Jihozlar va loyihalash asoslari


Siqib chiqarish va suyultirish usuli bilan ko‘p bosqichli yuvish


Download 399.19 Kb.
bet48/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Siqib chiqarish va suyultirish usuli bilan ko‘p bosqichli yuvish.
Yuvishning bu turida cho‘kma va yuvish suvi bir-biriga qarama-qarshi harakatlanganda siqib chiqarish va suyultirish jarayonlari birgalikda ketma-ket olib boriladi.
17-rasmda barabanli vakuum-suzgichlardan foydalanib, cho‘kmani 3 bosqichda qarama-qarshi oqimda siqib chiqarish va suyultirish usuli bilan yuvish sxemasi keltirilgan. Dastlabki suspenziya barabanli vakuum-suzgichda filtrat 1 (I oqim) va cho‘kmaga ajratiladi. Bu cho'kma xuddi shu suzgichning o‘ziga siqib chiqarish usuli bilan 2-bosqichda tushayotgan yuvish suvining (III oqim) bir qismi bilan yuviladi. Tarkibida yuvib olingan moddaning miqdori filtratdagiga (I oqim) qaraganda ancha kam bo‘lgan birinchi bosqichdan tushayotgan yuvish suvi (II oqim) keyingi ishlov
7 9

www.ziyouz.com kutubxonasi


berish uchun yoYialtiriladi, cho'kma esa to‘zg‘itgich 2 ga tushib, u yerda 3-bosqichdan berilgan suv (V oqim) va 2-bosqichdan tushayotgan yuvish suyuqligining (IV oqim) bir qismi bilan suspenziyaga aylantiriladi. Shunday qilib, 2-bosqich suvining bir qismi uning ichida to‘zg‘itgich va suzgich o‘rtasida aylanib yuradi. Bunda vaqt birligida cho‘kmani to‘zg‘itish uchun kerak bo‘lgan suyuqlik miqdori, uning tayyor cho‘kma qatlamidan sizib o‘tgan miqdoridan ko‘p bo'lishi talab etiladi. Lekin 2-bosqichga (IV va V oqimlar) tushayotgan suvlar aralashmasidagi yuvib olinayotgan moddaning miqdori, cho‘kma birinchi bosqichda yuvilgandan keyingi suyuqlikdagi miqdoridan har doim kam bo‘Iadi.


2-to‘zg‘itgichda hosil bo‘lgan suspenziya keyingi 3 suzgichda cho‘kmaga va flltratga (VII oqim) ajratiladi. 0 ‘z navbatida, bu flltrat keyin ikkita (III va IV) oqimni hosil qiladi. Cho'kma xuddi shu suzgichning o‘zida (3-bosqich) toza suv bilan yuviladi (IV oqim), bu suv cho‘kma qatlamidan sizib o‘tib yuvish suvini (V oqim) hosil qiladi. Tozalab yuvilgan cho‘kma transportyor yoki bunkerga to‘kiladi.
Keltirilgan sxemadan ko‘rinib turibdiki, birinchi va uchinchi bosqichlarda cho‘kma suzgichda siqib chiqarish usuli bilan, ikkinchi bosqichda esa suyultirish usuli bilan yuviladi. Bu usul yuvish bosqichlarining sonini oshirish imkonini beradi, lekin bunda texnologik sistema murakkablashadi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling