Jihozlar va loyihalash asoslari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
Umum zavod personali Sex personali.... Ishlab chiqarish ishchilari Yordamchi ishchilar 2 9 5 Jihozlar vedomostida barcha texnologik va transport mashinalari, ularning qisqacha xarakteristikasi, turi, unumdorligi, belgilangan quwati, yuritmasining turi ko‘rsatiladi. Jihozlar vedomostining shakli va uni qanday to‘ldirish kerakligi misol tariqasida 2 —jadvalda ko‘rsatilgan.
Jihozlar vedomosti jihozlar har bir sex bo'yicha texnologik liniyada qanday joylashsa, shunday tartibda alohida-alohida tuzilgani ma'qul. Ishlab chiqarishni tekshirish. Loyiha texnologik qismining bu bo‘limida asosiy jihozlaming belgilangan texnologik tartibda ishlashiga rioya qilinishi va xomashyo, yarim fabrikat hamda tayyor mahsulotning talab qilinayotgan sifatida bo'lishiga qaratilgan asosiy tadbirlar belgilanadi. Xomashyo materiallarni maydalash sexida maydalash darajasi va maydalangan mahsulot o'lcham i hamda donadorlik» tarkibi belgilanganiga qanchalik mos ekanligi tekshirib turiladi. Xomashyoni tuyish sexida namligi va qanchalik mayda tuyilayotgani tekshiriladi. Bir qancha xomashyo kom ponentlar baravariga maydalanayotganida ishlanayotgan aralashma tarkibi belgilangan tarkibga qanchalik mosligi tekshriladi. Tayyor mahsulotni tuyish sexida ham shu tariqa tekshiriladi. Pishirish sexida texnologik tartib (pishirish harorati, materiallarning pech zonalarida bo‘lish muddatlari)ga, tutun gazlar harorati va tarkibi, yoqilg‘i va pishiriladigan materiallari sifati pishirish natijalariga qanday rioya qilinayotgani kuzatib boriladi. Xomashyo materiallar, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotlar sifati texnologik jarayonning barcha bosqichlarida —xomashyo zavodga olib kelingan paytdan tortib tayyor mahsulot jo‘natilgunga qadar tekshirib turilishi kerak. 2 9 6 www.ziyouz.com kutubxonasi Ishlab chiqarish quyidagi hollarda muvaffaqiyat bilan tekshirib boriladi: tekshirish uchun olingan namuna materiallaming o‘rtacha sifatiga mos kelganida; namuna olinadigan joy turi tanlanganida; jihozlar, ish tartibi iloji boricha to‘la avtomatlashtirilgani va tekshimvchi tuzilmalar masofada turib boshqarilgan taqdirda. Inson faoliyatining xavfsizligi. Texnologik qismning mazkur bo‘limida jihozlaming xavf-xatarli ishlatilishi va ishlab chiqarish operatsiyalarining bajarilishi, shuningdek, ishlash uchun normal sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishiga doir asosiy tadbirlar keltiriladi. Keltiriladigan texnologik hisoblashlarga asosan sanoat ventilyatsiyasi va isitish loyihasi ishlab chiqiladi. Xavfsizlik texnikasi jihozlar orasida o‘tish uchun normal joy qoldirish, maydonchalarda bemalol ishlaydigan bo'lishini, muhofaza g'iloflari va to‘siqlar o‘rnatishdagi, ko‘chma elektr jihoz va asboblar bilan bexatar ishlash uchun zarur sharoitlarni loyihalashni talab qiladi. Sanitariya texnikasiga doir tadbirlarni ishlab chiqayotganda isitiladigan va isitilmaydigan binolar, havo, chang, bug‘ va gazlardan juda ifloslanadigan joylar va ifloslangan havoni markaziy tartibda so‘rib olib, tashqariga chiqarib yuborish zarurligi ko‘rsatiladi. Xavfsizlik texnikasi va sanitariya texnikasi bo‘yicha belgilangan hamma tadbirlar texnologik jarayon bilan uzviy bog'langan bo'lishi lozim. BogMovchi moddalar (ayniqsa sement) zavodlari —nisbatan yuqori darajada changli texnologik gaz chiqaradigan korxonalar jumlasiga kiradi. Bu hol ko‘p miqdorda kukunsimon materiallar tayyorlash va gaz oqimida pishirish bilan bog'liqdir. Sement zavodlari joylashgan tumanlardagi atmosferani ifloslantiruvchi asosiy modda xomashyo materiallari va yarim mahsulotlarni maydalash, quritish va pishirishda ajralib chiqadigan mayda disnersli zaharli changdir. Ishlab chiqarishning nam usulida pishiriladigan bir tonna klinker hisobida aylanma pechdan tarkibida 80 kg dan 300 kg gacha dispers changi bo‘lgan 150 darajadan to 350 darajagacha temperaturali 5,3— 7,5 tonna gaz ajralib chiqadi: quruq usulda ishlovchi hozirgi zamon pechlaridan chiqadigan gazlar hajmi 24—25 foiz kam, ularning harorati 30x3—400 darajaga yetadi, chang massasi 50—120 kilogrammdir. 2 9 7 www.ziyouz.com kutubxonasi Klinkerni sovitish uchun panjarali xolodilniklardan foydalanilganda pechning issiq chekkasidan 1 kg klinker hisobida qo‘shimcha ravishda tarkibida 7—10 kg chang bo‘lgan 140—350 daraja haroratli 1,28—1,8 tonna quruq havo ajraladi. Har tonna sement yoki xomashyo shixtasi hisobida tegirmondan 150—400 kg changli, 100—200 daraja haroratli 0,6—0,9 tonna aspiratsion havo chiqadi. Ajralayotgan gazlar tarkibida S02 — 12—25 foiz, 0 2 — 1—5 foiz, qolgani N2. Havo ummoning ifloslanganligi hamda xomashyo shixtasi va sementning isroflanishini kamaytirish maqsadida chang ajratgich qurilmalar, zamonaviy chang tutgichlar o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Bundan tashqari, zavodlarda sanitariya — muhofaza zonalari tashkil etilgan bo‘ladi. Keyingi yillarda sement kimyo va metallurgiya ishlab chiqarish texnologiyasida yangi-yangi tarmoqlar vujudga kelmoqda. Bunday tarmoqlar mazkur ishlab chiqarish texnologiyalarini sanoatning boshqa muhim sohalari bilan bog‘lash zaruratiga asoslangan. Sanoatning mineral chiqindilaridan har tomonlama to‘liq foydalanishda bog‘lovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan kimyo, kon qazish va metallurgiya texnologiyasi hamkorligi birinchi galdagi masalaga aylanmoqda. Chunki yer kurrasidagi mavjud xomashyo boyliklar zaxirasi tobora kamayib borayotganligi bu masalani hal etish zaruratini kuchaytirmoqda. Qolaversa, ekologiya olami ham bu masalani tezroq hal etish taqozosini keltirib chiqarmoqda. Ekologiya tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo'ymaydigan ilm sohasidir. Mineral boyliklardan, shujumladan ishlab chiqarish chiqindilaridan rasamadi bilan, har tomonlama to‘liq foydalanish asosidagina xomashyo bazasini kengaytirish mumkin, degan g‘oya insoniyat ongiga tobora chuqurroq singib bormoqda. Ishlab chiqarishning kompleks usullari, awalo, iqtisodiy nuqtayi nazardan zarur. Bunday usullarni qo‘llash esa ishlab chiqarish vositalarining samaradorligini oshiradi, mehnat va eneigiya kam sarflanadi, kompleks ishlab chiqarish faqat hozirgina emas, balki kelajakka ham mansub bo‘lib, insoniyatning tabiiy boyliklardan uzoq davr mobaynida foydalanish imkonini beradi. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling