 2S2~ + 3 0 2= 2 S 0 32_ reaksiya b o ‘yicha «neytrallanishi»ga olib keladi va shu bilan sulfid yupqa pardasini oksidlanishdan saqlab qoladi. «Sulfid marom»ga rioya qilish korroziya tezligini yiliga 1,5 dan 0,1—0,2 mm gacha kamaytirish imkonini beradi. Ingibitorlami ulaming fizik-kimyoviy xususiyatlaridagi farqni va ta’sir mexahizmini hisobga olgan holda har bir konkret hol uchun alohida tanlash zamr. 35 www.ziyouz.com kutubxonasi Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling