11-rasm. Suspenziyani markazdan uzatadigan tipaviy tindirgich:
aralashtirgichga o‘rnatilgan bo‘lib, u valga o‘matilgan va elektnnotor orqali harakatga keltiriladigan eshkaksimon qurilmadan ( 4) iborat. Eshkaklar 1
harakat yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchak ostida o‘rnatilgan bo‘lib, cho‘kmani to'kish uchun o‘matilgan shtutser (6) tomonga itaradi. Esh kaklarning harakat tezligi shunday tanlanadiki, bunda suyuqlik ularni laminar oqimda o‘rab oqadi va cho‘kmani to‘zitib yubormaydi.
Qurilma markazida val atrofiga suyuqlikka botib turuvchi yuklovchi quvur (2) o ‘rnatilgan . Bunday tindirgichlar ko‘proq bariy karbonat va bariy sulfat ishlab chiqarishda ishlatiladi. Agressiv eritmalar bilan ishlaganda hamda toza mahsulotlar ishlab chiqarishda tindirgichlar organik va noorganik kislotaga chidamli materiallar bilan qoplanadi.
Soda olish sanoatida hozirgi paytda namakobni kalsiy va magniy birikm alaiidan tozalash uchun diamdtrx 18 m, balandligi 7,9 m bo‘lgan tindirgichga suspenziya markazidan qo‘yiladi. Suspenziya
qurilmaning 4 m balandligigacha qo‘yiladi.
Suspenziya qo‘yish usuliga qarab tindixgichlar markazdan va yon tomondan kiritiladigan tindirgichlarga bo‘linadi. Suspenziya markazdan kiritilganda suyuqlikning turbulentlanishi tufayh tindiigichning foydali maydoni kamayadi. Yon tomondan kiritilganda aylanma kesim maydoni kattaligi tufayli suspenziyaning aylanma to‘siq ostidan oqib o‘tish tezligi juda kichik bo‘lib, cho‘kayotgan zarrachalar oqimning tinchligini buzmaydi. Soda sanoatida amalda ishlab tuigan suspenziya markazdan beriladigan tindiigichlami yondan beriladigan tindiigichlaiga qaytadan jihozlash tavsiya etilgan, bu esa ulaming ish unumini 2 baravar oshiradi.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |