Jihozlar va loyihalash asoslari


Suspenziyalarni ajratish uchun apparatlar


Download 399.19 Kb.
bet49/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

5.6. Suspenziyalarni ajratish uchun apparatlar
Suspenziyani ajratish uchun apparatlar tanlashga ko‘pgina omillar ta'sir ko‘rsatadi. Bulardan asosiylari quyidagilar: suspenziyaning xossalari, jarayon sharoiti, ajratishdan ko‘zda tutilgan maqsad, ishlab chiqarish quwati va ishlatiladigan konstruksion materiallar. Masalan, S/Q nisbat yuqori boMgan oson qatlamlanadigan suspenziyalari bilan (ayniqsa, agar suyuqlikning narxi arzon), cho‘kma esa chiqindi bo‘lsa, yaxshisi cho‘ktirgichlarda ajratgan ma'qul. Solishtirma qarshiligi bosim ortishi bilan oshadiga n o‘ta qisiladigan cho‘kma beruvchi suspenziyalarni hamda cho‘kmasi kuchli adgeziya xususiyatiga ega boMgan suspenziyalarni avtomatlashtirilgan filtr-presslarda va sentrifugalarda ajratish maqsadga muvofiq emas. Bunda yigMshtirib olinadigan tasmali yoki cho‘kmani yig‘ib oluvchi tizimchali moslamasi bor barabanli vakuum-suzgichlardan foydalangan maqsadga muvofiq.

Cho‘ktiruvchi sentrifugalar tanlashda qattiq fazaning zichligi alohida


8 0

www.ziyouz.com kutubxonasi


ahamiyatga ega. Agar suyuq va qattiq fazaning zichligi orasidagi farq 200 kg/m3 dan anchagina kam bo'lsa, bunday suspenziyalarni ajratish uchun cho‘ktiruvchi sentrifugaiardan foydalanish mumkin (masalan, o r w rusumidagi sentrifuga yoki filtrlar).


Agar jarayonni vakuum ostida olib borish mumkin boisa, vakuum-filtrlar qoilagan ma’qul, chunki ular OIIAKM yoki sentrifugalarga qaraganda arzonroq apparatlar hisoblanadi.
Filtrlarni tanlashda filtratning konsentratsiyasi va uning tozaligi, cho'kmaning tozaligi va namligiga qo‘yilgan talablar yuqori boiadi.

Eng past namlikdagi cho‘kma avtomatlashtirilgan filtr-presslarda, cho‘kma eng toza yuvilgan — yuvish suvida yuvib olinayotgan yuqori konsentratsiyali modda esa aylanma filtrlarda olinadi.


Suspenziyadan 5 mkm dan ortiq oichamli erimaydigan zarrachalarni ajratib olish uchun ish unumi yuqori boigan uzluksiz harakatlanuvchi O rS h turidagi cho‘ktiruvchi sentrifugalardan foydalanish mumkin. Ular S/Q nisbatning keng oraligida (1,5—20) ishlashi mumkin. Lekin bu xil sentrifugalarda cho'kmani yuvib boimaydi, uning namligi barabanli vakuum-filtrlardagi singari boiib, 20—40% ni, qattiq fazani fugat bilan birga chiqib ketishi esa 3% — 10% ni tashkil etadi.
Sentrifugalarni dastlab sanoatda foydalanish tajribasidan kelib chiqib tanlash lozim. Bunda awal suspenziyaning xossalari o'rganiladi, u yoki bu usul bilan uni ajratish samaradorligi baholanadi.Sanoat sinovlaridan keyingina sentrifugani oxirgi hal qilinuvchi tanlash amalga oshiriladi.
Bir nechta konkurensiyalashadigan omillar bo'lganda iqtisodiy jihatdan hisob-kitoblar solishtiriladi. Suspenziyani yuvib ajratish va suvsizlantirish uchun bunday hisobot olib borish juda mushkul. Butun uskunaning tannarxini va unga xizmat ko‘rsatishni hisoblashdan tashqari har xil apparattga olingan mahsulot sifatini, mahsulotdan yo‘qotishlami, shuningdek, navbatdagi ishlov berishlar narxini ham solishtirish lozim bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning quvvati ham suspenziyalarni ajratishning avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasini belgilaydi. Kam tonnali ishlab chiqarishda cho'kmani qo‘lda, mexanizatsiyalashmagan apparatlardan foydalanib, ko‘p tonnali ishlab chiqarishlarda esa avtomatik ishlaydigan apparatdan foydalanib to‘kiladi.
Agar suspenziyani ajratish operatsiyasi oraliq bosqichda joylasngan bo‘lib, undan keyin jarayon uzluksiz texnologiya bo‘yicha olib boriladigan ' bo‘lsa, u holda uzluksiz ishlovchi qurilmalardan foydalangan ma’qul.
81

www.ziyouz.com kutubxonasi





Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling