Jihozlar va loyihalash asoslari


www.ziyouz.com kutubxonasi Zavodning ish


Download 399.19 Kb.
bet193/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

2 7 9

www.ziyouz.com kutubxonasi




Zavodning ish tartibi bir yildagi ish kuni, sutkadagi smena soni va smenalarning necha soat davom etishi, ba’zan bir yildagi ish soatlari miqdori (odatda asosiy texnologik jihozlar uchun beriladi) bilan xarakterlanadi. Har bir mexanizm muayyan soat kapital remonsiz (ayrim qismlarini, qoplamasini almashtirmasdan va h.k.) ishlatishga mo‘ljallanadi. Bu malumotlar butun yil davomida jihozlardan qancha vaqt foydalanilishini hisoblashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Zavodning ayrim sexlari uchun turli ish rejimi qabul qilinishi mumkin. Masalan, pechlarda issiq ta’sirida ishlash jarayoni bo‘yicha olganda sutkalar va yil davomida uzluksiz (ya’ni dam olish kunlarisiz va uch smenada) ishlash rejimi qabul qilinishi lozim. Bo‘lmasa pechni dam olish kuni o‘chirib qo‘yish (pechni yoqish ko‘p vaqt oladigan va murakkab ish) yoki to‘xtovsiz yoqib turishga to‘g‘ri keladi, holbuki bu foydasiz boMibgina qolmay, kuydirishning texnologik tartibini buzadi

ham.


Xomashyo materiallarni maydalash sexi to‘xtovsiz yoki to‘xtab-to‘xtab (dam olish kunlarida) ishlashi mumkin. Issiqlik apparatlarinng tinimsiz ishlashini ta’minlash uchun ikkinchi holda kuydiriladigan materiallar zaxirasi bo‘lishi lozim.
Maydalash sexining ish tartibi odatda kon ishiga bog‘liq bo‘ladi. Aks holda ortiqcha tashish-yuklash ishlarini bajarishga, qo‘shimcha omborlar tashkil etishga to‘g‘ri keladi.
Konda ikki smenada, qishki sharoitlarda esa har hafta dam olib, bir smenada ishlanishi mumkin. Maydalash sexining ish tartibi ham shunga yarasha o‘zgarib turadi,
Xomashyo materiallarni tuyish sement zavodlaridagi tayyorlash ishlaridan hisoblanadi. Xomashyoni tuyish sexiniig ishi haftada dam olmasdan uch smenada tashkil etilishi lozim. Kon bir yoki ikki smenada ishlasa va mexanizatsiyalashgan xomashyo ombori bo‘lmasa, xomashyo materiallarni tuyish sexi kon tartibi bo'yicha ishlashi mumkin.
Quvvati katta va shar tegirmonlar o'rnatilgan korxonalardagi kuydirilgan mahsulotlarni tuyish sexlari haftada dam olmasdan uch smenada ishlashi kerak. Tuyish jihozlari ancha ko‘p energiya talab qiladi, ularni o‘rnatish uchun katta kapital mablag‘lar kerak. Shuning uchun ham bu sexdagi ish tartibi jihozlardan yuqori unumli foydalanishni ta’minlaydigan bo‘lishi lozim.
Quwati unchalik katta bo‘lmagan yoki bolg‘achali maydalagichlar, shaxta tegirmonlar va boshqa kam energiyatalab jihozlar o‘matilgan
2 8 0

www.ziyouz.com kutubxonasi


korxonalarning tuyish sexlari haftada dam olib, ikki smenada ishlashi mumkin. Bu asosan qurilishbop gips ishlab chiqaradigan zavodlarga taalluqlidir.


Klinkersiz sement ishlab chiqaradigan yoki boshqa yerdan olib kelinadigan klinkerda ishlaydigan (shlak sementlar, putssolan portland-sementlar, ohakputssolan sementlar, so‘ndirilmagan tuyilgan ohak va boshqalar ishlab chiqaradigan) zavodlarning ish tartibini haftada dam olib ikki yoki uch smenali (ish unumdorligiga qarab) qilish tavsiya etiladi.
Jihozlar muntazam ravishda profilaktik va vaqti-vaqti bilan (ma’lum davrlardan so‘ng) kapital remont qilib turilgan taqdirdagina to‘xtovsiz ishlatilishi mumkin bo‘ladi; odatda kamida bir yilda bir marta, ko‘pincha zavodning ishlashi uchun eng noqulay iqlim sharoitlari vaqtida kapital remont qilinadi. Profilaktika va kapital remont qilish uchun zarur vaqt, shuningdek, jihozning bekor turgan vaqti undan foydalanish koeffitsienti jihozlar zavodning belgilangan programmasini bajarish uchun talab qilingan ish unumini aniqlayotganda hisoblanadi. Koeffitsient miqdori ishlab chiqarish turiga, jihozlar nimaga mo‘ljallanganiga bog‘liq bo‘lib, 0,8 —0,9 olinadi.
Zavodning ish tartibi to‘g‘risidagi maMumotlar ma'lum jadvalda, har bir sexning ish rejimini alohida ko‘rsatgan holda beriladi:
Sex Hafta (dam olinadi, Bir yildagi Sutkadagi
olinmaydi) ish kuni smenalar soni

Zavodning ish unumi loyihalash topshirig‘i bo‘yicha belgilanadi yoki zavod quriladigan tuman ishlab chiqarishga mo'ljallangan mahsulotga bo‘lgan talab to ‘g‘risidagi maMumotlar asosida texnik-iqtisodiy hisoblashlar vaqtida aniqlanadi.


Barcha hollarda ham mahsulot ishlab chiqarish hajmi asosiy texnologik agregatlarning bir yillik ish unumiga mos bo‘lishi kerak. Bog'lovchi moddalar zavodlarida pishirish pechi yoki gipsni suvsizlantirish (gips zavodlarida) apparati ana shunday agregatlardan hisoblanadi.
Ishlab chiqariladigan m ahsulotning topshiriqqa taxm inan mo‘ljallangan hajmi asosiy texnologik jihozlami hisoblayotganda aniq
2 8 1

www.ziyouz.com kutubxonasi


belgilab olinadi. Ba’zan topshiriqda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi kohsatilmaydi, balki asosiy texnologik agregat unumdorligiga qarab belgilanadi. Masalan, uzunligi 170 m bitta, ikkita yoki uchta aylanma pech o‘rnatiladigan portlandsement zavodini loyihalash zarur bo‘lganda shunday qilinadi. Ammo zavod unumdorligini belgilash usuli yo namunaviy loyihalarni ishlab chiqarayotganda yoki buyurtmachida asosiy texnologik jihozlar komplekti bo'lganda qo'llaniladi.


Zavod unumdorligi bir soat, smena, sutka va yil bo‘yicha hisoblanadi va har bir sex bo'yicha quyidagi jadvalda alohida-alohida yozib chiqiladi.

Sex nomi 0 ‘lchov Unumdorligi


birligi Soatiga Smenada Sutkada Yiliga

Ana shunday jadvalning oxirida ishiab chiqarish nobudgarchiliklarini hisobga olgan holda tayyor mahsulot bo‘yicha zavod ish unumini ko‘rsatish tavsiya qilinadi. Bu ma’lumotlar xomashyo materiallarga bo‘lgan talabni hisoblashda kerak bo‘ladi.


Unumdorlikni o‘lchash birligi sifatida sexda bajarilayotgan texnologik operatsiyalarga qarab «tonna» yoki «kub metr» olinishi mumkin. Maydalash sexlarida mahsulot ishlab chiqarish kub metr hisobida hisobga olinadi, chunki maydalagichlar unumdorligini ifodalash uchun odatda o‘sha olchovbirligining o‘zi qabul qilinadi. Pishirish va tuyish sexlarining unumdorligi tonnalarda ifodalanadi. Transport vasitalarini, bunkerlar va ombor maydonlarini, shuningdek, xomashyo va yarim fabrikatlarga bo'lgan talablarni hisoblash uchun bir o‘lchov birliklarni ikkmchi xil birliklarga aylantirish kerak bo'ladi. Buning uchun ularning hajm og'irligi va namligini bilish lozim.
Zavoddagi ayrim sexlarning har soat va smenadagi ish unumini hisoblashda ularning ish tartibidagi mumkin bo‘lgan farqlarni hisobga olish kerak. Masalan, xomashyo materiallar tayyorlash sexi bir smenada, pishirish sexi esa uch smenada ishlasa, tayyorlash sexining vazifasi bir smenada pishirish sexi uch smena davomida to‘xtovsiz ishlab turadigan bo‘lishini ta’minlashdan iborat, ya’ni tayyorlash sexi har soatda va smenada shu vaqt ichida pishirish sexi iste'mol qiladigan mahsulotdan 3 baravar ko‘p mahsulot tayyorlab berishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish sexlari orasida eng muhimi ham bor.
2 8 2

www.ziyouz.com kutubxonasi


Bog'lovchi moddalar zavodida pishirish sexi ana shunday sex hisoblanadi. Pishirish sexi uzluksiz ishlashi uchun yoki uning ish unumi loyiha unumdorligidan oshib ketgan paytlarda ish to‘xtab qolmasligi uchun xomashyo materiallar tayyorlash (maydalash, tuyish) sexlari 10 —20% rezerv quwatga ega bo‘lishi kerak.


Xuddi ana shu mulohazalarga muvofiq, shuningdek, mahsulot peshma-pesh kelmay qoladigan paytlarda ish to‘xtab qolmasligi uchun pishirilgan mahsulotni tuyish sexida ham ana shunday rezerv quwat ajratiladi.
Xomashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulotni qayta ishlash va tashish vaqtida ishlab chiqarish nobudgarchiliklariga yo‘l qo'yilishi mumkin. Ular quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

xomashyo omborida va sexga tashish vaqtida — 1 % gacha; chaqirtoshni maydalash va tashish vaqtida —0,5% gacha; quruqligicha tuyayotgan va inevmotransportda tashiyotganda —1,5%


gacha;
pishirish pechlarida bo‘ladigan nes-nobud — 1% gacha.

Ishlab chiqarish nobudgarchiligining yuqorida keltirilgan miqdorlari mazkur sex va barcha boshqa sexlaming (texnologik liniya bo‘yicha) talab qilinadigan unumdorligini hisoblayotganda nazarga olinadi. Masalan, xomashyo ombori zavodning belgilangan programmasini (smenada, sutkada) bajarish uchun yetarli miqdorda materiallar saqlashga mo'Ijallab qurilishi kerak. Mo'ljallayotganda materiallami maydalash, pishirish, tuyish vaqtida va tayyor mahsulot omborida qancha nes-nobud bo‘lishi hisobga olinadi.



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling