Jihozlar va loyihalash asoslari


XVI BOB. ZAVODNI TEXNOLOGIK LOYIHALASH (SEMENT ZAVODINI LOYIHALASH MISOLIDA)


Download 399.19 Kb.
bet191/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

XVI BOB. ZAVODNI TEXNOLOGIK LOYIHALASH (SEMENT ZAVODINI LOYIHALASH MISOLIDA)
16.1. ASOSIY HOLATLAR
Zavod loyihasi tarkibida texnologik qism, tabiiydirki, asosiy o‘rinni egallaydi. Zavod beriigan assortimentda va hajmda mahsulot ishlab chiqarishi lozim. Mahsulot esa asosiy ishlab chiqarish sexlarida tegishlicha tashkil etiladigan texnologik jarayon davomida ishlanadi. Korxonaning qolgan hamma sexlarining vazifasi esa asosiy ishlab chiqarishning normal ishlashini va shu bilan to‘xtovsiz sifatli mahsulot ishlab chiaarilishini ta’minlashdan iboratdir.

Shuning uchun ham loyihaning texnologik qismida asosiy ishlab chiqarish sexlarining tarkibi va jihozlarinigina ko'rsatish bilan kifoyalanmasdan, zavod yordamchi xo‘jaligini ham batafsil yoritish lozim. Zavodning hamma uchastka va bo‘limlari juda yaqindan o'zaro bog'langan bo‘lishi kerakligini barcha texnologik masalalaming nihoyatda puxta ishlab chiqarilishini talab qiladi. Shuning uchun ham loyihaning texnologik qismi zavodning barcha sexlari ishlarini uyushtirishga doir masalalarni hal qilish, shuningdek, loyihaning boshqa qismlarini tuzishda muhim hujjat hisoblanadi. Loyihaning texnologik qismida yo‘l qo'yilgan xato yoki kamchiliklar boshqa qismlarda ham takrorlanadi va butun zavod ishiga ta'sir qiiadi.


Masalan, faraz etaylik, ish unumi talabni qondira olmaydigan maydalagich o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Maydalagich yuritmasining belgilangan quwati maydalagiehning ish unumiga bog‘liq boMgani sababli elektrotexnik hisoblashlar ham shunga yarasha bo‘ladi. Ko‘rsatilgan ma’lumotlarbo‘yicha transformator stansiya (yoki elektr stansiya) quwati hisoblanadi va maydalagich elektr dvigateliga elektr energiyasini uzatish uchun zarur sim kesimi aniqlanadi, ya’ni zavod uchun aslida kera'k bo‘ladigan elektr ta’minot vositalari ko‘zda tutilmaydi. Maydalagich auvvati va uning o‘lchamlarini hisobga olib, ishlab chiqarish maydonining o'lchamlari hisoblab chiqiladi. Natijada bu sohada ham hisoblar noto‘g‘ri bo'lib qoladi. Yo‘l qo‘yilgan xato zavodni qura boshlashdan oldin aniqlanmasa, qanchadan-qancha ortiqcha qurilish ishlarini bajarishga to‘g‘ri keladi.
Aftidan, loyiha texnologik va boshqa qismlardagi barcha masalalar qat’iy suratda o‘zaro uzviy hal etilgan taqdirdagina zavod yuqori sifatli
2 7 7

www.ziyouz.com kutubxonasi


loyihalanadi (bunday loyiha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari jihatidan juda qulay chiqadi).


Loyihaning texnologik qismini ishlab chiqayotganda quyidagi asosiy holatlarga amal qilmoq kerak;
texnologik jarayonlar yuksak darajada kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo'lishi zarur. Shunda mehnat unumi yanada oshadi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqiladi;
ishlab chiqarish jarayonini iloji boricha foydali tashkil etishga imkon beradigan va uzluksiz ishlab turadigan yuqori unumli jihozlar ishlatilishi kerak;

xomashyo, yarim fabrikat va tayyor mahsulotlarni uzatish yo‘llari bir-birini kesib o'tmasligi lozim; asosiy texnoloshk jihozlar ish unumi zavodning berilgan ish unumdorligaga qat'iy mos bo'lishi kerak;


ish unumidan to ‘liq foydalanmaydigan texnologik agregatlar (kuydirish pechlari, tayyor mahsulotni tuyish jihozlari) o'matishga ruxsat berilmaydi;

asosiy texnologik jihozlardan ishlab chiqarishning ana shu sohasi uchun xos o‘rtacha progressiv normalardan kam mahsulot olinmaydigan bo'lishi zarur;


iloji boricha bir xil tipdagi va mamlakatimiz sanoati seriyalab ishlab chiqarayotgan jihozlarni o'rnatish lozim;
texnologik va transport jihozlar iloji boricha kam va kichikroq ishlab chiqarish maydonida joylashadigan bo‘lishi kerak;
sexlarda texnologik va transport jihozlari mehnat sharoitlari nuqtayi nazaridan iloji boricha o‘rinli va ratsional joylashtirilishi lozim;

jihozlarni ishlatish va remont qilish uchun qulay va xavf-xatarsiz sharoitlar bo‘lishi, shuningdek, ishlash uchun yaxshi sanitariya-gigiyena imkoniyatlari tug‘dirib berilmog‘i zarur;


xomashyo va yarim fabrikat iloji boricha to‘g‘ri yo'ldan olib o‘tiladigan bo‘lishi kerak, shiindagina to‘xtovsiz ishlab turadlgan transport (denta va vint konveyerlar, elevatorlar va boshqalar) kam kerak bo‘ladi.
Loyihaning texnologik qismiii ishlab chiqarayotganda asosiy hujjat «Texnologik loyihalash normalari» hisoblanadi. U turli bogTovchi moddalar ishlab chiqarish — gips, ohak va sement sanoatiga moslab ishlangan boTib, unda zavodniig ish tartibi, asosiy texnologik jihozlar turi, xomashyo va yoqilgTning solishtirma sarfi, ombor maydonlari oTchami va korxonaning boshqa asosiy parametrlari ko'rsatilgan.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling