13-rasm. To‘rt kamerali tindirgich:
1 — teshikli to‘siqlar (diafragma); 2 — eshkaklar; 3 — biri-biriga to 'k ilad ig an stakanlar; 4 — taqsimlovchi quticha; 5 — aylanma nov; 6 —quyish qutichasi; 7 —quyish shtutseri; 8 — quyish quvurlari; 9 — pastki kamera konusi; 10 —to‘kish shtutseri.
58
Tindirilayotgan suyuqlik va quyulgan suspenziya hisobiga, shuningdek, bir-biriga oqib tushadigan stakanlar hosil qiluvchi gidrozatvor bo‘lgani tufayli kameralar bir-biriga bog'liq bo‘lmagan holda parallel ishlay oladi. Bunda gidrozatvor quyultirilgan suspenziya ichida turadi.
Tindirgichlarning afzallik tomonlari shundan iboratki, ular kam energiya sarf qiladi, tuzilishi oddiy va demak, ish jarayonida yuqori ishonchlilikka ega, yasash va ta’mirlash oson, ulaming unumdorligi yuqori bo‘lib, s/q nisbati qiymati yuqori bo‘lgan suspenziyalarni ham ajrata oladilar. Ularning kamchiliklari ajratish darajasining pastligi va o‘lchamlarining kattaligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |