Jihozlar va loyihalash asoslari


-rasm. Cho‘kmani uch bosqichda ketma-ket yuvish sxemasi


Download 399.19 Kb.
bet45/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

15-rasm. Cho‘kmani uch bosqichda ketma-ket yuvish sxemasi:
1-3 repulpatorlar.
bosqichdan oldingi bosqichga yo'naltiriladi va u yerda kamroq yuvilgan cho‘kma bilan to‘qnashadi. Natijada uning tarkibida yuvib olinayotgan suyuqlikning konsentratsiyasi oshadi. Suyuqlik cho‘kma yuvilmagan birinchi bosqich orqali o‘tganida uning tarkibidagi yuvib olinayotgan moddaning konsentratsiyasi eng katta qiymatiga ko‘tariladi.
Yuvish bosqichlarining ortishi bilan yuvuvchi suyuqlik sarfi kamayadi yoki uning sarfi o‘zgarmagan holda cho‘kma dastlabki eritmadan to‘la yuviladi.
Cho‘kmani ko‘p bosqichli yuvish jarayonini har bir bosqich uchun navbatma-navbat (5.8) tenglama yordamida hisoblash mumkin.
Cho‘kmani ko‘p bosqichli qarama-qarshi oqim bilan siqib chiqarish usuli bilan yuvishni davriy ravishda harakatlanadigan, masalan, 011/1, rusumli sentrifugalarda ham qo‘llash mumkin. Lekin bunda sentrifuga ish siklining davri ancha uzayadi, ish bilan biiga, unga xizmat ko‘rsatish murakkablashadi.
Suyultirish uSuli bilan yuvish. Dispersligi yuqori bolgan cho‘kmalar suzilganda, cho‘kma qatlamida,odatda, bir tomoni yopiq g‘ovaklar hosil bo'ladi va ulardan filtratni yuvuvchi suyuqlik bilan chiqarib bolmaydi. Bunday hollarda suyultirish usuli qollaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: cho‘kma yuvish suyuqligi bilan toldiriladi, natijada yopiq g'ovaklardagi filtrat suv bilan suyultiriladi. Hosil bo‘lgan suspenziya i|aytadan ajratiladi. Bu usul bilan erimaydigan yoki kam eriydigan cho‘kmalar, masalan, bariy, magniy yoki kalsiy karbonatlari, aluminiy va magniy gidroksidlari va shu kabi boshqa cho‘kmalar yuviladi.
Suyultirish usuli bilan yuvish, odatda, ko‘p bosqichda, ketma-ket va c|arama-qarshi oqimda olib boriladi.

Ketma-ket oqimda yuvish usuli. Agarda yuvuvchi suvni uning
75

www.ziyouz.com kutubxonasi


tarkibidagi erigan modda bilan ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘lsa, cho‘kmaning tozaligiga qo‘yilgan talab ham yuqori bo‘lsa, shu suvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunga misol qilib bariy sulfat cho‘kmasini mineralsizlantirilgan suv bilan yuvishni keltirish mumkin.


15-rasmda barabanli vakuum-suzgichlardan foydalanib cho‘kmani 3 bosqichda ketma-ket yuvish sxemasi keltirilgan. Dastlabki qurilmada hosil bo‘lgan suspenziyani ajratuvchi cho‘kma to ‘zg‘itgich 1 (repulpator)ga yo‘naltiriladi va bu yerga ayni paytda yuvuvchi suv ham uzatiladi. Hosil bo‘lgan to‘zg‘itgichdan birinchi bosqich mahsulot suzgichga haydaladi. Bu yerda u qisman yuvilgan cho‘kmaga va filtratga ajratiladi. Qisman yuvilgan cho‘kma to'zitgich 2 ga o‘tkaziladi, filtrat esa quvurdan tashqariga chiqarib olinadi. Ikkinchi bosqich suzgichda va to‘zg‘itgich 3 da xuddi shu operatsiyalar takrorlanadi. 3-bosqichdagi suzgichda oxirigacha toza yuvilgan cho‘kma bunkerga yoki transportyorga uzatiladi. Yuvuvchi suvlar quvurlar orqali yig‘uvchi idishga tushadi va undan neytrallash stansiyasiga yo‘naltiriladi.
Agar cho‘kma tarkibida yuvib olinayotgan modda bo'lmagan suv bilan yuvilayotgan, barcha bosqichlardan o‘tgan cho‘kmalardagi suyuq faza ulushi esa bir xil deb qabul qilingan bo‘lsa, unda jarayonni quyidagi tenglamalar orqali ifodalash mumkin:


Me(C,»,/C„>/lg(m,+ l) ,

(5.9)

H >=G ,fe/

(5.10)

bu yerda: k —yuvish bosqichlari soni; Cd;is, C^—yuvib olinayotgan moddaning


Toza yuvish suvlari Yuvish suviari


Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling