Jihozlar va loyihalash asoslari
Ayrim sentrifugalaming texnik tavsifi
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-rasm, rH tipidagi sentrifugalarda rotorning joylashish sxemasi
- 5.5. Cho‘kmani yuvish apparatlari
- Siqib ehiqarish usuli bilan yuvish.
www.ziyouz.com kutubxonasi orm 1202T o n c I253K orH 903K orH 903K ra 1801K 2ora ' 2201Y om i 202K onu 1203K i/2orn 401K i/2orn 1201T 2/2orn 1201K
14-rasm, — rotor tirgaklar oralig‘ida joylashgan; b — tirgaklar oralig'ida ikkita rotor joylashgan; d —rotor qiya tarzda joylashgan. 71 www.ziyouz.com kutubxonasi 5.4. Gidrosiklonlar Markazdan qochuvchi kuchdan foydalanib suspenziyani ajratishni faqat sentrifugalarda emas, balki aylanadigan qismlari bo‘lmagan qurilmalar gidrosilindrlarida ham amalga oshirish mumkin. Ixchamligi, narxining arzonligi, boshqarishning oson va oddiyligi ularning afzalligi hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan gidrosilindrlar gazlarni changdan tozalashda ishlatiladigan siklonlarga o‘xshaydi. Noorganik texnologiyada qo‘llanadigan gidrosilindrlarning diametri 50 dan 750 mm gacha, konusli burchagi 5 dan 90°C gacha bo‘ladi. Gidrosiklonning diametri qancha kichkina bo‘lsa, unda yuzaga keladigan markazdan qochma kuch shuncha katta va ajralayotgan zarralarning o‘lchamlari shuncha kichik bo‘ladi. Odatda, kichik diametrli gidrosiklonlar parallel ishlovchi bitta qurilmaga birlashtiriladi va ular multigidrosiklonlar deb ataladi. Suspenziya (tin-dirilishi) konusli burchagi kichik bo‘lganda (10—15°C) yaxshi ajraladi. Gidrosiklonlardan kaliy ishlab chiqarish sanoatida suspenziyani quyultirish va qattiq zarrachalarni o‘lchamlariga qarab fraksiyalarga ajratish hamda katalizatorlar va ohaklash usuli bilan o'yuvchi natriy ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Gidrosiklonlarning ish unumi (Q, m3/s) taxminan quyidagi tenglama bilan hisoblab topiladi. Q = k D d p VAP bu yerda: k —gidrosiklonning geometrik ko'rsatkichlariga bog'liq bo‘lgan koeffitsient, £=1,0=3,19; D — siklon silindrik qismining diametri; m; dp — pastki to'kish quvurchasi (patrubok)ning diametri, m; AP — gidrosiklondagi bosimning tushish oralig‘i. Yuqoridagi to‘kish quvurchasiga ketadigan zarrachalarning eng katta o‘lchamini quyidagi tenglamadan topish mumkin: d bu yerda:rf—ta’minlovchi quvurchaning diametri, m; d yi —yuqoridagi to'kish quvurchasining diametri, m; h — gidrosiklonning balandligi, m. Gidrosiklonlarning kamchiligi ularning ayrim qismlari, ayniqsa konusning pastki qismining, ta'm inlovchi va tepadagi to ‘kish 72 www.ziyouz.com kutubxonasi quvurchalarining tez yedirilib ketishidir. Xizmat muddatini uzaytirish uchun ba’zan ular yedirilishga chidamli material bilan qoplanadi, qoplamalar vaqti-vaqti bilan almashtirib turiladi. 5.5. Cho‘kmani yuvish apparatlari Umuman olganda, cho‘kmalarni yuvish uchun mo‘ljallangan maxsus apparatlar yo‘q. Odatda, bu maqsadlarda suspenziyani ajratishga moijallangan apparatlar (tindirgichlar, filtrlar, sentrifugalarjdan l'oydalaniladi. Cho‘kmani yuvishdan asosiy maqsad suyuq fazani toiaroq — maksimal darajada olish (masalan, ohaklash usuli bilan o‘yuvchi natriy olish) yoki tarkibida aralashmalar boimagan yuqori sifatli cho‘kma (masalan, bariy karbonati) olishdan iborat. Cho'km ani yuvish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi olinadigan mahsulotning sifati yuqori boiishida muhim rol o'ynaydi. Cho'kmani yuvishning bir nechta usuli mavjud: — cho‘kmadagi suyuq fazani yuvuvchi suyuqlik bilan siqib chiqarish; — cho‘kmaning suyuq fazasini yuvuvchi suyuqlik bilan suyultirish; — cho‘kmaning suyuq fazasini yuvuvchi suyuqlikka diffuziyalar o‘tkazish. Oxirgi usul kam, faqat shnekli cho‘ktiruvchi sentrifugalarda qo‘IIanadi. Noorganik moddalar ishlab chiqarishda yuvuvchi suyuqlik sifatida, odatda, mahsulotning sifatiga qo‘yilgan talabga qarab, texnologik yoki mineralsizlantirilgan suv ishlatiladi. Siqib ehiqarish usuli bilan yuvish. Cho‘kmani bu usulda davriy va uzluksiz harakatlanuvchi filtr va sentrifugalarda bir yoki bir necha bosqichda yuvish mumkin. Ko‘p bosqichli yuvish usuli, odatda, uzluksiz harakatlanuvchi suzgichlarda qo‘llaniladi. Cho‘kmani bir bosqichli yuvish nutch-filtrlarda, filtr-presslarda davriy va uzluksiz harakatlanuvchi sentrifugalarda amalga oshiriladi. Bunday usulda yuvish, agar cho‘kma yirik zarrachali va oson yuviladigan bo‘lsa, yuvuvchi suvda cho‘km adan yuvib olinayotgan m oddaning konsentratsiyasi yuqori bo‘lishi talab etilmagan hollarda qo'llaniladi. Davriy harakatlanuvchi filtrlarda cho‘kmani yuvishda, cho‘kmaning liltrat bilan berilgan qiymatgacha to‘yinishi (t) uchun zarur bo‘lgan yuvuvchi suyuqlik hajmini (yu.s, m3) quyidagi tenglamadan topish mumkin: 73 www.ziyouz.com kutubxonasi
bu yerda: kv k v k}—tegishlicha suyuqlikning yopishqoqligi u cho'kma qatlamining qalinligi 8 ta.k va zarrachalar o‘lchami dt ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsient; V0— yuvilishidan oldin cho‘kma g'ovaklarida bo'lgan filtratning hajmi, m 3. kr k2, k3 larning qiymatlarini m, d, p va 8cho.k ga bog‘liq ravishda ma’lumotnomalardan olish mumkin. Yuqoridagi tenglamadan (5.7) foydalanayotganda shartli ravishda cho‘kma g‘ovaklarida yuvuvchi suyuqlik filtrat bilan aralashmaydi, deb hisoblangan. Filtrat hajmining g‘ovaklarining umumiy hajmiga nisbatini bildiruvchi to‘yinish darajasi, cho‘kma yuvilishidan oldin 1 ga teng bo‘ladi. Uzluksiz harakatlanuvchi suzgichlarda cho'kmani yuvish jarayoni qonuniyatini aks ettiruvchi tenglama ushbu ko‘rinishga ega:
Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling