Jihozlar va loyihalash asoslari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
Diskli vakuum-filtrlar disklar o‘matilgan gorizontal aylanuvchi valdan iborat bo‘lib, disklar seksiyalarga ajratilgan qozonga, har bir disk esa qozonning alohida seksiyasiga botib turadi. Disklar devori teshikli, ustiga
61 www.ziyouz.com kutubxonasi mato tortilgan 12 ta sektorga bo‘lingan bo‘lib, har qaysi sektor valning ichidan o‘tuvchi alohida kanal orqali taqsimlovchi moslamaga tutashgan. Cho‘kmani olish zonasida sektorning ichiga resiverdan taqsimlovchi moslama orqali siqilgan havo yuboriladi va u cho'kmani matodan ajratishga va pichoq bilan qirib tushirishga yordam beradi. Pichoqlar diskning ikkala tomoniga o‘rnatilgan. Matodan ko'chirilgan cho‘kma qozonning seksiyalari orasiga filtr ostidagi bunker tushadi. Disklari soni 4—6 tadan ortiq bo‘lgan filtrlarning taqsimlovchi moslamalari valning har ikkala uchiga o'rnatiladi. Diskli filtrlaming filtrlash yuzasi 0,3 dan 250 m2gacha, disklar soni esa 14 ta. Ular zarrachalarining dispersligi deyarli bir xil bo‘lgan suspenziyalarni filtrlash uchun mo‘ljallangan. Filtrda qolgan cho‘kma quritilayotganda yorilib ketmasligi kerak. Diskli filtrlarning afzalligi shundaki, ularning tuzilishi ixcham va suzilayotgan yuza birligiga to‘g‘ri keladigan massa miqdori kam (200— 300 kg/m2). Uning kamchiligi, cho‘kma yuvilayotganda filtrdan o‘tgan toza suyuqlik (filtrat) suyulib qoladi. Qattiq fazasi yuqori disperslikka ega bo‘lgan suspenziyalami filtrlash uchun filtr-presslardan foydalaniladi. Ular davriy ravishda ishlaydigan qurilmalar qatoriga kiradi. Filtr-presslar 2 xil bo‘lib, ulaiga filtrlash maydoni 2,5 dan 140 m2gacha bo'lgan ramali va filtrlash maydoni 2,0 dan 50 m gacha bo'lgan avtomatlashtirilgan kamerali (OFIAKM) filtrlar kiradi. Avtomatlashtirilgan kamerali filtrlar qiyin filtrlanadigan o‘ta yuqori disperslikka ega bo‘lgan, diametri 25 mm li quvurlarda oqadigan suspenziyalami ortiqcha bosim ostida filtrlashga mo‘ljallangan. Ular S/Q nisbat 2-HO va 80°C gacha bo‘lgan haroratda ishlashga mo'ljallangan. Bu filtlar bariy xlorid eritmalarini va bariy sulfat suspenziyasini filtrlashda foydalaniladi. OFIAKM filtrlarini boshqarish to‘la avtomatlashtirilgan bo‘lib, ularning avtomatik sistemasi ishni avtomatik va yarim avtomatik rejimda bajaradi. Filtr kamerasidagi bosim 1,2 — 1,5 MPa ni tashkil etadi. Filtr egallagan maydonga nisbatan olinganda filtrlovchi yuzaning kattaligi, diafragma yordamida cho‘kmaning namligini boshqarish mumkinligi hamda boshqamvning to‘la avtomatlashtirilganligi OFIAKM filtrining afzalliklari hisoblanadi. Boshqa turdagi filtrlarga qaraganda bu filtrda qolgan cho‘kma namligi nisbatan kam bo‘ladi. List-filtrlar suspenziyani mato yoki metall to‘r orqali, ayrim hollarda yordamchi filtr modda (YOFM) qo‘llab filtrlash uchun mo‘ljallangan. Suspenziya 62 www.ziyouz.com kutubxonasi yuqori disperslikka ega bo‘lgan zarrachalarining flltr to‘siq teshiklarini berkitib qo‘yish xavfi tug‘ilgan va uni qayta tiklash murakkablashgan hollarda EOM qo‘llash tavsiya etiladi. Bu usul bilan flltrlanadigan suspenziyadagi zarrachalaming o‘lchami, odatda, 5 mkm dan oshmaydi, ularning eritmadagi massa ulushi esa kamida 0,5%. EQM sifatida diatomit, perlit, yog‘och uni, asbest, selluloza, ko‘mir va boshqa materiallar qo‘llaniladi. Diatomit-mikroskopik dengiz o‘simliklarining toshga aylangan qoldig‘idir. Perlit—tabiiy shisha deb ataluvchi vulqon mineralidir. U ham diatomit singari, asosan, qumtuproqdan tashkil topgan. EOM larni tanlashda ularning narxiga ham e’tibor beriladi. Masalan, selluloza diatomit va perlitdan 2—3 baravar, asbest esa 10—30 baravar qimmat turadi. EOM qo'llab filtrlashda suspenziya dastlab mato yoki to‘rga filtrlab yotqizilgan yordamchi filtr qatlami orqali o'tkaziladi. Bu jarayon 2 xil mexanizm bo‘yicha kechadi: o‘lchamlari EOM qatlamidagi g‘ovaklardan kichik bo'lgan zarrachalar g‘ovaklarning yuzadan ichkariga qarab torayishi natijasida qatlamning ichkari chuqurliklariga tushib qolishi hamda ularning muyulishlarida cho‘kib qolishi natijasida ushlanib qoladi; jarayonda fazalarning yuzadagi o‘zaro ta’siri muhim rol o'ynaydi. Agar suspenziyadagi zarrachalar va EOM ning zarrachalari qarama-qarshi zaryadga ega bo‘lsa, jarayon samaraliroq kechadi. Bunda zarrachalaming kapillarlar devoriga so‘rihshi (adsorbsiya) hamda ulaming koagullanishi yuz beradi. Bunday filtrlar sulfat kislotasi ishlab chiqarishda qizdirib suyultirilgan oltingugurtni tozalashda, ishlatiladi. Tuzilishi jihatidan eng oddiy filtrlar qopchiqli filtrlar bo‘lib, qattiq zarrachalari ko‘p bo'lgan suyuqliklami, odatda, nazorat qilish uchun filtrlashda ishlatiladi, ya’ni filtr-press va quyultirgichdan o‘tgan suyuqliklar qopchiqli filtrlarda suziladi. Suspenziya qatlami (4—7 m) qopchiqli filtrlarda gidrostatik bosim ostida filtrlanadi. Qopchiqli filtrlarning ishlash prinsipi quyidagicha: suspenziya qopchiqlar oralig‘iga tushgach, ulaming yuzasida cho‘kma qoladi, sizilib o‘tgan suyuqlik esa quvur orqali kollektorga uzatiladi. List-filtrlar kabi qopchiqli filtrlar ham davriy ravishda harakatlanadi. Cho‘kmani sizib chiqayotgan elementlardan ajratib olish uchun sizib o‘tgan suyuqlik yo qaytadan filtrlanadi, yoki sizuvchi elementlar korpusdan chiqarib olinib, cho‘kma suv oqimi bilan yuvib tushiriladi. 63 www.ziyouz.com kutubxonasi Nutch-filtrlar uzluksiz harakatlanuvchi filtrlardan foydalanishga hojat bo‘Imagan (iqtisodiy jihatdan samarasiz) davriy texnologiya bo‘yicha ishlaydigan kichik hajmdagi ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Reaktivlar ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Reaktivlar tozaligiga talab o‘ta yuqori bo‘lganligidan, nutch-filtrlar emallangan cho‘yan, chinnidan yasaladi. Ularning filtrlovchi yuzasi 0,1 dan 0,8 m2gacha, diametri esa 0,38 dan 1,0 m gacha bo‘ladi. 1 m2 filtrlovchi yuzaga to‘g‘ri keladigan massa cho‘yan filtrlar uchun 1450 kg ni, chinni filtrlar uchun 600 dan 690 kg gachani tashkil etadi. Quyidagi jadvalda ayrim filtrlarning qisqacha tavsifi keltirilgan. Filtr-ning rusumi BOK
Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling