Jihozlar va loyihalash asoslari
Izogidrik kristallizatoriari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
4.2. Izogidrik kristallizatoriari
Bunda ishlatiladigan qurilmalar ham davriy, ham uzluksiz jarayonlar uchun ishlatiladi. Bu turdagi eng oddiy kristallantirgich aralashtirgichli va sirti yupqa qobiq bilan qoplangan qurilmalardir. Davriy ishlaydigan kristallizatorlarni sovitish uchun korpusdagi qoplamaga suv, odatda, ular issiq eritma bilan to'ldirilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng, eritmada kristallarning birlamchi kurtagi 49 www.ziyouz.com kutubxonasi hosil bo‘lganda beriladi. Sovituvchi suvning sarfi shunday to‘g‘rilanadiki, bunda sovitayotgan yuza va eritma o‘rtasidagi haroratning farqi 10°C dan oshmasligi kerak. Bu tadbirlar natijasida yirik kristallangan mahsulot olish imkoni tug‘iladi. Jarayon uzluksiz olib borilganda aralashtirgichli va qobiqli (rubashkali) qurilmalar o‘rnatilgan kristallashtirgichlar termasining tok beradigan quvurlari to‘plamiga (batareyasiga) ulanadi (8-rasmga qarang). Eritma sovitilmagan qismining termaning navbatdagi bosqichiga o‘tib ketishining ehtimolini kamaytirish uchun eritma qurilmaning pastki qismiga o‘matilgan maxsus cho‘ntak yoki quyish shtutseri orqah kiritiladi. Eritmani jadal sur'atlar bilan aralashtirib, uning konsentratsiyasini qurilmaning butun hajmi bo'ylab bir xil bo‘lishiga erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, yirik kristallar hosil bo‘lishiga imkon beradi. Ammo aralashtirish hamma eritmaga ham bir xil ta’sir ko‘rsatmaydi. Masalan, jadal aralashtirilganda K2S04 eritmasida yirik kristallar tushsa, Na2S04 10H2O eritmasidan tushgan kristallar juda mayda bo'ladi. Demak, bunda yirik kristallar hosil qilish uchun aralashtirish sur'atini pasaytirish lozim. Sekin aralashtiradigan qurilmalar turiga tasmali aralashtirgichli va havo bilan sovitiladigan barabanli kristallashtirgichlar misol bo‘ladi. Tasmali (shnekli) kristallizatorning asosiy elementining eni taxminan 600 mm, uzunligi 3 m ga yaqin bo‘lib, suv bilan sovitiladigan qobiq (rubashka) bilan o‘ralgan bo‘ladi. Tasmali aralashtirgichning tezligi 0,5— 1,0 rad/s bo‘lib, eritmani kuchsiz aralashtiradi, bu kristallarni muallaq holda ushlab turish uchun yetarlidir. Qurilmaning ish unumi eritmaning xossasiga bog‘liq holda issiqlik uzatish koeffitsientining qiymati 60— 120 Vt/(m2• K) ga teng bo‘lganda soatiga 1200—1600 kg/soatni tashkil etadi. Agar undan yuqoriroq ish unumi talab etilsa, to‘rt seksiyali bir nechta kristallashtirgich bir-birining tepasiga o‘rnatiladi, bunda eritma bir paytning o‘zida qurilmadan qurilmaga oqib o‘tadi va ishlab chiqarish maydoni ham ixchamlashib tejaladi. Kristallizatorlar termasiga sovitish uchun suvni eritmaga qarama-qarshi tomondan berish ancha tejamli bo'lib, eritmani keskin sovitib yuborishdan asraydi. Termada bosqichlar sonini ko‘paytirish eritmani har bosqichda o‘ta to‘yintirishni kamaytiradi va yirikroq kristallar hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Agar eritmani juda past haroratda sovitish zaruriyati tug'ilsa, oxirgi bosqichda qurilma qobig‘iga namakob yuboriladi, bu haroratni —2 dan —10°C gacha sovitish imkonini beradi. Havo yordamida sovitiladigan kristallizator tashqi tomoni issiqdan 50 www.ziyouz.com kutubxonasi muhofazalangan, diametri 0,6 dan 1 m gacha, uzuniigi 16—20 diametrga leng bo‘lib, belbog‘ (bandaj) boylangan joylarida aylanadigan g‘ildirakchalarga tayanadi hamda reduktor va tishli halqa (venes) vositasida elektr motor yordamida 1,43—1,87 rad/c tezlik bilan aylantiriladi. Eritma oqimga qarama-qarshi tomondan ventilator yordamida baraban ichiga beriladigan havo oqimi yordamida sovitiladi. Suyuqlanmani kristallantirish uchun jo'vali kristallizatorlardan foydalaniladi. Ular ichi bo‘sh sekin aylanadigan barabandan iborat bo‘lib, baraban yuzasi suyuqlanmaga tegib turadi, sovitish uchun uning ichiga suv uzatiladi. Baraban yuzasida hosil bo‘lgan kristallangan mahsulot pichoq bilan kesib tushiriladi. Jo‘vali kristallashtirgichlar tangachasimon natriy gidroksid, Na2S ■9H20 , Na2Cr • 0 7 • 2H20 va boshqa moddalar kristallarini olishda ishlatiladi. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling