Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet37/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

5.2. Filtrlar
F iltr suyuqlik, gaz oqimi yoki qattiq aralashmalami bir-biridan g‘ovakli to‘siqdan o‘tkazish orqali ajratadigan moslama.
Noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyasida har xil tuzihshga ega boMgan suzgichlar ishlatiladi. Bular jumlasiga barabanli, disksimon, tasmali va karuselli vakuum-filtrlar, listsimon, ramali filtr-presslar va OriAKM tipidagi avtomatik filtrlar, nutch-filtrlar kiradi. Filtrlar tuzilishining bunday turli-tumanligi suspenziyalarning xossalari o‘rtasidagi farq va suzish jarayonining turli maqsadlarga mo‘ljallanganligi bilan bog‘liq.
Filtrlaming asosiy elementlaridan biri filtrlash to‘sig‘idir. Filtrlarning ish unumi, filtrlab olingan suyuqlik (filtrat)ning tozaligi, to‘siqlarning xizmat ko‘rsatish muddati va filtrlash jarayonining tejamkorligi ko‘p jihatdan filtr to‘siqlarni tanlashga bog‘liq. Ular, asosan, quyidagi talablarga javob berishi lozim:
— muhit ta’siriga chidamli;

— yetarli darajada mexanik mustahkam;


— issiqqa chidamli;
— qattiq zarrachalarni yaxshi ushlab qolishi;

— cho‘kmaga nisbatan past gidravlik qarshilikka va kam adgeziyaga ega bo‘lishi lozim.


Odatda, filtrlovchi to‘siqlar sifatida turli matolardan foydalaniladi. Ular, asosan, paxta, jun, shisha, perxlorvinil, poliamid, lavsan tolalaridan to‘qilgan bo‘lib, paxta tolali filtr to‘siqlar ko'proq ishlatiladi. Ular neytral muhitda 100°C haroratgacha bo‘lgan suspenziyalarni filtrlash uchun mo‘ljallangan.
5 9

www.ziyouz.com kutubxonasi


Jun matolar paxta matoga nisbatan kislotalar ta’siriga chidamliroq, ishqorlar ta’siriga esa chidamsizroq. Perxlorvinil va lavsan matolar kislota, ishqor va oksidlovchilar ta'siriga chidamli hamda suvda bo'kmaydi. Poliamid mato ishqorlar ta’siriga va hatto 100°C haroratga ham chidamli. Shisha-mato nordon eritmalarga juda chidamli, cho‘zilishga mustahkamligi yuqori, lekin ishqalanishga qarshiligi past.


Yuqorida qayd etilgan materiallardan tashqari filtrlovchi to‘siqlar sifatida metall-matolar, to‘rlar hamda sopol, shisha va gralitdan yasalgan list-plitkalar ham ishlatiladi.

Suzgich to‘sig‘i sifatida ishlatiladigan mato awal laboratoriya sinovidan o‘tkaziladi. Bunda uning qanday suspenziyani liltrlashga (cho‘kma yoki suyuqlik olishga) mo‘ljallanganligi, xususiyati (vodorod ko‘rsatkich, harorat), zarrachalarning agregatlanishi, zarrachalarning o‘lchami va shakli hamda liltrning turi e’tiborga olinadi. Filtrning tuzilishi matoning xususiyatlari: cho‘zilishga mustahkamlik, egilishga va ishqalanishga chidamlilik, gardish shaklini hamda zichlantirish xususiyatlarini belgilab beradi.


Filtrlar ichida barabanli vakuum-filtrlar sanoatda ko‘proq qo‘llaniladi. Ularning afzalligi shundaki, filtrlash jarayoni uzluksiz olib boriladi va cho'kmani filtrning o‘zida yuvish mumkin. Nisbatan murakkab tuzilganligi va sikldagi ayrim operatsiyalarni ixtiyoriy ravishda keng oraliqda o‘zgartirib bo'lmaslik ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun suspenziyaning xossalarini doim birdek ushlab turishga to‘g‘ri keladi. Bu filtlar yuqori dispers suspenziyalami suzishga yaramaydi.Filtr yon tomonlari parmalab teshilgan ichi havol barabandan iborat bo‘lib, uning ichki tomoni uyachalar shaklida to‘g‘ri burchakli uchastkalarga bo'lingan. Baraban sirti awal metall to‘r, so‘ngra filtrlovchi mato bilan qoplanadi. U bir uchi elektr yuritmaga ulangan, ikkinchi uchi esa taqsimlash qurilmasiga tutashgan g‘ovak valda aylanadi.Taqsimlash qurilmasi har bir uyani vakuum va siqilgan havo manbayiga ketma-ket ulash uchun xizmat qiladi. Bu filtrlash, cho‘kmani yuvish, uni suvsizlantirish, chiqarib yuborish va matoni qayta tiklash operatsiyalarini navbatma-navbat bajarish imkonini beradi. Cho‘kmani birlamchi suvsizlantirilgandan va yuvilgandan keyin uni zichlash uchun filtrlarga zichlovchi jo‘valar yoki boshqa maxsus moslamalar o‘rnatiladi. Bu cho‘kmaning yorilib ketishini oldini oladi va undan suvning butunlay chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling