Jihozlar va loyihalash asoslari


Loyihalashni tashkil qilishning asoslari


Download 399.19 Kb.
bet187/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

15.6. Loyihalashni tashkil qilishning asoslari
Loyihalash tashkilotlari qurilishni loyihalashni xalq xo‘jaligining rivojlanishining istiqbol rejalariga mos amalga oshiradi. Fan va texnikaning zamonaviy rivojlanish darajasi ixtisoslashgan loyihalash tashkilotlarining ixtisoslashini talab qiladi. Ikki tur tarmoq va texnologik ixtisoslashini farq qilishadi.
Tarmoq ixtisoslashganida loyihalash tashkilotlari xalq xo'jaligining mos tarmoqlari transport, mashinasozlik, kimyo sanoati va boshqa korxona, inshoot yoki binolarning loyihasini ishlab chiqadilar. Texnologik loyihalashda loyihalash tashkilotlari loyihaning texnologik, energetik, transport, me'moriy-qurilish, sanitar-texnik va boshqalarni ishlab chiqadilar.

Bir qator vaqtlarda loyihalash tashkilotlari sanoat korxonalarini loyihasini amalga oshirganda tarmoq va texnologik belgilarni yig‘indisi sifatida ixtisoslashadilar.


Qurilish loyihasida faqat bino va inshootlarni barpo etish ishlari bilan chegaralanib qolmay balki suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanoat transporti kabilarni ham loyihalaydilar.
Xalq xo'jaligiga ilmiy-tekshirish va tajriba-ekperemental ishlarni juda tez joriy qilish uchun Respublika mustaqillikga erishgandan so‘ng ilmiy-tekshirish va loyihalash hujjatlarini ishlab chiqarish turlariga qarab majmuili loyihalash institutlari tashkil qilindi va qilinmoqda.
Loyihalash tashkilotlari-xo‘jalik hisobidagi korxonalar, ular davlat buyurtmalari va xususiy buyurtmachilar bilan shartnoma asosida ishlaydilar.
LOYIHALASH USULLARI
Loyihalashning barcha usullaridan chizmaligi asosiy hisoblanadi. Ammo kimyo sanoatida ba'zan hajmli (modelli-maketli) loyihalash usulidan foydalanish maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.
Maketli-modelli loyihalashning mohiyati quyidagilardan iborat bo‘ladi. Apparatlar tarkibi sxemasini ishlab chiqilgandan so‘ng va jihozlarning tafsiloti tanlanadi yoki jihozlar, apparatlar, quvur
2 6 4

www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘tkazgichlar, standartlashtirilgan yig‘ma konstruksiya qurilish elementlarining modellari odatda 1:50 masshtabda tayyorlanadi va maxsus stol-stenda korxona sexi yoki korpusini maketini yig'adilar. Stendda sex joylashuvida birvarakayiga barcha mutaxassislikga ega bodgan loyihachilar qatnashishi mumkin. Maqbul me'moriy-joylashuvli yechim topilgandan so'ng quvur o‘tkazgichlar va kommunikatsiya terib qo‘yiladi, so‘ngra maketda zarur o‘lchamlar va belgilar qo‘yib chiqiladi.


Chizma loyihaga qaraganda loyihalashning hajmiy usuli bir qator afzalliklarga ega, masalan, anchagina vaqt va loyihalash sarfiyotlari (15-20% gacha) kamayadi. Korxona yoki uning tarkiblari maketlarini suratga olib, uni onsongina va tez loyiha hujjatlarini ko‘paytirish mumkin bo'ladi.
Loyihalashning matematik usuhni loyihaning xususiy masalalarini yechish uchun murakkab ishlab chiqarishdagi apparatlarning ish rejimining texnologik maqbul hisoblaridan va texnologik liniyaning maqbul aniqlangan quwatlaridan foydalanadilar.
KIMYOVIYISHLAB CHIQARISHNI LOYIHALASH
Loyihalash har qanday muhandislik ishi singari ijodiy faol qatnashishni va shu bilan birga u ko‘p miqdordagi normativ hujjatlar; GOSTlar, texnik shartlar, qurilish normasi va qoidalari (QNvaQ), elektr qurilmalarining tuzilish qoidasi (EQTQ), mehnat va atrof-muhit muhofazasi kabilar bilan tartiblashtirilgan.
Loyihalash tashkilotining montaj texnologik bo'limida ishlayotgan muhandis-texnolog ishlab chiqarishning texnologik sxemasini ishlash, texnologik jihozlarini tanlash, ishlab chiqarishning hajmiy-rejalashtiruvchi yechim (kompanovka) va texnologik jihozlarni joylashtirish, ishlab chiqarishni montaj ishlanmasi, loyihalash hujjatlari (tushuntirish xati) va chizmalarini rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadi.
Ishlab chiqarishning texnologik sxemasi ishlanmasi ishlab chiqarish usulining tahlilidan va ishlab chiqarish usulini tanlashni asoslashdan boshlanadi. Qoida bo‘yicha, zarur bo‘lgan ma'lumotlar TIAda va loyihalash topshirig‘ida bo‘ladi, ammo ayrim hollarda loyihalash davrida juda samaraliligini asoslab tanlash maqsadida bir nechta variantlar ishlanadi. Buning uchun loyiha qarorida qabul qilingan ishonchli, maksimal to‘la axborotni ta'minlash talab qilinadi.

Ishlab chiqarish usulini tanlashda qiyinchiliklardan biri usulni va


2 6 5

www.ziyouz.com kutubxonasi


ularni o‘zaro ta’sirini aniqlovchi barcha omillarni birvarakayiga hisobga olish zarurligidan iboratdir.


Kimyoviy texnologik jarayon qator kimyoviy va fizikaviy usul bilan xomashyoni va oraliq mahsulotlarni yangi modda olish maqsadida qayta ishlaydigan jarayon yigfindisidir. Bujarayon, shuningdek, o‘z tarkibiga bir qator transport qilish, omborda saqlash, qoplash va boshqalar singari bosqichlardan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, bir tur mahsulotni olish usullari ishlatiladigan xomashyo turi va uni qayta ishlash usuli bilan balki u ikkala usulni bir varakayiga ishlashi bilan farqlanadi. Chiqindilarga kelsak, uning miqdori va tarkibi xomashyo va uni qayta ishlash usuliga to‘la bog‘liq bo‘lsa ham ular o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Demak, kimyo sanoatida ishlab chiqarish usulini tanlash asosan xomashyo tanlashga va uni qayta ishlash usuliga qaratilgan. Buning uchun xomashyo va uni qayta ishlash usulining har birini solishtirishdan olingan axborot talab qilinadi.

Ayniqsa to‘la va aniq ma'Iumotni ishlab chiqarish usuli to‘g‘risida o‘zlashtirilgan va normal ekspulatatsiya qilinayotgan korxonadan olish mumkin. Ammo ko‘proq yangi ishlangan ishlab chiqarish usulini sanoatda o‘zlashtirilgan usullar bilan solishtirishga to‘g‘ri keladi. Bu holda axborot olish masalasi murakkablashib ketadi, ikkita yoki bir nechta usullarni ulardan har biri yangi ishlangan bo‘lsa solishtirish uchun zarur ma'lumotlarni olish yanada murakkabroq bo‘ladi. Nihoyat, ayniqsa o‘xshashi bo‘lmagan yaxshi ishlanayotgan usullar uchun tahlil qilish nihoyatda og‘ir.


Ishlab chiqarish usulining asosiy tanlovi xomashyoni va uni qayta ishlash usulini tanlashdir. Xomashyo atamasi deganda barcha nomli ushbu korxonada ishlatiladigan xomashyo va qo'shimcha mahsulotlar (katalizatorlar, absorbentlar, adsorbentlar, flotoreagentlar, erituvchilar) tushuniladi. Xomashyo to‘g‘risidagi zarur ma’lumotni ikki gumhga dastlabki ma'lumotlar va hisoblar natijasida olingan ma’lumotlarga bo‘lish mumkin.
Xomashyo to‘g‘risidagi dastlabki minimum informatsiya quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: •


  1. Xomashyo nomi va berilgan xossali tayyor mahsulotlarni olish uchun zamr sifatli xomashyo sifatida. Bu holda zaharlilik, o‘t chiqarish va portlash xavfsizligiga ayniqsa katta e’tibor berish kerak.




      1. Ishlanayotgan ishlab chiqarishni ekspluatatsiya qilishga kiritish paytigacha xomashyo bilan ta’minlash masalasi hal qilingan boflishi kerak.




    1. M aterial hisobiga zarur m a’lumotlar. Adabiy, arxiv va


2 6 6

www.ziyouz.com kutubxonasi


eksperiraental ma’lumotlar ko‘rsatilgan axborot uchun manba bo‘lib hisoblanadi.


Xomashyo haqida barcha ma’lumotlar olingach qanday mahsulotlar va qancha miqdorda xomashyoga aylanishini aniqlash zarur. Buning uchun material balansi hisoblarini bajarish xomashyo, miqdori va chiqindilar va oqava suvlar tarkibi bo‘yicha sarfiyot koeffitsientlarini aniqlash kerak.
Ishlab chiqarish usuli bo‘yicha axborot ikki guruhga: dastlabki ma’lumotlar sifatida olinadigan axborot va hisoblar natijasida olingan axborotga bo‘linishi mumkin.
Xomashyoni qayta ishlash usullari haqidagi (texnologik jarayonning asosiy o‘lchamlarini ko'rsatish bilan) ma’lumotlar ishlab chiqarish usullari haqidagi dastlabki minimum axborotni, jarayonni amalga oshirish uchun zarur asosiy texnologik jihozlarni qisqacha tavsifi va ishlab chiqarishning mo‘ljallangan quwati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashkil qiladi.
Texnologik hisoblar natijasida olinadigan axborotga jihozlarning tipi, o‘lchami va sonining miqdori, jihozlarni joylashtirish uchun inshootlar tavsifi, energiya sarfi va ishlab chiqarishni ekspluatatsiyasi uchun zarur shtatlarning ma’lumoti taalluqlidir.
Ishlab chiqarish usuli tanlangandan so‘ng yoki solishtirishga ega bir nechta usullar asosiy va yordamchi fizikaviy, kimyoviy jarayonlami, mexanik bosqichlarni, ularni ketma-ketligini va xomashyoni oxirgi mahsulotga qayta ishlashning har bir bosqichida maqbul o‘lchamlaming rejimini aniqlaydi.
Ko‘p hollarda texnologik rejim normasi ishlatiladigan jihozlarga bog'liq bo‘ladi, shuning uchun ushbu bosqichda dastlab jihozni tanlash zarur. Masalan, qattiq va suyuq fazalarni ajratish uchun tindiigichlardan, gidrotsiklonlardan filtlardan va sentrofugalardan foydalanish mumkin. Jihoz turiga qarab qattiq faza tarkibi suyuqlikda va nam cho‘kmada o‘zgaradi.
Ishlab chiqarish usulining har biri uchun material oqimlari va ishlab chiqarishning energetik bog‘liqligi sxemasini barpo etadilar, bu sxemada ayrim jarayonlarni (qizdirish, eritish, tindirish, bug‘lantirish) va bosqichlarni (maydalash, saralash va boshqalar) to‘rt burchak yoki aylanachalar bilan texnologik ketma-ketlikda, oqimlarni esa chiziqlar bilan belgilaydilar.

Ishlab chiqarish usulini tanlashda kam energetik sarfiyotlarni


2 6 7

www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’minlaydigan teng sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi usullarga afzallikni berish kerak. Oxirgi yillarda ammiak, azot va sulfat kislota ishlab chiqarishda energiya texnologik sxemalar ommalash boshladi. Ushbu texnologik sxemalarda jarayonlarning ekzotermik issiqligi bug‘ ishlab chiqarishda yoki turbokom pressorlarni yuritish uchun foydalanilmoqda. Elektr energiya sarfining kamayishi kapital sarfiyotlarni ortishini qoplab mahsulot tannarxini kamayishiga olib keladi.


ISHLAB CHIQARISHNING MATERIAL H ISO BI (BALANSI)
Xomashyo bo'yicha sarfiyot koeffitsientlarini aniqlash bilan texnologik jarayonning har bir bosqichida ishga solinadigan va olinadigan mahsulotning, chiqindi hamda oqava suvlar miqdorining hisobidir. U vaqtning bir birligiga (sutka, soat va boshqalar) xomashyo yoki tayyor mahsulot massasi bir birligiga (tonna, kilogramm va boshqalar) tuzilgan bolishi mumkin. Ayniqsa doimiy qiymat -100%li tayyor mahsulot massa birligiga tuzilgan material balansi universal hisoblanadi.
Material hisob massalar saqlash qonuni asosida tuziladi:

Uboshl. — olingan;

bu yerda: E1 —boshl., ETolingan —boshlang‘ich va olingan moddalar massasi yig‘indisidir.

Har qanday texnolqgik jarayon bosqichida material balans ichida A va B moddalar reaksiyaga kirishganda C va D moddalar hosil bo‘ladi, u esa umumiy holda quyidagicha yozilishi mumkin.


+ Tu = Tc + T D + T ' A + T ' B + Ai

bu yerda: rA, Tb, Tc, TD —mos moddalarning massasi;

T ' a , T ' B —A va B reaksiyaga kirmagan moddalarning massasi; AT —yo‘qotmalar yoki aralashmalar.

Material balans xomashyo tarkibi, asosiy va qo‘shimcha reaksiyalar-ning o‘tish darajasi, ishlab chiqarishni har bir bosqichidagi yo'qotmalar yoki foydali komponent ajratib olish darajasini hisobga olgan holda hisoblanadi.

Agarda balanslarni massa birligiga (xomashyo yoki mahsulot), u holda balanslar ma’lumotiga ko‘ra material oqimlarini (kg/s, t/soat, m3/s yoki m3/soatda) har bir apparat yoki mashinada o‘tganini hisoblaydilar, chunki bu qiymatlar keyingi apparatlar hisobi uchun zarur.
Balanslar asosida dastlabki moddalar, gaz tashlanmalarining miqdori va oqova suvlar, ishlab chiqarish chiqindilari tarkibi bo‘yicha sarfiyot koeffitsientlarini hisoblaydilar.
2 6 8

www.ziyouz.com kutubxonasi


ISHLAB CHIQARISHNING ISSIQLIK HISOBI


Apparatga keltiriladigan issiqlik va undan olib ketiladigan issiqlik miqdori kimyoviy jarayonni olib borish uchun issiqlik balansi asosida aniqlanadi. Kimyoviy jarayonning issiqlik balansi tenglamasi quyidagi shaklda keltirilishi mumkin:

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling