Jihozlar va loyihalash asoslari


Qi + Q2+ Q3= Q4 + Qs + Q^


Download 399.19 Kb.
bet188/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Qi + Q2+ Q3= Q4 + Qs + Q^

bu yerda: Q, — apparatga va qayta ishlanayotgan moddaga issiqlik

tashuvchi tomonidan berilayotgan issiqlik, kDj (kkal): Q2 —apparatga

qayta ishlanayotgan modda bilan kiritiladigan issiqlik: Q3—ekzotermik


iarayonlarning issiqlik effekti: Q4 —reaksiya mahsulotlari oiib keiadigan
issiqlik: Q, — apparatning alohida detallarini qizdirish uchun sarflanadigan yoki sovuqagent tomonidan ulardan tortib oladigan issiqlik:

Q6 —apparatdan atrof muhitga yo‘qotiladigan issiqlik:

Bundan Q, = Q4 + Q5 + Q6 -Q2 -Q3
Issiqlik balansini texnologik rejim normalariga va jarayonda ishtirok etuvchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga mos ravishda hisoblaydilar. Issiqlik balansi asosida issiqlik tashuvchi (suv bug‘i, yoqiig'i, elektr energiya) yoki sovuqagenti (kg/s, t/soat, m3/s) va bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan solishtirma sarfiyotni aniqlaydilar.
MASHINA VA APPARATLARNING TURINI TANLASH, O ‘LCHAMLARINI VA MIQDORINI HISOBLASH
Ishlab chiqarish apparaturalarini taxt qilishda barcha bosqichlar uchun mashinalar, apparatlar va transport tizilmalarini va ishlab chiqarish jarayonlarini tanlaydilar, texnologik liniya quvvati bo'yicha apparatlarining o‘lchami va sonini, GOST, katalog bo‘yicha alohida mashina va apparatlarini ishlash unumini, ishlab turgan korxonalarda erishilgan amaldagi ish unumini hisoblaydilar, xomashyoni qabul qilish va transport qilish hamda tayyor mahsulotni jo‘natish, ishlab chiqarish chiqindilarini olib tashlash, barcha bosqichlarni va jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish masalalarini yechadilar.
Hajmiy turdagi apparatlarning umumiy hisoblash usullari adabiyotlarda (9—10) keltirilgan.

Jihozlarni tanlashda standartlashgan yoki normalashgan mashina va apparatlarga afzallikni berish kerak, chunki ular sanoatda o‘zlashtirilgan, ularni tayyorlash oson va yakka tartibda tayyorlangan jihozga qaraganda tannarxi ancha arzon. Standart jihozlar loyihalanmaydi.


2 6 9

www.ziyouz.com kutubxonasi


Jihozlarni tanlashda:




    1. Ulaming har xil turlari ko‘rsatkichlari;

    2. Unumdorligi (kg/s, t/sut), katalog va amaliy ma’lumotlar (soat/ yil) bo'yicha aniqlanadigan ish zaxiralari;

    3. -Tannarxi (so‘m/dona);

  1. Belgilangan vaqt R (w) davomida yuz berish ehtimolligi orqali ifodalangan buzilmasdan ishlaydigan ishonchlilik;




  1. Mahsulot sifati-reaktorlar uchun o'zgarish darajasi, namlik miqdori (filtrlar, sentrifugalar va quritgichlar uchun), kristallar yirikligi va boshqalar,

  2. Energetik sarfiyotlar-bir birlik mahsulotga energiyaning umummiy sarfi (kDj/kg, so‘m/kg);

  3. Ta'mirlash tahnarxi —yil davomida ta’mirlashga ketadigan sarflar (so‘m/yil);

  4. Zarur xodimlar miqdorini hisobga olgan holda ularga qilinadigan xizmat sarfi va ularning maoshlari (kishi; so‘m/yil); ushbu tip mashina yoki apparatlariga mos ravishda mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi va atrof-muhit himoyasi; egalagan hajmi va uning tannarxi (m3, so‘m) solishtirish zarur.

Tanlashning maqbul mezoni bir birlik mahsulotga minimum sarflashdan iboratdir. Hisoblashda bir qator bir turli apparatlar parallel ishlashida ulaming ishonchliligi ortishini hisobga olish kerak.


Berilgan tartibga va foydalanish sharoitiga, texnik xizmat qilishiga, ta'mirlashiga, saqlashiga va transport qilishiga mos ravishda belgilangan vaqt bo‘yicha ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni zarur chegarada saqlab qolishdek belgilangan funksiyalarni bajarish kabi xususiyatlari jihozlarning ishonchliligidir. Ishonchlilikni aniqlovchi omillardan biri bo'lib uzoqqa chidamlilik — ish qobiliyatini texnik xizmatda va ta’mirlashda belgilangan tizim bo'yicha chegaraviy holat boshlangancha saqlab qolish qobiliyatidir.

Ekspluatatsion tavsifini belgilangan chegaradan chiqib ketishini «otkaz» deb ataydilar. M asalan, ish unum ini yoki nasos, turbokompressor, gazpuflagich bosimini belgilangandan pasayishi yoki ulami sinib qolishi tufayli to‘xtab qolishi, mahsulotni reaktordan chiqishi minimal chegarasidan pasayishi otkaz deb ataladi. Otkazlar ikki guruhga bo‘linadi: oldindan bilib bo‘lmaydigan to‘satdan bo‘lgan avariyalar va oldindan bilib oldini olish mumkin bo‘lgan yeyilish, korroziya yoki katalizator aktivligining kamayishi bilan asta-sekin vujudga keladigan avariyalar.


2 7 0

www.ziyouz.com kutubxonasi


Har qanday tur jihoz yoki texnologik liniya ishonchliligi loyihalashga, tayyorlashga va ekspluatatsiya qilishga bog‘liq bo‘ladi. Texnik tuzilmalaming uzoqqa chidamliligi va ishonchligi loyihalash ya’ni ilmiy-tadqiqot, konstmktirlash, hisoblash va loyihalash ishlanmasi bosqichida oshirilishi mumkin. Kuchaytirilgan loyihalash bosqichida sarflangan mablag‘lar ekspluatatsiya davrida qoplanadi, jihozlarning ishonchsizligini hisobga olmaslik texnologik liniyalarning unumini pasaytirishga olib keladi. Masalan, ekstraksion fosfor kislotasi va suyultirilgan nitrat kislotasi yillik quwati loyihalangandan past bo‘ladi, chunki loyihachilar hisoblashda jihozlarning ishonchliligini hisobga olmaganlar. Suyultirilgan nitrat kislotaning har bir apparat yoki mashina agregati uchun o‘rtacha otkazsiz ishlash vaqti 0,999 ga teng bofladi, bu holda tizim rejadan tashqari yiliga 17 sutka ishlamay turishini hisoblar ko‘rsatdi. Sutkasiga 400 t nitrat kislotasi ishlab chiqarilganda rejadagiga qaraganda yiliga 6800 t kam nitrat kislota ishlab chiqariladi.


Ishonchlilik nazariyasi matematikaning statistik qonunlariga asoslangan, chunonchi ehtimollar nazariyasi, foydalaniladigan jihozlarning ishonchliligi statistik ma’lumotlarsiz otkazlar to‘g‘risida baho berish ancha qiyin.
Ishonchlilikni tavsiflovchi ayrim ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqamiz. Otkazni Q (co) ehtimolligini co vaqt ichida garchi bitta otkazni ehtimolligini aks ettiradi. w vaqt ichida apparat (tuzilma) ishida otkazni yo‘qligi R(w) otkaz boflmasligi ehtimolligini ko‘rsatadi.
Bu qiymatlar nisbatlar bilan bog'langan P (co)= I —Q (co)

Otkazlar intensivligi k(co) — bu qandaydir vaqt oralig‘ida ishdan chiqqan apparatlar soni 7t(co) Aro ning ushbu oraliqda ishlab turish qobiliyati mp bo‘lgan apparatlarning o‘rtacha soniga nisbati, bo‘lingan ushbu davr vaqtiga:


\ = ni (®)/ mP
Otkazlarning intensivligi otkazsiz ishlash ehtimolligi bilan bogfliq bo‘lib otkazlami eksponensial taqsimlanish holatida quyidagi bilan ifodalanadi.

(r)
n tugunlardan tashkil topgan murakkab mahsulotlar otkazlarining


271

www.ziyouz.com kutubxonasi


yoki texnoiogik liniyaning intensivligi XA (x), alohida tugunlar otkazlarining (apparatlarining) intensivligining yig‘indisiga teng 'L (x)



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling