Jihozlar va loyihalash asoslari


IV BO B. KRISTALLIZATORLAR


Download 399.19 Kb.
bet27/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

IV BO B. KRISTALLIZATORLAR
4.1. KRISTALLASH USULLARI
Kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun eritmada o‘ta to‘yinishni vujudga keltirish zarur. Uni hosil qilish usuliga ko‘ra kristallantirish ham quyidagi usullarga ega:


    1. Izogidrik, bunda sistemada eritmaning miqdori o‘zgarmaydi, o‘ta to‘yinish esa eritmani sovitish hisobiga vujudga keladi.




    1. Izotermik o‘ta to'yinish eritmaning bir qismini bug‘lantirib yuborish hisobiga yuzaga keladi.




    1. Kimyoviy reaksiya natijasida qiyin eriydigan moddalar hosil qilib kristallantirish.

  1. Tuzlab kristallantirish, bunda o‘ta to‘yinish eritmaga oxirgi mahsulotning eruvchanligini kamaytirishga ohb keladigan begona modda kiritish orqali hosil qilinadi.




  1. Muzlatib kristallantirishga eritmaning o‘ta to‘yinishiga eritma-ning bir qismini yaxlitlagan holda chiqarib yuborish orqali erishiladi.

Keyingi ikkita usuldan noorganik moddalar texnologiyasida juda kam foydalaniladi.

  1. ‘ta to‘yinishni hosil qilish usuliga qarab kristallantirgichlar shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi:

— izogidrik kristallantirish qurilmalari;


— izotermik kristallantirish qurilmalari;

vakuum kristallantirgichlar, o‘ta to'yinish eritmaning vakuum ostida sovib, o‘z-o‘zidan bug‘lanishi hisobiga yuz beradi. Bunda erituvchining 10—12%i chiqib ketadi.


Kimyoviy reaksiya natijasida o‘ta to'yinish hosil bo‘ladigan kristallizatorlarga odatdagi aralashtirgichli reaktorlarga qaragandek qaraladi (masalan, bariy sulfati va karbonati ishlab chiqarishda reak-torlar yoki soda ishlab chiqarishda distillatsiyadagi aralashtirgichlar).

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling