Jihozlar va loyihalash asoslari
Cho‘kma shnek yordamida to‘kiladigan cho‘ktiruvchi gorizontal
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
Cho‘kma shnek yordamida to‘kiladigan cho‘ktiruvchi gorizontal
scntrifugalar uzluksiz harakatlanuvchi qurilma hisoblanadi. Ulaming luzilishiga xos umumiy belgi—ichida o‘q bo‘lib joylashtirilgan shnekli teshiksiz silindrsimon yoki konussimon rotorning yotiq joylashganligidir. Rotor va shnek bir tomonga, lekin turli tezlikda aylanadi. Bunday harakat tufayli shnek cho‘kmani rotor bo‘ylab itarib to‘kuvchi teshik tomon suradi, tindirilgan suyuqlik esa qarama-qarshi tomonga oqib, maxsus teshiklardan chiqib ketadi. Rotorda cho‘kma va tindirilgan suyuqlikning harakati yo‘nalishiga qarab qarama-qarshi oqimli va to‘g‘ri oqimli sentrifugalar farq qilinadi. OFIII markali sentrifugalar qattiq fazaning hajmiy ulushi 1 dan 40% gacha, zarrachalar o‘lchami 5 mkm gacha bo‘lgan suspenziyalami ajratish uchun mo‘ljallangan. Bunda qattiq va suyuq fazalar zichligi o‘rtasidagi l'arq 200 kg/m3 dan ortiq bo‘lishi lozim. Bu rusumdagi sentrifugalami suspenziya qattiq zarrachalarining yirikligiga qarab klassifikatsiyalash maqsadida ham ishlatish mumkin. Ular texnologik jihatdan vazifasiga ko‘ra, shartli ravishda 3 gumhga ajratiladi: tindiruvchi va klasslarga ajratuvchi; suvsizlantiruvchi; universal sentrifugalar. Tindiruvchi va klasslarga ajratuvchi sentrifugalaming tuzilishi bir xil 6 9 bo‘lib, ular bir-biridan bajaradigan vazifasiga qarab farqlanadi. Ular ajratish omilining qiymati (>2400), rotor uzunligining diametriga nisbati (>2,2), supenziya bo‘yicha ish unumi yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Suvsizlantiruvchi sentrifugalar yuqori konsentrlangan dag‘al suspenziyalarni ajratishda ishlatiladi. Bunday sentrifugalarning ajratish omili 3140 ga teng, rotor uzunligining diametri esa 1,8 dan kichik. Oichami kichikligiga qaramay ish unumining yuqoriligi, jarayonning uzluksiz olib borilishi va turli konsentratsiyadagi mayin suspenziyalarga ishlov berish imkoniyatlari mavjudligi O r ill msumidagi sentrifugalaming afzalligi hisoblanadi. Cho‘kmani qurilmaning o‘zida yuvib bo‘lmasligi, shnek va rotorning tez yedirilishi va cho‘kmani suvsizlantirilish darajasining pastligi ulaming kamchiligidir. Quyidagi 2-jadvalda ayrim sentrifugalarning texnik tavsiflari keltirilgan. Unda rotor yuklanadigan eng ko‘p yuk miqdori davriy harakatlanuvchi sentrifugalar uchun berilgan. O m rusumli sentrifugalar uchun ammoniy sulfat bo‘yicha ish unumi va rotorning birinchi bosqichida ichki diametri, O r ill turidagi sentrifugalar uchun cho‘kma bo‘yicha hisoblangan ish unumi keltirilgan. Qavs ichida esa moy nasosi elektryuritgichining quwati berilgan.
Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling