Jihozlar va loyihalash asoslari


bilan vujudga keladigan ilmiy-tadqiqot va konstuktorlik ishlarini ro‘yxatidan iborat bo‘ladi


Download 399.19 Kb.
bet185/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

bilan vujudga keladigan ilmiy-tadqiqot va konstuktorlik ishlarini ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
15.4. Qurilish uchun maydon tanlash
TIA tuzishda loyiha topshirig‘ini tasdiqlagancha sanoat korxonasini yoki inshootini qurish uchun mos tarmoq sanoati rivojlanishi va joylashtirish sxemasiga va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish sxemasi bo'yicha belgilangan iqtisodiy joy, tumanlarda va viloyatlarda maydon tanlanadi.

Taklif qilingan joylashtirish variantlari qurilish joyini tanlash uchun tadqiq qilinadi va texnik-iqtisodiy tahlil uchun zarur ma'lumotlami to‘playdi va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydi. Qurilishga mo'ljallangan korxonani tavsiflovchi dastlabki ma’lumotlarni joylashtirish varianti uchun tavsiya qilishga asos bo'lib xizmat qiladi. Dastlabki ma'lumotlar korxonani rivojlanish sxemasi va tarmoqni joylashishini yoki TIA tuzishga texnik va iqtisodiy hisoblar natijasini kiritish uchun maMumot bemvchi manba bo‘lib, yirik ko‘rsatkichlar asosida ishlanadi.
Qurilish maydoni tanlash jarayonida barcha omillar korxonani ko‘rish va ekspluatatsiya sharoitlarini juda yaxshi qanoatlantirish nuqtayi nazaridan maydonni tadqiq qilish bo'yicha texnik-iqtisodiy hisoblar solishtiriladi.
Bu holda quyidagilar hisobga olinadi: maydon o ‘lchami va shakli, korxonani kengaytirish imkoni mavjudligi; yerlar kimga mansubligi va ulami qishloq xo‘jaligiga yaroqligi; maydonning gidrogeologik sifati (relyef, o'rtacha qiyalik, yerosti suvlari chegarasi, suv bosishi, yerga yo‘l qo‘yiladigan bosim); qurilishni buzish; shaxarga maydonning yaqinligi (odamlar yashash joyiga) va ular bilan aloqa sharoitlari; sanitar-gigiyenik va texnik talablami qondirish; tanlangan maydonda korxonani joylashtirilishi shaharda sanoatni rivojlanishi bilan bog'liqligi; energiyani olish sharoiti va trassalami (elektroenergiya, issiqlik, gaz, suv ta’minoti, radiofikatsiya va aloqani) uzunligi; oqova suvlarni tashlab yuborish sharoitlari va xo‘jalik-axlat va yog‘in-sochin suvlari trassasining uzunligi; avtomobil yo‘llarining korxonaga kirish yo‘laklarining mavjudligi; ayrim hollarda sanab o ‘tilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagi ma'lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin; temir yo‘l stansiyasiga tutashgan va maTum masofada boTish sharoiti; qurilish qiyinlashtiradigan omillaming (cho'kadigan yerlar, kars hodisalari, yer osti kon ishlanishi natijasida hosil boTadigan bo'shliqlar va boshqalar); boshqa korxonalar bilan uyushish imkoniyatlari; yer ishlari, yo‘1 qurish, elektr ta’minot manbalariga tutashish, tashqi kommunikatsiyalar va uyushish yoTi bilan
256

www.ziyouz.com kutubxonasi


obyektlarni ko'rish, boshqa korxonalarga o‘z ulushi bilan qatnashish. Agar qurilish qo‘shimcha maydonni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lsa vazirlik yoki buyurtmachi-mahkama (boshqarma) tomonidan hay’at tuzilib korxona, bino, inshoot (qurilish uchun maydoncha) joylashtirish uchun joy aniqlanadi. Hay'at ishi tanlangan maydoncha yuzasidan akt tuzish bilan tugallaydi, bu esa barcha hay’at a'zolari ishtirokida hokimiyatda rasmiylashtiriladi. Barcha hay'at a'zolari aktga qo‘l qo‘yadilar va uni vazirlik yoki muassasa-buyurtmachi belgilangan tartib bilan tasdiqlaydi. Tasdiqlangan akt belgilangan qarorni kelishilganligi




  • va ta'minot manbalariga, muhandislik turlari va kommunikatsiyalariga ulanishiga sharoit yaratilganligi haqidagi hujjat bo'lib hisoblanadi.

SANOAT KORXONALARINI LOYIHALASH TO PSH IRIG ‘1 ISHLANMASI


Qurilish loyihasini ishlanmasi yoki sanoat korxonasini ta'mirlash loyihasini loyihalash instituti tomonidan loyihalash topshirig‘i olingandan so:ng boshlanadi. TIAda qabul qilingan yechimlar va ma’lum miqdorda qurilishga sarflanadigan sarfiyotlar qo‘shilib texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga mos ravishda loyihalash topshirig‘i tuzila boshlaydi.

LOYIHALASH TO PSH IRIG ‘INING TARKIBI VA ASOSIY


M A’LUM OTLARI
Sanoat korxonasini, bino yoki inshootlami loyihalash topshirigfida quyidagilar koirsatiladi:


      1. korxona, bino yoki inshoot nomi;




    1. loyihalash uchun asoslar. Korxona loyihasini kelajak yil qurilishlari uchun qidiruv va Joyihalash titul ro'yxatiga kiritishganda loyihalash uchun tarmoq vazirligi bilan Vazirlar Mahkamasi kelishilgan tarmoqni rivojlanishi va joylashtirish sxemasida belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob asos bo'lib hisoblanadi;




    1. qurilish uchun (korxonani joylashadigan joyini va maydonchani tarilash aktiga muvofiq oldindan kelishilgan hamda materiallari tasdiqlangan TIA - asoslovchi hujjat) tuman, joy va maydon;

  1. ishlab chiqarish quwati va asosiy tur mahsulotlarning turlari;

  2. korxonaning ishlash tartibi;

  3. ishlab chiqarish va xo'jalikga oid ishlar uyushmasi, shu jumladan korxonaning sanoat tugunida joylashish uyushmasi to‘g‘risida qaror;


2 5 7

www.ziyouz.com kutubxonasi






    1. atrof-muhit himoyasi va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish;

    2. uy-joy obyektlarini va madaniy-maishiy qurilishni loyihalash uchun ma'lumotlar;

    3. asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Loyihada asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar belgilovchi-taxminiy qiymat kapital mablag‘lar hajmi loyiha-smeta mulohazasi asosida tarmoqni rivojlanish va joylashtirish sxemasida yoki tasdiqlangan TIA ma’lumotlariga erishish kerak. Loyihani ishlashda bu ko‘rsatkichlar bundan pastga tushib ketmasligi kerak;




    1. qurilish muddatlarini mo‘ljallanishi (davom ettirish normalariga mos ravishda), uni amalga oshirish tartibi va quwatlarini, ishga solish majmuida navbatma-navbat amalga oshiriladi;




    1. maqbul yechimni tanlash uchun loyiha variantlarini yoki uning qismlari ishlanmasi bo‘yicha talablar;

    2. loyihalashning bosqichlari;

    3. korxona bosh loyihalovchi. Bosh loyihalash instituti korxonaning bosh loyihalovchisi, unga korxonani loyihalashni loyihalash va kapital qurilish boshqarmasi topshiradi. Topshiriqda institut nomi va adresi ko‘rsatiladi;




    1. qurilish tashkilotining nomi va adresi-bosh pudratchi, bosh pudratchiga pudrat usuli bilan ishni olib borish topshiriladi;




  1. tuman loyihalash tashkiloti bilan kelishilgan kelishuv hujjati mavjudligi;




  1. qo‘shimcha ko'rsatmalar. Loyihalash topshirig'i zarur bo‘lgan hollarda quyidagi qo‘shimcha sharoitlami oldindan aytib qo‘yiladi; avtomatlashgan tizim boshqaruvini ishlash, mo'ljallangan korxonani kengaytirish, asosiy texnologik jarayonlar, jihozlar va boshqalar.

Loyihalash topshirig‘iga maydonni tanlash bo‘yicha tasdiqlangan akt qo‘yiladi. Maydonni tanlashga aktdan tashqari loyihalash topshirig'i birga qo‘yiladi, hokimiyat tomonidan tuzilgan me’moriy-rejalashtirilgan topshirig‘ida uchastkaga binolar qurishga, bosh ko‘chaga chiqadigan tor ko‘chalarga, qizil liniyalarga va rejalashtirish belgilariga va shahar muhandislik inshootlariga yaqinlashtirish sharoitlariga va joylariga, etajlarning balandligiga va bino hamda inshootlarni rasmiylashtirish; tanlangan yer uchastkasidagi asosiy texnik ma’lumotlar ega qurilish pasporti; loyihalanayotgan korxona yoki inshoot ta’minoti, muhandislik setlari va kommunikatsiyalariga ulush bo'yicha texnik shartlar; mavjud
2 5 8

www.ziyouz.com kutubxonasi


qurilgan binolar, yer osti inshootlari, kommunikatsiya bo'yicha ma'lumotlar; loyihalash uchun zarur materiallar; ajratiladigan yoqiig'i turlari bo‘yicha, xomashyo konlari bo'yicha va yarim zavod sharoitida xomashyoni sinash bo'yicha, jihozlar bo‘yicha ma'lumotlar, yangi texnologik jarayonlar va jihozlar barpo etish bilan bog‘liq bajarilgan ilmiy-tadqiqot bo'yicha hisobotlar; suv havzalari, atmosfera havosi va yerlari tabiiy holati bo‘yicha Davlat nazorati xizmatidan olingan ma’lumotlar, uchastkalarda mavjud qurilish binolari, inshootlari, yer osti va yer usti kommunikatsiyalar o‘lchamlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar.


Yuqorida ko‘rsatilgan loyihalash topshirig‘i tarkibi sanoat tarmog'i xususiyatlariga va qurilishni amalga oshirish sharoitlariga ko‘ra to‘ldirilishi mumkin.
TO PSH IRIQ N I TASDIQLASH, M UVOFIQLASHTIRISH VA O'ZLASHTIRISH TARTIBI
Loyihalash topshirig‘i tasdiqlanadi: korxonalar, binolar va inshootlar bo'yicha loyihalar Vazirlar Mahkamasida, vazirliklarda, muassasalarda tasdiqlanadi.
Korxona, bino va inshoot loyihalash topshirig'i qaysi muassasaga tegishli ekanligiga qaramasdan tasdiqlashdan oldin Davlat me'morchilik qurilish qo‘mitasiga qarashli tuman instituti bilan quyidagi masalalar muvofiqlashtirilgan boTishi kerak: loyihalanayotgan korxonani joylashtirish imkoniyati, qurilishi moTjallanayotgan joy va qo'shimcha ishlab chiqarish, energiya ta’minoti, suv ta'minoti, kanalizatsiya va mavjud qurilayotgan va loyihalanayotgan korxona, loyihalanayotgan korxonani sanoat-tugunlarini yagona ishlab chiqarish majmuiga yoki kombinatlariga birlashtirish imkoniyatlari. Tasdiqlangan loyihalash topshirig‘iga o‘zgartirish kiritish uchun topshiriqni tasdiqlagan yuqori bosqich rahbarining ruxsati bilangina amalga oshiriladi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling